paydo bo‗lishi va Yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo‗ldi. Ya‘ni,
XIX asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz
harakatlar uyushgan harakat darajasiga ko‗tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning
Ommaviy hodisalarni o‗rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning «Taqlid
qilish qonunlari» deb atalgan birinchi kitobi chiqdi. Tard Fransiyada ro‗y berayotgan
ommaviy hodisalarni, shu hodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taqlid
qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irrasional (ya‘ni aqlning ishtirokisiz) tabiatga ega
bo‗lib, har bir individ ommaga qo‗shilgan zahoti unga taqlid qilishga tayyorlik instinkti
ustun bo‗lib qoladi. Italiyalik huquqshunos S. Sigeli va fransuz olimi G. Lebon ham Tard
ishlarini ma‘qullab, uning nazariyasini faktik materiallar bilan, ya‘ni 1895 yilda bosilib
chiqqan Sigelining «Ommaning jinoyatlari» va Lebonning «Omma psixologiyasi»
kitoblari orqali boyitdilar. Bu mualliflarning asarlaridagi asosiy g‗oya shundan iborat
ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o‗z xulq-atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish
qobiliyati yo‗qoladi. Bunday holatlarda hissiyotlar ustun keladi, ayniqsa, affekt holatlar,
shuning uchun ham affekt holatida ro‗y bergan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab
bo‗lgan, deb qarash adolatli bo‗ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli Italiyaning qonuniga
maxsus modda kiritishga ham erishdi.
Sotsiolog Lebon esa asosan diqqatini ommani elitaga — jamiyatdan yuqori
turuvchi tanlangan guruhlarga qarshi qo‗yishga qaratdi. U ommaning ayrim hollarida,
ayniqsa biror hodisa ro‗y berganda «qiziqqonlik» xususiyati ustun turishi haqida yozadi.
Uning fikricha, bir qancha odamlarning bir yerda to‗planishi ommani hosil qiladi va bu,
odamlar kim bo‗lishidan qati nazar — olimmi yoki oddiy insonmi, shu zahotiyoq
kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo‗qotadi. Chunki bu holatda ular holatini instinktlar va
hissiyotlar boshqaradi. Lebon shaxsning omma holatidagi belgilariga to‗xtalib
quyidagilarni ajratadi:
1. Shaxsiy sifatlarning yo‗qolishi. Boshqa odamlar ta‘sirida individ o‗ziga xos
sifatlarni yo‗qotishi, buning o‗rniga impulsiv instinktiv harakatlarni amalga
oshirishi mumkinligi.
2. Hissiyotlarga o‗ta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiyot, instinktlarga
o‗z o‗rnini bo‗shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta‘sirchanligi o‗ta oshib ketadi.
3. Aqliy
sifatlarning yo‗qolishi. Ommaning «aqli» uni tashkil etuvchilar aqlidan
ancha past bo‗ladi. Shuning uchun ham ommaning taz‘yiqiga uchramaslik uchun har bir
kishi aqlan mulohaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan qochishi lozim.
4. Shaxsiy mas‘uliyatning yo‗qolishi. Ommaga qo‗shilib qolgan shaxs shunchalik
hissiyotlarga berilib ketishi mumkinki, u o‗z harakatlarini nazorat qilish, o‗z ishiga
mas‘uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga
qo‗shilib qilib qo‗yishi mumkin.
Bunday xolatning, ya‘ni shaxsning omma orasidagi psixologiyasi to‗g‗risidagi
fikrlarni ayni shunday tarzda Ortegi Gasset va Ernesto Grassilar ham ko‗rsatib
bergandirlar.
Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib o‗rnatish qobiliyatiga ega
emas. Shuning uchun ham unga doimo ―dohiy‖
kerak, dohiylar — elita tashqaridan kelib
omma o‗tasida tartib o‗rnatishi mumkin. Bu fikrlarning mafkuraviy ma‘nosi
tushunarli, chunki omma deganda, ular ishchilar sinfini, dohiylar deganda esa,
burjuaziyani nazarda tutishgan. Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi
omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasida ayrim shaxslar — dohiylar foydasiga
hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy hodisalarda ommaning o‗zidan
chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba‘zan tashqaridan hech kimni tan olmay qolishi
masalalariga umuman javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida ko‗proq
idealizmga moyillik sezilib turardi.