O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95
izhtimoij psixologiya

 

1.3. 

Ijtimoiy psixologiya fani predmeti 

Hozirgi  kunda  uning  predmetini  quyidagicha  ta‘riflash  mumkin:  ijtimoiy 



psixologiya  -  odamlarning  jamiyatda  hamkorlikdagi  ish  faoliyatlari  jarayoni  davomida 

ularda  hosil  bo‗ladigan  tasavvurlar,  fikrlar,  e‘tiqodlar,  g‗oyalar,  his-tuyg‗ular, 

kechinmalar,  turli  xulq-atvor  shakllarini  tushuntirib  beruvchi  fandir.  Chunki  ko‗p  vaqt 

davomida  ijtimoiy  psixologiya  fanining  predmeti  borasida  tortishuvlar  kechgandir. 

Sababi - ijtimoiy psixologiya fani  ikki turdagi qonuniyatlar — ijtimoiy taraqqiyot hamda 

psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo‗lsa kerak  ijtimoiy 

psixologiyaning  mavzu  bahsi  va  u  o‗rganadigan  sohalar  borasida  turlicha  qarashlar  va 

tortishuvlar mavjudligini kuzatamiz. 

Masalan, taniqli nemis olimlari G. Gibsh va M; Forverglar bu fanning predmetiga 

quyidagicha ta‘rif beradilar: "Odamlar uyushmasi kooperatsiyalar — ijtimoiy psixologik 

tadqiqotlarning asosidir, uning  ob‘ekti  esa ijtimoiy o‗zaro ta‘sirdir". Demak har qanday 



odamlar uyushmasida sodir bo‗ladigan o‗zaro ta‘sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur 

qiladigan  shart-sharoitlar  hamda  motivlar  ijtimoiy  psixologiya  o‗rganishi  kerak  bo‗lgan 

sohalardir. 

Rus  sotsiologlari  G.P.  Predvechniy  va  Yu.A.  Sherkovinlarning  "Sotsial 

psixologiya" kitobida esa uning predmeti"... ob‘ektiv borliqning va unda ro‗y beradigan 

hodisalarning  psixika  tomonidan  o‗ziga  xos  tarzda  in‘ikos  etilishidir",  —  deb 

hisoblaniladi.  Bu  mualliflar  ijtimoiy  psixologiyaning  barcha  o‗rganish  ob‘ektlarini  sharhlar 

ekanlar, ko‗prok sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar. 

Ijtimoiy  psixologiyaning  mavzu  bahsini  ta‘riflashga  aynan  psixologik  yondashuv 

A.V.Petrovskiy  va  V.V.  Shpalinskiylarning  «Jamoaning  ijtimoiy  psixologiyasi»  kitoblarida 

bayon  etilgan.  Bu  mualliflarning  fikricha,  «Ijtimoiy  psixologiya  —  psixologiya  fanining 

shunday tarmog‗iki,  u  turli  uyushgan  va  uyushmagan  guruhlardagi  odamlarning  muloqati, 

o‗zaro ta‘sir va munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o‗rganadi." 

Shuning  uchun  ham  G.M.Andreyeva  ijtimoiy  psixologiyaning  mavzu  bahsi  xaqidagi 

hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‗rinda uch xil yondashish borligini e‘tirof etadi. 

Birinchisi,  sotsiologik  yondashish  bo‗lib,  uning  tarafdorlarining  fikricha,  ijtimoiy  psixologiya 

asosan  ommaviy  psixologik  jarayonlarni—xalqlar  psixologiyasi,  ommaviy  marosimlar, 

udumlar,  rasm-rusmlarning  inson  ongiga  singishi,  ijtimoiy  xulq-atvorda  namoyon  bo‗lishini 

o‗rganishi  kerak.  Ikkinchi—psixologik  yondashuv  tarafdorlari  asosan  psixologlar  bo‗lib,  ular 

asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik xislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o‗rni, 

mavqei,  ijtimoiy  ustanovkalar  va  hokazolarga  qaratmoq  lozim,  deb  hisoblaydilar.  Shu  bilan 

birgalikda, 

hozirda 

ham 


sotsiologik 

ham 


psixologik 

qarashlarni 

birgalikda 

mujassamlashtirayotgan olimlar ham borki, ular ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsninig 

shu jarayonlardagi xulq-atvorlari motivlarini o‗rganishni yoqlab tadqiqotlar o‗tkazmoqdalar.  

Amerika ijtimoiy psixologiyasida ham ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi borasida 

uzoq  tortishuvlar  mavjud  bo‗lgan.  Chunki,  shu  paytgacha  shaxs  va  jamiyat  muammolari 

sohasida  ikki  xil  yondashuv  bo‗lib  kelgan  edi:  psixologiya  inson  tabiatini,  uning 

psixikasini,  sotsiologiya  esa,  jamiyat  tabiati,  psixikasini  o‗rganib  keldi.  Ijtimoiy 

psixologiya  paydo bo‗ldiki, u insonning jamiyatga  munosabatining  psixologik tomonini 

o‗rganmoqda. 

Demak,  har  bir  shaxsning  jamiyatda  yashashi,  uning  ijtimoiy  normalarga  rioya 

qilgan holda o‗ziga o‗xshash shaxslar bilan o‗rnatadigan murakkab o‗zaro munosabatlari 

va  ularning  ta‘sirida  hosil  bo‗ladigan  hodisalarning  psixologik  tabiatini  va 

qonuniyatlarini  tushuntirib  berish  -  ijtimoiy  psixologiyaning  asosiy  vazifasidir.  Bundan 

kelib  chiqadigan  umumiy  ta‘riflarga  binoan,  ijtimoiy  psixologiya  ijtimoiy  muloqotning 

murakkab shakl va mexanizmlarini o‗rganuvchi fandir. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin