O‘zbekistOn Respublikasi Oliy
va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi
MADANIYATShUNOSLIK
ASOSLARI
(Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘llanma)
TOShKeNT — 2006
M u a l l i fl a r:
M. Abdullayev, e. Umarov, A. Ochildiyev, A. Yo‘l doshev, A.
Abdullayev.
Taqrizchilar:
G. hamidova — falsafa fanlari doktori, professor,
A. ergashev — filologi ya fanlari nomzodi, dotsent
M a s ’ u l m u h a r r i r:
Yo. Toirov — falsafa fanlari doktori, professor.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy o‘quv
yurtlariaro muvofiqlashtiruvchi kengashining 2004-yil 31-yanvaridagi 4-sonli qaroriga
binoan tavsiya etilgan.
© «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006-y.
3
KIRISh
Zamon talablariga har tomonlama javob beradigan yuqori malaka li,
barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish mustaqillik yo‘lidan borayotgan
jamiyatimizning eng oliy maqsadidir. Zero, barkamollikning yuksak mezoni
insonning chinakam ma’naviyat va ma’rifat sohibi bo‘la olishi bilan belgilanadi.
Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyat hayotining barcha
sohalarida tub sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Bu vazifani
hal etish ko‘p jihatdan fuqarolarning madaniy-ma’rifiy faolligini tinmay oshirib
borish va kamol toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kishilarning yaratuv chanlik
qobiliyatini, axloqiy fazilatlarini, ijodiy ko‘tarinkiligini, iste’dodlarini to‘la
namoyon eta olish fazilati madaniy faoliyat asosida ro‘yobga chiqadi. Inson
omili tushunchasi tarkibiga kiradigan bu fazilatlar jamiyatning ham, alohida
shaxsning ham barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bularsiz kishilarning
ijtimoiy hayot va tarixiy jarayonda ongli, samarali ishtirok etishi, umuman,
ma’naviy shakllanishi va kamol topishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Darhaqiqat,
«buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda,
o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyat lari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka
ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonni tarbiyalash
esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir... Vatan tarixi va madaniyati,
jug‘rofiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish
dolzarb aha miyatga ega. Bog‘chalardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan
ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o‘qitishga muhim siyosiy
vazifa sifatida qaralmog‘i lozim»
1
.
So‘z inson haqida bo‘ladimi, madaniylashuv jarayoniga tegishlimi,
tafakkurning boyligi to‘g‘risidami, qadriyatlarning boyib borishi xususidami,
bulardan qat’iy nazar, jamiyat ma’naviy hayotining mana shu tomonlarini
chuqur va har tomonlama egallash va o‘rganish ma’naviy mustaqillikning asosiy
masalalaridan hisoblanadi. Bu jarayonlarni nazariy jihatdan umumlashtirish
hamda madaniyat mavjudligi va uning rivojlanish qonuniyat larini chuqur
o‘rganish milliy istiqlol mafkurasini anglab yetishning muhim qirralaridandir.
1
I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. — T.: «O‘zbekiston», 1995, 55,
204-b.
4
madaniyatshunOslik asOslaRi
O‘quv yurtlarimizda o‘qitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlar zimmasiga
talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosini milliy istiqlol g‘oyalari ruhida
shakllantirish hamda ularning erkin fikrlashi va madaniy-ma’rifiy faolligini
oshirish, barkamol avlodga xos fazilatlarni tarkib toptirish mas’uliyati yuklanadi.
e’tiboringizga havola etilayotgan risola shu maqsadda yaratildi. Unda
respublikamizda keyingi yillarda yaratilgan madaniyat nazariyasi va tarixiga
oid asarlarda ilgari surilgan fikrlardan ijodiy foydalanildi.
Qo‘llanma falsafa fanlari doktorlari, professorlar M. Abdullayev, e. Umarov
(«Kirish», «Madaniyatshunoslikning bahs mavzui va funksiyalari», «Madaniyat
to‘g‘risida ilmiy-nazariy konsepsiyalar», Ikkinchi bob, Ilova), A. Ochildiyev
(«Madaniyat tushunchasi, uning mohiyati va funksiyalari»), A. Yo‘ldoshev
(«Madaniyat va tabiat», «Jamiyat va madaniyat», «Madaniyat va sivilizatsiya»,
«Shaxs va madaniyat»), iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A. Abdullayev
(«Iqtisodiy madaniyat»)lar tomonidan tayyorlandi.
Dostları ilə paylaş: |