O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə1/9
tarix14.09.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#143525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Зоогигиена


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR
INSTITUTI










TASDIQLAYMAN”
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori __________K.S. Komilov
“___”___________ 2021 yil

ZOOGIGIENA”


FAN DASTURI


Bilim sohasi: 800000- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

Ta’lim sohasi: 810000- Qishloq xo‘jaligi

Ta’lim yo‘nalishi: 60811500- Zooinjeneriya (turlari bo’yicha)

Andijon – 2021 yil



Fan/modul kodi
ZCHBL 1110

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
3

ECTS - Kreditlar
4-6

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4-6

I.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Zoogigiyena va chorvachilik binolarini loyixalash

90

90

180



2



I.Fan mazmuni
Ushbu fan chorvachilikni rivojlantirishda asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, chorva mollari va parrandalar organizmiga ta’sir qiladigan tashqi muhit omillaridan havo, tuproq, ozuqa, suv, molxonalar, mollarni yaylovda saqlash, bir joydan ikkinchi joyga trasportirovka qilish va haydash, parvarishlash gigiyenasi; qoramol, qo‘y, yilqi, cho‘chqa, parranda, baliq, asalari va itlarni saqlash va parvarishlash gigiyenasi kabi bo‘limlarni qamrab oladi.
Chorva mollari va parrandalarni saqlash va parvarish usullarini bilish va ularni amaliyotga tatbiq qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.

Fanning maqsadi
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga chorvachilikni rivojlantirishning gigiyenik ahamiyati, hayvonlar organizmiga ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillarini o‘rganish, hayvonlarni yangi iqlim sharoitga moslashishi, mikroiqlim ko‘rstkichlari, havo, molxona, tuproq, suv, ozuqa sifatini baholash, turli toifadagi chorvachilik xo‘jaliklari sharoitida chorva mollari va parrandalarni saqlash, oziqlantirish va parvarish qilish usullarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga yerishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, ishlab chiqarish jarayonlariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Ta’lim texnologiyalari va metodlari:


• ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
• seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish vajoriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.







Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin