O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari



Yüklə 21,11 Kb.
tarix22.03.2023
ölçüsü21,11 Kb.
#89023
Qaror loyiha


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 2023-yil uchun “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni roʻyxati tasdiqlash toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 145-son qarori hamda Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari M.Hamroqulova, Boyovut tumanida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashi qaror qiladi:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 145-son qaror ijrosi yuzasidan tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Hamroqulovaning hisoboti rahbarlik va ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Boyovut tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand, boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand va qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar bilan tizimli ishlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga;
3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 4189 nafar, shundan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 1741 nafar, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand 282 nafar, boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand 1167 nafar, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand 21 nafar va qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand 456 nafar xotin-qizlar ro‘yxati 2-ilovaga;
4. Sektor rahbarlari (D.Uralova, O.Ro‘ziyev, J.Abramov, O‘.Sariboyev) hamda Boyovut tumani hokimining oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi (M.Hamroqulova)ga:
“xotin-qizlar.uz” platforma dasturida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘xatini to‘liq kiritish;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash) olib berilgandan so‘ng, maqsadli ishlatilishini monitoringini yuritish;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni toifalari bo‘yicha beriladigan (bir martalik moddiy yordam, asbob-uskuna, mehnat qurollari, turar joy ijara kompensasiyasi, uy-joyini ta’mirlash va boshqa) yordamlarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (F.Po‘latov) tumanda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Ushbu qarorlar ijrosini nazorat qilishni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha komissiya raisi O.Djo‘rayev hamda tuman sektor rahbarlari (D.Uralova, O.Ro‘ziyev, J.Abramov, O‘.Sariboyev) zimmasiga yuklatilsin.
Yüklə 21,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin