O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja: O’zbekiston Respublikasida o’quv jarayonini tashkil qilinishi va undagi islohotlar



Yüklə 50,44 Kb.
səhifə1/13
tarix21.12.2023
ölçüsü50,44 Kb.
#187668
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja O’-fayllar.org


O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar Reja: O’zbekiston Respublikasida o’quv jarayonini tashkil qilinishi va undagi islohotlar

Mavzu:O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimi,o’quv jarayonini tashkil qilinishi va undagi islohotlar


1.1 O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida o’quv jarayonini tashkil qilinishi va undagi islohotlar.
2. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi.
3. Ta`limni boshqarish organlari
Tayanch so’z va iboralar: Taʼlim, Oliy taʼlim, Xalq taʼlimi, Maktabgacha ta`lim, Institut.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, ta’minlash nazarda tutilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog‘liq. Ana shunday dolzarb vazifani amalga oshirish uchun o‘zbek xalqining ta’lim-tarbiyaga oid boy tarixiy tajribasini o‘rganish va uni yangi zamon kishisini shakllantirish hamda tarbiyalashda hayotga amaliy tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda yosh avlodni har jihatdan barkamol inson sifatida shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb muammolardan etib belgilandi.
Ma’lumki, barkamol inson deganda ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan shaxs tushuniladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ham har jihatdan barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Zero, "barkamol" so‘zining lug‘aviy ma’nosi ham kamolotga erishgan, kamol topgan, bekamu-ko‘st, yetuk, har jihatdan to‘kis, mukammal.
Hozirgi davrdagi o‘zgarishlar har bir kishidan bilim, salohiyat, samarali mehnat, madaniyatlilik, yuqori malaka, yuksak onglilik, ijodkorlik, jamiyat oldida mas’uliyatni his etishni talab etadi.
Hozirgi yangi jamiyatning rivojlanishi jarayonida insonni tarix, madaniyat va o‘z hayotining obyekti sifatida bilishni shakllantirish va rivojlantirish imkoni vujudga kelgan bir sharoitda "inson - ijodkor shaxs" sifatida baholanmoqda.
Demak, ijtimoiy hayotda insonni dunyoni o‘zgartiruvchi qudratli kuch sifatida, uning manfaatlarini himoya qilgan holda, ko‘p qirrali ijodiy imkoniyatlari beqiyosligini tushungan tarzda inson mohiyatini anglab yetish, uning borligi, hayotda tutgan o‘rni va hayoti ma’nosini anglab yetishiga munosabatining o‘zgarishida namoyon bo‘lmoqda.
Ma’lumki, shaxsda umumiy ijtimoiy xususiyatlardan tashqari o‘ziga xos betakror xislatlar ham mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham shaxsni hamisha o‘ziga xosliklar deb qaraladi. Lekin shaxsning o‘ziga xosligi haqida gap ketganda uning faqat tashqi ko‘rinishigina emas, ichki dunyosi ham nazarda tutiladi.
Demak, inson shaxs sifatida o‘z nuqtai nazari, hayotga ongli, ijodiy munosabati, o‘z mas’uliyatini anglaydigan, erkin faoliyati orqali shakllanadi, real ijtimoiy faollik kasb etadi.
O”zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgan. Bularga maktabgacha ta’lim,umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim kiradi.

Yüklə 50,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin