O`ZBEKISTONDA TA`LIM TIZIMI Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar
O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimi
O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlab quyidaicha ta`lim tizimi joriy qilingan edi.
Taʼlimning oʻz ichigamaktabgacha ta'lim,umumiy o'rta va o'rta maxsus,kasbhunartaʼlimini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi.Oliykasb-hunartaʼliminingbakalavrlarvamagistrlartayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi.Aspiranturavadoktoranturafaoliyati rivojlanib boradi.Kadrlarmalakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha raqobatbardosh taʼlim muassasalari vujudga keltiriladi. Taʼlim muassasalarini hududiy yoʻnalishga oʻtkazish va tarkibiy tuzilmasini oʻzgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi taʼminlanadi.
Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha taʼlim, 6 -7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha taʼlim muassasalarining asosiy maqsadlari:
Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlat bilan tanishtirish;
Bolalarga yuqori maʼnaviy va odob ahloq asoslarini shakillantirish;
Bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligini mustahkamlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va isteʼdodlarini rivojlantirish.