O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə1/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77


O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati asoslari


  1. FUQOROLIK JAMIYATI – tushunchasini yoritib bering

Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashnita’minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‘zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir”.



Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:

iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysiki jamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi.

I jtimoiy-siyosiy asos – mustaqil davlatlarning tashkil topishi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning ajratilishi. Insonlarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum tashkilotlarga birlashishi,Hokimiyatlar turli-tuman markazlar, tashkilotlar, siyosiy institutlar qo‘lida jamlangan bo‘lsa, ular bir-birini cheklaydi va muvozanatga solib turadi. Siyosiy plyuralizm, davlat hokimiyati funksiyalarining sekin-asta fuqarolik jamiyati institutlariga berib borilishi. “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilining namoyon bo‘lishi. Birinchi Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Fuqarolik jamiyati qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutadi”.

ma’naviy asos – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari,fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. “Tafakkur ozod bo‘lmasa,ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa,inson to‘la ozod bo‘lolmaydi.Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi”.



  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin