O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


O’zbekistonni yanada rivojlantirishga qaratilgan Xarakatlar strategiyasining birinchi yo`nalishini bandlari bilan yoritib berin



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə14/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

O’zbekistonni yanada rivojlantirishga qaratilgan Xarakatlar strategiyasining birinchi yo`nalishini bandlari bilan yoritib berin.


I. Давлат ва жамият қурилиши тизимини такомиллаштиришнинг устувор йўналишлари

1.1. Демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ва мамлакатни модернизация қилишда Олий Мажлис, сиёсий партияларнинг ролини янада кучайтириш:



  • давлат ҳокимияти тизимида Олий Мажлиснинг ролини ошириш, унинг мамлакат ички ва ташқи сиёсатига оид муҳим вазифаларни ҳал этиш ҳамда ижро ҳокимияти фаолияти устидан парламент назоратини амалга ошириш бўйича ваколатларини янада кенгайтириш;

  • қабул қилинаётган қонунларнинг амалга оширилаётган ижтимоий-сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ва суд-ҳуқуқ ислоҳотлари жараёнига таъсирини кучайтиришга йўналтирган ҳолда қонун ижодкорлиги фаолияти сифатини тубдан ошириш;

  • сиёсий тизимни ривожлантириш, давлат ва жамият ҳаётида сиёсий партияларнинг ролини кучайтириш, улар ўртасида соғлом рақобат муҳитини шакллантириш.


1.2. Давлат бошқаруви тизимини ислоҳ қилиш:

  • давлат бошқарувини марказлаштиришдан чиқариш, давлат хизматчиларининг касбий тайёргарлик, моддий ва ижтимоий таъминот даражасини ошириш ҳамда иқтисодиётни тартибга солишда давлат иштирокини босқичма-босқич қисқартириш орқали давлат бошқаруви ва давлат хизмати тизимини ислоҳ қилиш;

  • мамлакатни ижтимоий-сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича вазифаларни амалга оширишда ўзаро манфаатли ҳамкорликнинг самарасини оширишга қаратилган давлат-хусусий шерикликнинг замонавий механизмларини жорий этиш;

  • давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари фаолиятининг очиқлигини таъминлаш, жисмоний ва юридик шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда қонуний манфаатларига оид ахборотни тақдим қилишнинг замонавий шаклларини жорий этиш;

  • «Электрон ҳукумат» тизимини такомиллаштириш, давлат хизматлари кўрсатишнинг самараси, сифатини юксалтириш ва бу хизматдан аҳоли ҳамда тадбиркорлик субъектлари томонидан фойдаланиш имкониятини ошириш.


1.3. Жамоатчилик бошқаруви тизимини такомиллаштириш:

  • халқ билан мулоқотнинг самарали механизмларини жорий этиш;

  • жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг замонавий шаклларини ривожлантириш, ижтимоий шерикликнинг самарасини ошириш;

  • фуқаролик жамияти институтларини ривожлантириш, уларнинг ижтимоий ва сиёсий фаоллигини ошириш;

  • маҳалла институтининг жамият бошқарувидаги ўрни ва фаолияти самарадорлигини ошириш;

  • оммавий ахборот воситаларининг ролини кучайтириш, журналистларнинг касбий фаолиятини ҳимоя қилиш.




  1. O’zbekistonni yanada rivojlantirish un qabul qilingan Xarakatlar strategiyasi barcha yo’nalishlarini yoritib berin.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi belgilangan:

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy �ag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat.

Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozi�ini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash nazarda tutilmoqda.

Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalish 2018 — 2021-yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDY organlarini isloh qilishni ham o‘z ichiga oladi.

“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investo?lar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.

2017 — 2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil etish orqali ahol�ni ish bilan ta’minlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv ta’minoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz ta’minoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda.

“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.


  1. Elektron parlament” tizimini izohlang.

Harakatlar strategiyasidaaxolining senatorlar va deputatlar bilan o`zaro muno- sabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan mulokotini takomillashtirish maqsadida «Elektron parlament» tizimini joriy etish buyicha kompleks chora-tadbirlar das- turini ishlab chikish, uni qabul qilishga doyr O`zbekiston Respublikasi Prezidenti karori loyixasini tayyorlash, unda milliy parlament faoliyati samaradorligi va shaf- fofligini oshirish, parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish vositasida xalq bilan mulokotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglari joylashgan maxalliy xokimiyat idoralarining karorlarini yuborish, shuningdek mazkur xududdagi vaziyatdan doimiy ravishda xabardor bulib turish imkonini yaratish buyicha anik vazifalarni belgilash nazarda tutilmokda.

«Elektron parlament» tizimini rivojlantirish mamlakatimizda parlamentning xokimiyatlar bulinishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini yanada oshiradi, parlamentning saylov okruglaridagi Fuqarolar, maxalliy vakillik organlari bilan o`zaro mulokoti va alokalarini kuchaytiradi, ular bilan elektron xamkorlik tizimining shakllanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Parlament palatalarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyixalashtirish, ishlab chikish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi. Kurinib turibdiki, «Elektron parlament» shak- lidagi axborot-kommunikatsiya vositalari parlament palatalari va Fuqarolar urtasi- dagi o`zaro munosabatlarni boglab turuvchi vosita vazifasini bajarishidan tashkari, Fuqarolarning turli manfaatlarini qonunlar va parlamentda ifoda etuvchi institut sifatida namoyon buladi. Bu xolat o`z-o`zidan Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolla- shishiga ta’sir kursatadi. Albatta, bu jarayonda Fuqarolar ijtimoiylashuvining asosiy komponentlaridan biri - Fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy ongi xam oshib boradi.


  1. Elektron hukumat to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni yoritib bering

Мазкур Қонун Олий Мажлис Қонунчилик палатаси томонидан 2015 йил 18 ноябрда қабул қилинган ҳамда Сенат томонидан 2015 йил 3 декабрда маъқулланган эди.

Қонун 6 боб, 34 моддадан иборат бўлиб, расмий эълон қилинган кундан эътиборан олти ой ўтгач кучга киради.

“Электрон ҳукумат тўғрисида”ги қонун қуйидаги боблардан таркиб топган:

1-боб. Умумий қоидалар;
2-боб. Электрон ҳукумат соҳасини давлат томонидан тартибга солиш;
3-боб. Электрон давлат хизматларини кўрсатиш;
4-боб. Электрон ҳукуматнинг ишлашини ташкил этиш;
5-боб. Якунловчи қоидалар.

Қонунга кўра, электрон ҳукумат – давлат органларининг жисмоний ва юридик шахсларга ахборот-коммуникация технологияларини қўллаш йўли билан давлат хизматлари кўрсатишга доир фаолиятини, шунингдек идоралараро электрон ҳамкорлик қилишни таъминлашга қаратилган ташкилий-ҳуқуқий чора-тадбирлар ва техник воситалар тизими.

Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги электрон ҳукумат соҳасидаги ваколатли органдир.

Электрон давлат хизматлари ахборот ва интерактив давлат хизматлари тарзида бўлиши мумкин.

Қонунга кўра, сўралаётган электрон давлат хизмати бўйича электрон ҳужжат тарзида юборилган жавоб қоғоз шаклида юборилган жавобга тенглаштирилади.

Электрон давлат хизматлари ариза берувчиларга давлат органларининг расмий веб-сайтлари орқали ҳамда давлат органлари томонидан кўрсатиладиган интерактив давлат хизматларидан фойдаланишнинг ягона нуқтаси бўлган Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали кўрсатилади.

Электрон ҳукумат тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганликда айбдор шахслар белгиланган тартибда жавобгар бўлади.


  1. Demokratiya “ so’zi qanday ma’no anglatadi va jamiyatdagi ro`li

"Demokratiya" so'zi qanday ma'no anglatadi va jamiyatdagi ro'li.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik davlat barpo etishning muxim shartidir. «Demokratiya» so`zi «xalq xokimiyati» degan ma’noni anglatadi. Aynan fuqarolik jamiyati insonga u xokimiyat egasi, xokimiyatning birdan-bir man- bai ekanini xis qilish imkonini beradi. Demak, demokratiyaningrivoji fuqarolik jamiyatining xam tarakkiy etishini taqazo etadi. Fuqarolik jamiyati erkin Fuqarolarning o`z salox,iyatini namoyon qilish soxdsi bulib, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilot va birlashmalardan tashkil topadi kamda davlatning aralashuvidan xoli buladi. Ijtimoiy Harakatlar, OAV, partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, Fuqarolarning o`zini o`ziboshkarish organlari, ijodiy uyushmalar - fuqarolik jamiyati institutlari x,isoblanadi. Fuqarolik jamiyatining asosiy maqsadi - insonning turli manfaat va exdiyojlarini tularok kondirish, uning salokiyatini yo`zaga chikarishdan iborat. Zero, fuqarolik jamiyati institutlari jamiyatdagi ayrim muammolarni mustakil ravishda, qonuniy yul bilan, davlatning aralashuvisiz xdl qilishga kodir buladi. O`zini o`ziboshkarish va kat’iy intizom - fuqarolik jamiyatining poydevorini x,osil qiladi. Inson, uning manfaatlari, sha’ni va kadr-kimmati fuqarolik jamiyatining oliy kadriyatlari sifatida tan olinadi.

Demokratiyaning mezonlari ko‘p qirrali bo‘lib, unda siyosiy erkinlik, fuqarolik huquqlari, davlat va jamiyat qurilishida, boshqaruv jarayonlarida ishtirok etishga intilgan, ijtimoiy bahslarga qatnashgan, o‘z hatti-harakatlari, mas’ullik faoliyati bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot beruvchi vakillarni tanlashda qatnashgan va insonlar orasida sabr-toqat va murosa lozimligini tushungan fuqarolar tomonidan qadrlangan taqdirda u doimo rivojlanib, takomillashib boradi. Shu jihatdan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyatni xarakterlovchi muhim mezon mavjuddir. Bular "Jamiyatda, - deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat etilishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir. Ana shu uch sohada haqiqiy siljishlar bo‘lmas ekan, demokratiya haqidagi hamma gap so‘zlar yo xalqqa xushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o‘yin bo‘lib qolaveradi." Respublikada jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshayotgan o‘zgarishlarni, ana shu uch mezon bo‘yicha demokratik jamiyat farqni qiyosiy tahlil etiladigan bo‘lsa, quyidagi muhim farqni anglash qiyin emas.




  1. Konstitutsiyaning nechanchi moddasida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolati nazarda tutildi va bundan erishiladigan natija

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan ushbu o`zgartirish va qo`shimchalar Konstitutsiyaning 78- va 93-moddalariga xam tegishli tu- zatishlarni kiritish zaruratini belgiladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari sifatida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yo`zasidan Bosh vazirning xisobotlarini eshitish va muxokama qilish vakolati nazarda tutildi. Bu xolat xam siyosiy partiyalar, xam parlament roli va ta’sirining oshirilishiga, Oliy Majlisning qonunlar ijro etilishi ustidan amalga oshiradigan nazorat faoli- yatining yanada takomillashtirilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, konstitutsiyaviy isloxotlarning avvalgi bosqichida Xukumatni shakllantirish tartibi yanada demokratlashtirildi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qoidaga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng kup deputatlik urnini olgan siyosiy partiya yoki teng mikdordagi deputatlik urinlarini kulga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. Yangi Bosh vazir nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslaxdtlashuvlar utkazilganidan sung O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga kurib chikish va tasdiklashga takdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan takdirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarkatib yuboradi. Ushbu norma davlat xokimiyati tarmoklari urtasida o`zaro tiyib turish va ta’sir etish mexa- nizmini yanada takomillashtirdi. Davlat xokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan yangiliklarning axamiyati yana shundan iboratki, ular davlat xrkimiyatining sub’ektlari, ya’ni, davlat boshligi bulgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlar urtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taksimlanishini ta’minlashga karatilgandir. Davlat xokimiyati taksimlanishi to`g`risidagi ta’limotga kura, xrkimiyat tarmokdari vako- latlarining tugri taksimlanishi davlat idoralari faoliyatining barkarorligini, ular urtasida samarali xamkorlik yulga kuyilishini kafolatlaydi. Kolaversa, davlat xokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va adolatli taksimlanishi pirovar- dida davlatning tom ma’noda demokratik tabiatga ega bulishi va inson xuquqlari izchil ta’minlanishining garovidir.




  1. Mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish muhim vazifa ekanligini yoritib bering

Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin. Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi. Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.




  1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish tizimini takomillashtirilishi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevralidagi «O`zbekiston Res- publikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida»gi PF^4-947- son Farmoni bilan tasdiklangan «2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi buyicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan mulokot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida xam fuqarolarning murojaatlariga katta e’ti- bor karatilgan bulib, ushbu masala buyicha kuyidagi vazifalar belgilangan:




Yüklə 311,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin