1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77
Ikkinchi bosqich (2001-2007 yillar) – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr. Bu davrda mamlakatimizni modernizatsiya qilishga, iqtisodiyotni rivojlantirishga, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-madaniy sohalarni izchil isloh etishga qaratilgan demokratik yangilanishlarni ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaga ma’lum o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyili qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyatini tashkil etishda ham muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Qariyb 15 yillik bir palatali parlament tizimida to‘plangan tajribalar asosida mamlakat oliy organi ikki palatali tizimga o‘tib ishlay boshlashi qonunlarning ham professional (quyi palata), ham vakillik namoyandalari (yuqori palata – Senat) tomonidan puxta ishlab chiqilishi va qabul qilinishiga imkon yaratdi.