O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati asoslari


To‘rtinchi bosqich (2010-2016 yillar)



Yüklə 311,31 Kb.
səhifə13/103
tarix02.01.2022
ölçüsü311,31 Kb.
#38035
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
1O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi Fuqarolik jamiyati 77

To‘rtinchi bosqich (2010-2016 yillar). O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ro`zasida davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.


  1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasidabelgilab berilgan eng muhim yo’nalishlarni yoritib berin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasi mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotida g‘oyat muhim voqea bo‘ldi. Unda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgartirishlar jarayoni, O‘zbekistonning demokratik va iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishdagi asosiy yutuqlari chuqur tahlil qilindi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan ochiq demokratik davlat qurishning, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoida va xulosalari asosiy strategik maqsadga erishishga — bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, balki amalda oliy qadriyat hisoblanuvchi kuchli fuqarolik jamiyatiga ega bo‘lgan ochiq demokratik huquqiy davlatni barpo etishga, O‘zbekiston dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari safidan o‘rin olishiga qaratilgan. Konsepsiya mamlakatning siyosiy tizimini yanada modernizatsiya qilish ishida dasturiy hujjat, O‘zbekistonni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo‘ldi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish hamda axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishning Konsepsiyada belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan uzoq muddatga mo‘ljallangan konkret harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo‘lishi kerak.

Mamlakat Prezidenti I.A. Karimovning ma’ruzasida qo‘yilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan, har bir senatordan va barcha darajalardagi deputatlardan yuksak tashabbuskorlikni, qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligini hamda parlament nazoratining ta’sirchanligini oshirishni, o‘z ishida umumdavlat va mintaqalar manfaatlari uyg‘un qo‘shib olib borilishini ta’minlashni talab qiladi. Senat Kengashi, qo‘mitalari va komissiyalarining, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining eng muhim vazifasi Konsepsiyaning mazmuni va mohiyatini keng jamoatchilik, O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi e’tiboriga yetkazishdan iborat.




  1. Yüklə 311,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin