Uchinchi bosqich (2008-2010 yillar). Bu davrda taraqqiyotning asosiy jabhalari fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, saylov jarayonini yanada demokratlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Saylov tizimi rivojida 2008 yili saylov qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartirishlar muhim bosqichni boshlab berdi. Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi, shuningdek, 130 nafar deputat siyosiy partiyalardan saylandi. Yana bir muhim yangilik – qonun hujjatlariga saylov komissiyalarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq faoliyatida oshkoralikni ko‘proq ta’minlashga qaratilgan normalarning kiritilishida o‘z aksini topdi.
Dostları ilə paylaş: |