Davlat boshqaruv tizimining asosiy turlarini yoritib bering
Davlat boshqaruv shakli– bunda davlat hokimiyati va boshqaruv oganlarini tashkil topish va tuzilish tartibi belgilanadi. Jaxondagi barcha davlatlar boshqaruv shakliga ko’ra monarxiya va respublika shaklida bo’ladi. Monarxiya – bu oliy davlat hokimiyatini bir shahsning (monarx, podsho, imperator) qo’lida bo’ladi va podsholik avloddan-avlodga meros qilib qoldiradilar.
Monarxiya boshqarish davlat shakli o’z navbatida ikkiga bo’linadi. Cheklanmagan mutloq (absolyut) monarxiya bo’ladi. Absolyut monarxiya feodal davlatning oxirgi rivojlanish bosqichiga xos bo’lib, feodal tarqoqligi jarayoni hamda markazlashgan davlatning paydo bo’lishi davriga mos keladi. Xozirgi paytda absolyut monarxiyaga bir necha O’rta Sharq davlatlarini misol bo’la oladi (Saudiya Arabistoni).
Cheklangan monarxiya boshqaruv shaklida oliy davlat xokimiyati monarx bilan boshqa organ (organlar) o’rtasida mujassamlashgan.
Cheklangan monarxiya turli xil tarixiy bosqichlarda turlichadir. Cheklangan monarxiyaga «soslovno - predstavitelnaya» (****) monarxiya bilan zamonaviy konstitutsion monarxiya tegishlidir.Birinchisi, feodal davriga, ikkinchisi, kapitalizm davriga to’g’ri keladi.
Masalan, tarixda Rim quldorlik davlati, Sharqda despotik Misr, Hitoy quldorlik davlatlari. Hozirgi vaqtda cheklanmagan monarxiya boshqarish davlat shakliga Iordaniya, Omon, Katar, Birlashgan arab amirligi davlatlari misol bo’ladi.
Cheklangan monarxiyada – davlat tepasida turuvchi monarx, podshoning hokimiyati biron organ yoki qonun bilan cheklanib qo’yiladi. Masalan, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya va boshqalar. Bu davlatlarda monarx davlat boshlig’i bo’lib, « podsholik qiladi lekin davlatni boshqarmaydi», davlatni hukumat boshqaradi.
Cheklangan monarxiya davlatlari o’z navbatida dualistik va parlamentar monarxiyaga bo’linadi. Dualistik monarxiya davlatlariga Saudiya Arabistoni, Kuvayt davlatlari kiradi. Bu davlatlarda hokimiyat podsho bilan parlament o’rtasida taqsimlangan. Amalda davlatni podsho boshqaradi. Podsho hukumatni o’zi to’zadi, u parlamentni tarhatib yuborish huquqiga ega. Parlamentar monarxiya shaklidagi davlatlarda – davlat boshlig’i monarxiya, hirol, hirolicha, podsho, imperator bo’lib, amalda bular davlatni boshqarmaydi, ularning huquqi cheklangan davlatni hukumat boshqaradi. Masalan, Angliya, Yaponiya, Belgiya, Shvetsiya va boshqalar. Bu davlatlarda davlat boshlig’i monarx, hirolicha va imperatorni roli katta bo’lib, ular davlatning oliy vaqili millat birligi hisoblanib, davlat ishlarini olib borishda mamlakatda va xalqaro miqyosda o’rni kattadir. Ularning davlatni boshqarishda huquqi cheklangan. Amalda davlatni hukumat boshqaradi.
Davlat boshqaruvining respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqarishning oliy organlari ma'lum muddatga xalq tomonidan saylab qo’yiladi. Respublika hozirgi dunyoda keng tarqaalgan davlat boshqaruv shakli bo’lib, rivojlangan jaxon davlatlarida uning uch ko’rinishi bor; Prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika va boshqaruvning aralash (dualistik) prezidentlik respublikasi shakli.
Respublika boshqaruv shakliga oliy davlat organlarini tashkil etishning demokratik usullari to’g’ri keladi.Rivojlangan davlatlarda oliy organlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar xokimiyatni taksimlanishi printsipiga asosan urnatilib, ular saylovchilar bilan aloqada bo’ladilar va ma'suliyatga egadirlar.
Boshqaruvning respublika shakli kuldorlik davlatlarida vujudga kelgan. U o’zining bir muncha yorkin ifodasini demokratik Afina respublikasida topadi.Bu yerda davlatning barcha organlari, jumladan oliy organlarga (xalk majlisi) saylovda Afinaning barcha fuqarolari to’la huquq asosida katnashadilar.Lekin kuldorlik davlatlarida boshqaruv aristokratik respublika shakli ko’prok tarqaalgan bo’lib, saylanuvchi oliy davlat xokimiyati organlarini shakllantirishda «harbiy-er znat» (voenno – zemelnaya znat)larning ishtiroki ko’zga tashlanadi.
Feodalizm davrida boshqaruvning Respublika shakli kamdan-kam qo’llanilgan.
Zamonaviy Respublikalar parlamentlik va prezidantlik ko’rinishida bo’ladilar.Ular o’rtasidagi asosiy farq xukumatni kim tomonidan tayinlanishi va xukumat kim oldida ma'suliyatga egaligida yoki javobgar bo’lishidadir.
Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarga (AQSh, Lotin Amerikasi) va boshqa bir qancha rivojlangan davlatlar kiradi. Qonun chiqaruvchi organ AQShda kongress bo’lib, u ikki panatdan, vaqillar va senatdan iborat bo’lib qonunlarni qabul qiladi. Davlat boshlig’i bo’lgan Prezident hukumatning ham boshlig’idir. Ijro hokimiyati parlamentdan mustaqil holda tuziladi va faqat Prezidentga hisob beradi. Ijro hokimiyati qonunchilik tashabbusiga ega emas. Bosh vazir lavozimi bu davlatlarda bo’lmaydi. Bu davlatlarda Prezident bilan birga Vitse Prezidentlik lavozimi mavjud. Prezidentlik respublikasi – bu shunday boshqaruv shakli bo’lib, bu yerda prezidant bevosita, parlamentning ma'lum nazorati ostida xukumatni shakllantiradi, u o’z navbatida prezidant oldida faoliyat bilan javobgardir. Prezidantlik respublikasida premer-vazir lavozimi yo’q bo’lib, asosan davlat boshlig’i va xukumat raxbari lavozimi faoliyatini prezidant bajaradi. Parlamentar respublikada parlament nafaqat qonunchilik vakolatiga, balki xukumatni iste'foga chiqarishni talab qilish huquqiga egadir, ya'ni xukumat o’z faoliyatini bilan parlament oldida javobgardir. Respublika Prezidanti faqat davlat boshlig’i xisoblanadi, ya'ni u xukumat boshlig’i bo’la olmaydi.Siyosiy jixatdan bu shuni ifoda etadiki, ya'ni xukumat parlament saylovlarida g’alaba qozongan partiya (partiyalar) tomonidan shakllantiriladi, prezidant g’olib chiqqan partiyaning lideri emas ekan, u ish olib borish (faoliyat) imkoniyatidan maxrum bo’ladi. Xukumatga esa premer-vazir boshchilik qiladi.
Parlamentar Respublika shaklidagi davlatlarda Prezident faqat davlat boshlig’i bo’lib, asosiy o’rinni hukumat boshlig’i egallaydi. Prezident bevosita xalq tomonidan emas, balki saylovchilar qollegiyasi tomonidan saylanadi. Hukumat ministrlar kengashi oliy organ parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob beradi. Masalan, bunday davlatlarga Germaniya, Hindiston, Italiya, Turkiya va boshqa davlatlar kiradi. Bu davlatlarda parlament hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi berish huquqiga ega. Uni qabul qilish yoki qilmaslik hukumat boshlig’iga bo’g’liq. Boshqaruvning aralash (dualistik prezidentlik respublikasi) shakli. Bu davlatlarda kuchli ijroiya hokimiyati mavjud bo’lib, Prezident ham davlat boshlig’i ham ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. Ularda vitse-prezidentlik lavozimi bo’lmasdan, bosh vazir lavozimi mavjud bo’lib, hukumat qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Bunday davlatlarda Fransiya misol bo’la oladi. Fransiya Prezidenti vakolatlarini amalga oshirishda yordam beruvchi mahsus apparatga egadir. Masalan; Frantsiyada u yelisoy saroyi Frantsiyada Prezident Konstitutsiyasi asosida milliy mustaqillik, hududiy butunlik va barcha horijiy davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga amal qilishning mustahkam kafili bo’lib hisoblanadi. Aralash «yarimprezidantlik» (prezidantlik- parlamentar) respublikalari ham mavjud (Frantsiya, Finlandiya, Portugaliya) bo’lib, ularda xukumatga nisbatan prezidant va parlament o’zining u yoki bu doira (chegara)dagi nazoratini hamda ma'suliyati (javobgarligi) ni bo’lib oladi.
Monarxiya va respublika boshqaruv shakli sifatida o’zlarining nixoyatda yashovchan ekanligini hamda siyosat tarixining barcha bosqichlari va sharoitlarida moslashuvchanligini kursatadi. Musulmon davlati xalifalik VII asrda paydo bo’lgan. Xalifalikning paydo bo’lishi islomning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, munosabatlar musulmon huquqi asosida tartibga solinadi.A. X. Saidovning ta'kidlashicha, xalifat – musulmon siyosiy nazariyasining asosiy katigoriyasi bo’lib, u ikkita aspektda qurilgan: yo musulmon xokimiyatining moxiyati sifatida, yo maxsus boshqaruv shakli sifatida.Xalifat – shunday tashkilot ko’rinishida bo’lib, uning funktsiyalari oliy siyosiy xokimiyatni amalga oshirishga hamda musulmon jamoasi darajasida dinga bo’lgan e’tiqodini qo’llab - kuvvatlashga qaratilgandir.
”Bozor iqtisodiyotiga o‘tish shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog‘i lozim” bu tamoyilini izohlab berin.
Dostları ilə paylaş: |