O’zgaruvchan toklarni to’g’rilash. Ishning maqsadi



Yüklə 334,15 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix09.06.2022
ölçüsü334,15 Kb.
#61090


O’zgaruvchan toklarni to’g’rilash. 
Ishning maqsadi: Yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlarning ishlashini o’rganish va uning 
xarakteristikalarini olish. 
Kerakli asboblar: To’g’rilagich maketi, pasaytiruvchi transformator, ostsillograf, 
o’zgaruvchan va o’zgarmas tok ampermetri va voltmetri, ulovchi simlar. 
Ishning qisqacha nazariyasi. 
 
O’zgaruvchan toklarni o’zgarmas tokka aylantiradigan qurilmalarga to’g’rilagichlar 
deyiladi. To’g’rilagichlar Yarim o’tkazgichli diodlar asosida yig’iladi. Shuningdek to’g’rilagichlar 
tarkibiga tekislovchi filtrlar va chiqish kuchlanishini o’zgarmasdan saqlab turadigan stablizatorlar 
ham kiradi.
Ma`lumki, diodlar ventilli qurilma bo’lib, ular elektr tokini bir tomonlama o’tkazish 
xususiyatiga ega. To’g’rilagichlar barcha radioelektronika qurilmalarida oziqlantiruvchi manba va 
akkumulyatorlarni zaryadlash maqsadlarida ishlatiladi. Radiohavaskorlik amaliyotida ham 
to’g’rilagichlarning turli tuman sxemalari keng tarqalgan.
To’g’rilash sxemasi ikki xil – bitta va ikkita yarim davrli bo’ladi. Mazkur sxemalarni taxlil 
qilish uchun transformatorning ikkinchi chulg’ami bilan ketma-ket ulangan diod va rezistordan 
tuzilgan quyidagi sxemani ko’raylik (1-rasm). Agar transformatorga o’zgaruvchan kuchlanish 
berilsa, ikkilamchi chulg’am kuchlanishining musbat Yarim davri to’g’ri kelganda diod ochilib, 
zanjirda tok hosil bo’ladi. Kuchlanishning manfiy Yarim davrida esa diod yopiladi va undan tok 
o’tmaydi. Bu jarayonlarni grafik tasviri 9a-rasmda keltirilgan. Demak mazkur sxemada tok kirish 
kuchlani-shining musbat Yarim davridagina hosil bo’ladi. Uning asosida tuzilgan to’g’rilagich esa, 
mos ravishda bir Yarim davrli to’g’rilagich bo’ladi.
Radio qurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan foydalanib bo’lmaydi. Shuning
uchun pulslanishni yo’qotish – tekislash zarur bo’ladi. Bunday jarayonni amalga oshiradigan 
qurilmalar tekislovchi filtrlar deb ataladi. eng sodda tekislovchi filtr yuklama (nagruzka) ga 
paralell qilib ulangan kondensatordan iborat. Ikki yarim davrli to’g’rilash sxemasi asosida tuzilgan 
to’g’irlagichning sxemasi va undagi yuz beradigan jarayonlarning grafik tasviri 2-rasmda 
ko’rsatilgan. Sxemaning ishlashi xuddi bitta Yarim davrli to’g’rilash sxemasining ishlashiga 
o’xshash bo’ladi. Bu sxemada kuchlanishning pulsatsiyala-nish chastotasi ikki marta ortiq bo’lib 
uning amplitudasi kichik bo’ladi.
To’g’rilagich sxemalarining turlari ko’p, lekin Shu sxemalar ichida ko’prik sxema deb 
ataladigan to’g’rilagich amaliyotda keng tarqalgan. Uning sxemasi 3-rasmda keltirilgan. 
To’g’rilagich sxemasidan ko’rinadiki transformator kuchlanishining birinchi Yarim davrida D
1
va 
D
2
lar ishlasa, ikkinchi Yarim davrida D
2
va D
4
lar ishlaydi. Ko’prik sxemaning asosiy afzalliklari 
Shundaki, to’g’rilangan tok amplitudasining pulslanishi kichik bo’ladi va o’rta nuqtali 
transformatorga hojat qolmaydi. Ko’pincha to’g’rilagichlar ko’prik sxema asosida yig’iladi.
1-rasm 2-rasm 


To’g’rilagichlarning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: to’g’rilangan maksimal tok va 
kuchlanish kattaliklari, to’g’rilagichning foydali ish koeffitsienti(F.I.K) va x.k.
Mazkur ishda ko’prik sxemasida yig’ilgan to’g’rilagichning tuzilishi, ishlash tamoyili 
o’rganiladi va olingan natijalar asosida to’g’rilagichning foydali ish koeffitsienti quyidagi 
formuladan hisoblanadi. 
2
2
1
1
U
I
U
I


(10) 
Ko’prik sxemasida ulangan to’g’rilagich maketi maxsus panelga o’rnatilgan bo’lib, uning 
sxemasi 4-rasmda keltirilgan.
3-rasm 4-rasm 
 
Ishni bajarish tartibi: 
1. Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan o’lchov asboblari bilan tanishing va 12-rasmda keltirilgan
sxemani yig’ing.
2. Transformatorning chiqishiga (transformatorning chiqish kuchlanishi 12-40V oralig’ida bo’lishi 
kerak) ostsillografni ulang. Ostsillograf ekranidan o’zgaruvchan kuchlanish pulsatsiyasining vaqt 
davomida o’zgarishi ostsilogram-masini chizib oling.
3. Ostsillografni to’g’rilagichning chiqishiga ulang va to’g’rilangan kuchlanish ostsillogrammasini 
chizib oling.
4. To’g’rilagichning nagruzka xarakteristikasini aniqlang. Buning uchun reostat yordamida I

to’g’rilangan tokni o’zgartirib ampermetr va voltmetr ko’rsatishlari yozib olinadi. Olingan 
natijalar asosida I
0
=f(U) bog’lanish grafigi chiziladi.
5. To’g’rilagichning FIKni aniqlang. Qilingan ish yuzasidan hisobot yozing.
 
Nazorat savollari
1. To’g’rilagichlarning ishlash tamoyilini tuShuntiringg`
2. To’g’rilagichlarning ko’prik sxemasi qanday tuzilgang` 
3. To’g’rilagichning FIKi qanday aniqlanadi? 
4. To’g’rilagichlar qaerlarda qo’llaniladi? 
 
Adabiyotlar: 
1.H.Nig’matov “Elektronika va signallarni qayta ishlash”Toshkent -1993y. 
2. YU. F. Kolontaevskiy Laboratorniy praktikum po radioelek-tronike. «Visshaya shkola», 
Moskva. 1989 
 

Yüklə 334,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin