YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
115
MAKTAB MATEMATIKA KURSIDA “PARAMETRLI TENGLAMA VA
TENGSIZLIKLARNI YECHISH”NI O‘QITISH METODIKASI
Parpiyev Muxriddin Surobjon o‘g‘li,
Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani 8- umumiy
o‘rta ta’lim maktabi, “Matematika” fani o‘qituvchisi
E-mail:
muxriddinparpiyev1@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7974606
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda
yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy
tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliyatining
barcha jabhalarida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday
bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday
ahamiyat kasb etishiga bog‘liq.
Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va
o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangilash
va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida
ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
hamda sohadagi dolzarb hujjatda ta’lim muassasalarining
moddiy texnik bazasini
mustahkamlash yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash
barobarida ularni zamonaviy o‘quv va labaratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv
metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Tenglama
va tengsizliklar, ularga bog‘liq bo‘lgan materiallar o‘rta maktab matematika
kursining katta qismini o‘z ichiga oladi. CHunki, tenglama va tengsizliklar matematikaning
turli bo‘limlarini o‘rganishda amaliy mazmundagi masalalarni hal etishda keng qo‘llaniladi.
Ma’lumki, qadimgi misrliklar va vavilonliklar matematik xarakterdagi masalalarni yechishda
sonli hisoblash usuliga asoslangan edilar. Ammo,
kundalik hayotda ham, matematikani
o‘rganishda ham shunday masalalar uchraydiki, ularni tenglama yoki tengsizliklar sistemasi
yordamidagina hal etish mumkin. Dastlabki vaqtlarda bunday
masalalarni yechishda
arifmetik metodlardan foydalanilgan. Keyinroq esa algebraik tasavvurlar shakllana
boshlangan. Masalan. vaveloniyalik hisobchilar ikkinchi darajali tenglamalarni yecha
bilganlar. Hunday qilib, matinli masalarni yechish metodi hosil qilinib, u keyinchalik algebraik
komponentlarni ajratishda va uning no‘malumini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Bunday tadbiqlar
boshqa davrlarda oldin arab matematiklari ayrim amallar (o‘xshash tenglikning hadlarini
xchamlash, tenglamani, hadini bir tomondan ikkinchi tomonga teskari ishora bilan utkazish)
yordami bilan tenglamalarni standart ko‘rinishga keltirganlar. So‘ngra esa bu ish Yevropa
matematiklari tomonidan amalga oshirilgan. Ko‘p izlanishlar
natijasida hozirgi zamon
algebrasining tili (xarflardan foydalanish arefmetik amal belgilari, qavslar va h.k) yuzaga
keldi.
XVI-XVII asrlarda algebra matematikaning maxsus bir qismi sifatida o‘zining predmeti metodi,
qo‘lanilish sohasiga ega bo‘ldi. Kelgusidagi taraqiyoti esa uning metodining mukamallashuvi,
qo‘llanilish
sohasining kengayishi, tushunchalarini aniqlash va matematikaning boshqa
sohalari tushunchalari bilan bog‘lanishi ustida bordi. SHu davr ichida algebraik tushuunchalar
ichida tenglama tushunchasining muhimligi yaqqolroq sezila borildi. Koordinatalar