1-mavzu. Iqtisodiyotga kirish reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#116392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH 
 
Reja: 
 
1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar 
2. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiyotga oid bilimlarning 
shakllanishi va rivojlanishi 
3. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) 
4. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari 
1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar 
 
Insonlarning talab-ehtiyojlari ko’p va turlichadir. Biologik tuqtai-nazardan 
olib qaralganda, insonlarga faqatgina havo, suv, oziq-ovqat, kiyim-kechak va oddiy 
boshpana bo’lsa kifoya qiladi. Ammo biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda 
insonlar o’z turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ko’proq 
xizmatlar va mahsulotlarga ehtiyoj sezadilar. Endi insonlar daryodan oqib turgan 
oddiy suvga emas, balki suv idishlardagi chiroyli qadoqlangan suv, 
salqinlantiruvchi ichimliklar va sharbatlarga ehtiyoj sezadilar. Insonlar 
o’rmonlardan maymunjon va yong’oqlarni terib yemay, balki xushxo’r saladlar, 
mazali taomlar va anvoiy yeguliklarni xohlaydilar. Kiyinish borasida ham avvalgi 
ibtidoiy jamiyatdagi kabi eng sodda kiyim-kechaklarni emas, balki qimmatbaho 
kiyim-kechaklar, bejirim kostyumlar va paltolarni kiyishni xohlaymiz, albatta. 
Avvalgidek insonlar chaylalarda emas, balki ko’p qavatli binolarda, xashamdor 
imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Inson ehtiyojini chek-chegarasi yo’q. 
Insonning baxtiga yer, foydali qazilma boyliklar, ish qurollari, texnika, mehnat 
qilish va boshqaruvchilik salohiyati kabi ishlab chiqrish resurslari mavjud. Xuddi 
mana shu resurslar iqtisodiyotda qo’llanilib, bizga mahsulotlarni ishlab chiqarishda 
va ko’pgina iqtisodiy talablarimizni qondirishda yordam beradi. Lekin oddiy 
haqiqat shundan iboratki, bizning iqtisodiy talablarimizni qondirish uchun bizdagi 
mavjud resurslar chegaralangan. Shuning uchun biz muqobil tanlov qilishga 
majburmiz. Bu haqiqat esa iqtisodiyot iborasini tushunishga yordam beradi va o’z 
o’rnida, iqtisodiyot atamasi xomashyo va resurslar insonlarni butun ehtiyojlarini 
qondirish uchun yetarli bo’lmaganligidan, iqtisodiyot fani – kishilar, institutlar va 
jamiyat ushbu cheklangan resurslarni qanday optimal (eng yaxshi) tanlovni amalga 
oshirishni o’rgatuvchi ijtimoiy fan hisoblanadi.
Tabiiyki, savol tug`iladi, biz nima uchun men iqtisodiyotni o'rganishimiz 
kerak? Keling, yo'llarini sanab chiqamiz. 
- ba`zi odamlar yaxshi ish topish uchun iqtisodni o'rganadilar; 
- ba'zi odamlar inflyatsiya va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi sabablarni 
chuqurroq anglab etish maqsadida o`rganadilar; 
- ba`zilar esa qanday chora-tadbirlar global isishni sekinlashtirishi yoki 
maxsus savdo markalari hamda "Xitoyda ishlab chiqarilgan" degani nimani 
anglatishini tushunishni xohlashadi. 


Iqtisodiyot fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, 
iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat 
hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal 
muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni 
boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan 
sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. 
Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar 
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab 
ko‘rinadi. 
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, 
adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy 
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. SHuning uchun har bir kishi, 
o‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – 
kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi 
ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish 
kerak degan muammolarga duch keladi. 
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar, 
malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi 
cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona 
foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga 
erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish 
iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati 
bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
4) iste’mol qilish jarayoni.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz 
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu 
chizmada tushunish osonroq bo‘ladi. 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin