4-AMALIY ISH
Mavzu: Testlash usullari. Test muhiti. Testlanayotgan kodning sifatini
baholash. Dastur kodini qoplash va shunga mos masalalar yechish
Ishdan maqsad:
Dasturiy ta`minotni testlash uchun texnik vazifalarni ishlab
chiqishni o`rganish.
Ish tartibi:
Tajriba ishi tavsifini o`rganish;
Berilgan topshiriqni algoritmini ishlab chiqish;
Dasturni ishlatish;
Texnik topshiriqlarni shakllantirish;
Hisobotni tayyorlash.
Xatoliklarni hujjatlashtirish va tahlil qilish
Bu mavzuning vazifasi
Xatoliklarni tuzatish ehtimolligi uni qanday hujjatlashtirilishiga bog’liq. Bu
mavzuda siz loyiha rahbari va dasturchi bilan eng samarali o`zaro ta`sirlashishga
imkon beradigan hisobotlarni tuzishni o`rganasiz.
Izoh
Bu mavzuda keltirilgan hisobotning shakli qog’ozda eng funktsional
(ishlatiladigan) hisoblanadi. Qo`lda yoziladigan hisobotlar qabul qilinadigan
kompaniyalarda hisobotlar keyin ma`lumotlar omboriga kiritilada va ularning
keyingi qayta ishlash va tahlil qilish jarayoni avtomatlashtirilgan.
Xatoliklar va muammolar haqidagi hisobotlar har doim ham testlovchilar
tomonidan tuzilmaydi. Ba`zan bunday hisobotlar texnik ta`minlash guruhi,
hujjatlashtirish guruhi xodimlaridan, shuningdek sotuvchilar, beta-testlovchilar va
foydalanuvchilardan beriladi. SHuning uchun umumlashtirilgan tushuncha hisobot
tuzuvchi ishlatiladi
Tahlil
Bu va keyingi mavzularda samarador va vaqt orqali sinalgan hujjatlashtirish
tizimi va dasturiy ta`minotni testlash guruhi aniqlaydigan muammolarni va
xatoliklarni keyingi kuzatib borish tasiflanadi.
Bu mavzuda bu tizimning doirasida tuziladigan hisobotning har bir maydoni
haqida atroflicha so`zlanadi. Keyingi bo`lim butun tizimga va uni aniq bir
kompaniya talablariga muvofiq qanday modifikatsiyalashga (o`zgartirishga)
bag’ishlangan. SHuning uchun hisobotning har bir maydoning vazifasi va keyingi
taqdirini yaxshi tushunish uchun 6-mavzuga qarash mumkin.
Demak, sizning oldingizda quyidagilar turibdi:
xatolik haqidagi namunaviy hisobotning tuzilmasi bilan tanishish;
xatolik haqidagi hisobotni tuzishning eng samarali uslubini
o`zlashtirish;
tiklangan xatolikni tahlil qilishni o`rganish;
xatolikni tiklash usulini qidirish strategiyasi bilan tanish.
Agar xatolik haqidagi hisobot etarli aniq emas va tushunarsiz bo`lsa, dasturchi
uni tuzata olmaydi. SHuning uchun xatoliklarni hujjatlashtirishga eng jiddiy
e`tiborni qaratish zarur: hisobot tez tuzilishi kerak, lekin bunda uning toni va tarkibi
aniqlangan muammoni echishga maksimal ko`maklashishi kerak.
Xatolik haqidagi hisobotni tuzishdan maqsada unituzatish hisoblanadi.
Agar siz topilgan xatolik tez va ishonchli tuzatilishini istasangiz, avvalo
quyidagilarni amalga oshiring:
Xatolikni qanday tiklash yoki muammoli vaziyatni tushuntiring.
Dasturchilar
o`z ko`zlari bilan ko`ra olmoydigan xatoliklar haqidagi hisobotlarni inkor
qiladi.
Xatolikni imkoni boricha
Dostları ilə paylaş: |