O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 479,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix06.06.2020
ölçüsü479,59 Kb.
#31806
  1   2   3
1-4-sinfda fel yasovchi qoshimchalar mavzusini organish


 

 



O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

 

 SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

“BOSHLANG‟ICH TA‟LIM METODIKASI” KAFEDRASI 

 

5111700 - boshlang‟ich ta‟lim va sport - tarbiyaviy ish yo‟nalishi 

 

3-KURS 

 

OCHILOVA  MAFTUNANING 

 

“ONA TILI O‟QITISH METODIKASI” FANIDAN 

 

KURS ISHI 

 

MAVZU: 1-4-SINFDA FE‟L YASOVCHI 

QO‟SHIMCHALAR MAVZUSINI O„RGANISH  

 

 

 

 

 

 

Ilmiy rahbar:                      kat.o‟qituvchi: Qurbonov Z. 

 

 

 

 

 

Kurs ishi Boshlang‟ich ta‟lim metodikasi kafedrasida 2016 yil  ___iyulda himoya qilindi va 

______foizga baholandi  

Komissiya raisi:___________________________________ 

A‟zolari:_________________________________________ 

 

 

Samarqand 2016-yil 

 

 



Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti  «Boshlang„ich ta‟lim va 

sport-tarbiyaviy ish» yo„nalishi 3-kurs talabasi  Ochilova  Maftunaning «1-4-

sinfda fe‟l yasovchi qo‟shimchalar mavzusini o„rganish »nomli kursishiga 

MULOHAZA 

Boshlang„ich  sinf  ona  tili  darslarida  ko„zda  tutiladigan  maqsadlardan  biri 

o„quvchilarni  o„z  ustida  ishlash,  nutqini  rivojlantirish,  izlanish  va  yangiliklarni 

ixtiro  qilishlarini  hisobga  olishdir.  Shuning  uchun  ham  boshlang„ich  sinflarda 

o„tiladigan  har  bir  darsni  noan‟anaviy  usullar  asosida  tashkil  etish  yaxshi  natija  

beradi.  Shu  jihatdan  ushbu  bitiruv  malakaviy  ish  uchun  tanlangan  mavzu 

dolzarbdir. 

Ochilova Maftuna o‟z oldiga noan‟anaviy   usullar yordamida ta‟lim tarbiya 

berishni,  yosh  avlodning  bilim  va  ko‟nikmalarini  oshirishni  maqsad  qilib  olgan. 

Ishning  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi,  tadqiqot  ishining  oldiga  qo‟ygan 

maqsad va vazifalari, ishni yozishga asoslangan manbalar, tadqiqotning tuzilishi va 

mundarijasi haqida ma‟lumotlar berilgan. 

Birinchi  bobda:  Ona  tili  darslarining  maqsad  va  vazifalari,  ta‟limiy-tarbiyaviy 

ahamiyati,  ona  tili  darslarida  qo‟llaniladigan  metodlar  ning    vazifalari  haqida 

fikrlar bayon qilinadi. 

Ikkinchi  bobda:  So`zlarning  aloqa-  munosabat  shakllarini  o`qitish  mеtodikasi, 

aloqa-munosabat  shakllarining  vazifalari  ustida  ishlash,so`z  turkumlari  bo`yicha 

tahlilnamunalarihaqida ma‟lumotlar berilgan. 

Ishning  so‟ngida  xulosa,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‟yxati  ham  keltirib 

o‟tilgan. 

Ishning  xulosa  qismida  yuqoridagi  boblarda  ko‟rsatilgan  ma‟lumotlarga 

tayanib umumiy xulosa chiqarilgan. 

Kurs  ishining  oxirida  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‟yxati  alfavit  tartibida 

berilgan. 



 

 



Ishda ayrim imloviy  xatolar ham uchraydi, bu ishning umumiy  mazmuniga 

ta‟sir etmaydi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  kurs  ishi  talablariga  to‟g‟ri  keladi  va  uni  himoyaga 

tavsiya etaman. 



 

Ilmiy rahbar: 

 

 

katta.o‟qt. Z.Qurbonov 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



MUNDARIJA 

Kirish 

I:Bob. Boshlang‟ichsinflarda ona tilinio‟rgatishningmazmuni va vazifalari 

I.1. Maktabda ona tili o‟rgatishning mazmuni va  ahamiyati 



II:Bob.Grammatik tushunchalarning samarali  o‟zlashishini ta‟minlaydigan 

metodik shartlar 

II.1.Tushunchani o‟zlashtirish ustida ishlash jarayoni 

II.2.Ot so„z  turkumini o„rgatishning metodik shartlari 

Xulosa 

Foydalanilgan  adabiyotlar 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



 

 

                                                    Reja 

Kirish 

I:Bob. Boshlang‟ichsinflarda ona tilinio‟rgatishningmazmuni va vazifalari 

I.1. Maktabda ona tili o‟rgatishning mazmuni va  ahamiyati 



II:Bob. Grammatik tushunchalarning samarali  o‟zlashishini ta‟minlaydigan 

metodik shartla 

II.1.Tushunchani o‟zlashtirish ustida ishlash jarayoni 

II.2.«Fе‟l»ning lug`aviy shakllari va ma‟noviy guruhlari ustida ishlash. 

Xulosa 

Foydalanilgan  adabiyotlar 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



 

 

Kirish. 

Kurs  ishining umumiy tavsifi. 

Mavzuning dolzarbligi. Ona tili darslari fan o„qituvchilari tomonidan puxta 

o„ylangan,  ma‟lum  tizimga  solingan,  o„quvchilar  aqliy  bilimlarini  charxlaydigan 

bo„lishi  lozim.  Zotan,  “Milliy  dastur”da  ko„zda  tutilgan  asosiy  masala  – 

O„zbekistonning kelajagi bo„lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga 

yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir.  

 “To„qqiz  yillik  (1-9-  sinflar)  o„qishdan  iborat  umumiy  o„rta  ta‟lim 

majburiydir.  Ta‟limning  bu  turi  boshlang„ich  ta‟limni  (1-4-sinflar)  qamrab  oladi 

hamda o„quvchilarning fanlar asoslari bo„yicha muntazam bilim olishlarini, ularda 

bilim  o„zlashtirish  ehtiyojlari,  asosiy  o„quv-ilmiy  va  umummadaniy  bilimlarni, 

milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  ma‟naviy-axloqiy  fazilatlarni 

mehnat  ko„nikmalarini,  ijodiy  fikrlash  va  atrof-muhitga  ongli  munosabatda 

bo„lishni va kasb tanlashni shakllantiradi” 

1

 

 



Kelajagimizbo„lganyoshavlodbilimegallashdaboshlang„ichta‟limdao„tiladiga

nfanlarnichuqur,  onglitarzdao„zlashtirishlarimuhimsanaladi.  Shunday  ekan, 

bugungi  kun  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  boshlang„ich  ta‟limdagi  fanlarni 

o„tishda  jahon  andozalariga  mos  va  xos  bo„lgan  o„qitish  usullaridan  foydalanish 

muhimdir.  

 

Kurs  ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir. 

 

 

Bugungi   kunda o„qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas‟uliyatlar 



qo„yilmoqda,  chunki  biz  o„qituvchi-murabbiylar  qo„liga  farzandlarimiz  taqdirini 

                                                           

1

Qarang: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida “Oliy ta’lim” Me’yoriy hujjatlar to‘plami. Toshkent. “Sharq” nashriyoti.35-bet.2001-yil. 



 

 

 



ishonib topshiramiz.Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan 

ta‟lim-tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi. 

 

 Kurs  ishining oldiga qo„ygan maqsad va vazifalari.  Maktab 

o„quvchilari,  ayniqsa,  4-sinf  o„quvchilari  ma‟lum  darajada  ona  tili  va  o„qish 

ko„nikmasini  egallaganliklari  uchun  ularni  mashqlar,shuningdek    matn  ustida 

mustaqil ishlashga ko„proq e‟tibor berish lozim.  

 

O„quvchilarning  topshiriqni  tez,  to„g„ri  bajarishi  uchun  qulay  usullarni 



tanlay  bilishi,  ishga  ijodiy  yondashishi  muhimdir.  O„quvchilarni  ishni  bunday 

o„ylab,  izchil  bajarish  ko„nikmalari  o„z-o„zidan  hosil  bo„lmaydi,  albatta.  Bunday 

ko„nikmalarni  bolalar  o„qituvchining  alohida  o„tkaziladigan  mashqlari  orqali 

egallaydilar.  Faqatgina  o„qituvchi  rahbarligida  ishlagandagina,  ular  fikrlashga, 

amaliy  mashg„ulotlarni  ijodiy  bajarishga,  yo„l  qo„yilgan  xatolarni  topish  va  uni 

tuzatishga o„rganadilar. 

           Biz ushbu mavzuni yoritishda ,malakaviy  amaliyotda o„tagan tajribamizga 

suyanib,  4-sinf  maktab  o„quvchilarida  o„tkazilgan  dars  jarayoni  grammatik 

mashqlarni bajarish va tashkil etishga oid fikrlarimizni bayon qilamiz.      

 Kurs    ishini  yozishda  asoslangan  materiallar.  Ushbu  ishni  yozishda 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  qator  asarlari,  xususan,  “Yuksak  ma‟naviyat  – 

yengilmas  kuch”,  singari  asarlaridan,  shuningdek,  Yusupov  M.,  Mahmudova  M., 

Rahmonbekova S., Qosimova K., Matchonov S., G„ulomov M., Solihov O. singari 

olim  va  metodistlarning  asarlaridan, ilmiy  tadqiqot, monografiya  va  maqollaridan 

foydalanib ish ko„rdik.  



         Kursishning  yozilishida  qo„llanilgan    metod.  Albatta,  ona  tili  darslari  va 

mashg‟ulotlar  o„qituvchi  tomonidan  uning  rahbarligida  o„tkaziladi.  Bu  o„z 

navbatida, o„qituvchi tomonidan puxta o„ylangan, rejalashtirilgan, ma‟lum tizimga 

solingan va mazmunli bo„lishi talab qilinadi.  



 

 



         Biz  mazkur  bitiruv  ishimizni  olgan  bilim  va  tajribamizga  tayangan  holda, 

shuningdek,  pedagogik  amaliyot  o„tgan  Samarqand  tumanidagi  46-umumta‟lim 

maktabidagi  o„qituvchilarning  ish  tajribasiga  suyangan  holda  yoritishga  harakat 

qildik.  



    Kurs  ishning  ilmiy  yangiligi.  Darhaqiqat,  ona  tili  darslari  orqali 

o‟quvchilarning  bilim  olish  samaradorligini  oshirishda  ilg‟or  pedagogik 

texnologiyalardan  foydalanish    o„z  navbatida  yangilik  sanaladi.  Chunki,  ona  tili 

darslarida  ilg‟or  pedagogik  texnpologiyalardan  foydalanish    boshlang„ich  sinf 

o„quvchilari  uchun  yangilik  bo„lmasa-da,  uni  tashkil  etish,  unumli  va  samarali 

bo„lishiga erishish ko„p jihatdan sinf o„qituvchisining mahoratiga bog„liq.  

Ona  tilidan  bilim  samaradorligini  oshirish  o„quvchilar  ongini  rivojlantiradi, 

fikrlash qobiliyatini o„stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O„z fikrini 

aytish,  yozish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Kelajakda  ilmiy  salohiyatga  erishish 

uchun keng yo„l ochib beradi. 



     Kursishning  amaliy  ahamiyati.  Ushbu  bitiruv  malakaviy  ishidan  pedagogika 

va  psixologiya,  defektologiya  bo„limlarining  talablari  kurs  va  bitiruv  ishlarini 

yozishda,  o„zbek  adabiyoti  tarixini  o„rganishda,  shuningdek,  boshlang„ich  sinf 

o„qituvchilari fakultativ mashg„ulotlarda, sinf rahbarlari va adabiyot o„qituvchilari 

esa, turli lingvistik mashqlarni bajarishda  foydalanishlari mumkin.  

   Kursishning  tuzilishi.  Bitiruv  ishi  kirish,  ikki  bob,  xulosa  va  foydalanilgan 

adabiyotlar ro„yxatidan iborat.  

    Kursishning  mundarijasi.Kirish  qismida,  umuman,  mavzuning  dolzarbligi, 

uning  oldiga  qo„ygan  maqsad  va vazifalari,  ishning  ilmiy  yangiligi,  tahlil  uslubi, 

ishning amaliy ahamiyati hamda shakily tuzilishi haqida fikr yuritilgan. 

           Birinchi  bob:  Boshlang‟ich  sinflarda  ona  tilini  o‟rgatishning  mazmuni  va 

vazifalari,  maktabda  ona  tili  o‟rgatishning  mazmuni  va    ahamiyatiga  doir  fikrlar 

bayon qilinadi.  



 

 



Ikkinchi 

bob.Grammatik 

tushunchalarning 

samarali 

 

o‟zlashishini 



ta‟minlaydiganmetodik shartla, tushunchani o‟zlashtirish ustida ishlash jarayoni, ot 

so„z  turkumini o„rgatishning metodik shartlarihaqida ma‟lumotlar berilgan. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 


 

I:Bob. Boshlang‟ichsinflarda ona tilinio‟rgatishningmazmunihamda vazifalari 

I.1. Maktabda ona tili o‟rgatishning mazmuni va  ahamiyati 

Maktablarda ona tili o‟rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi 

bosqichida  davlatimizning  maktab  oldiga  qo‟ygan  vazifasiga  moslangan.  Bu 

vazifalar  qo‟p  qirrali  bo‟lib,  ularni  bajarish  o‟quvchilar  ongini  o‟stirishga,  ularga 

g‟oyaviy-siyosiy,  axloqiy,  estetik  va  mehnat  tarbiyasini  berishga  yo‟naltirilgan. 

Ona tilini o‟rgatish natijasida o‟quvchilarda o‟z fikrini grammatik to‟g‟ri, uslubiy 

aniq,  mazmunli,  ohangga  rioya  qilib  ifodalay  olish  va  uni  imloviy  to‟g‟ri  yoza 

olish  ko‟nikmalari  shakllantiriladi.  Bu  vazifa  o‟quv  predmeti  sifatida  o‟zbek 

tilining  o‟ziga  xos  xususiyati  bo‟lib,  o‟quvchini  shaxs  sifatida  shakllantirishga 

yo‟naltirilgan umumta‟lim vazifalari bilan bog‟liq holda amalga oshiriladi. 

Ona  tili  kursida  beriladigan  bilimlar  mazmunini  o‟zbek  tilining  tovush 

tuzilishi  va  yozma  nutqda  tovushlarni  ifodalash  usullari  haqidagi  (fonetik  va 

grafik);  so‟zlarning  o‟zgarishi  va  gapda  so‟zlarning  bog‟lanishi  haqidagi 

(grammatik,  ya‟ni  morfologik  va  sintaktik);  so‟zning  morfemik  tarkibi  va  so‟z 

yasalish  usullari  haqidagi  (so‟z  yasalishiga  doir);  so‟zlarning  leksik-semantik 

guruhi haqidagi (leksikologik); o‟zbek tilining to‟g‟ri yozuv  tamoyillari va tinish 

belgilarining  ishlatilishi  haqidagi  (orfografik  va  punktuatsion)  bilimlar  tashkil 

etadi.  Bu  bilimlar,  birinchidan,  grammatik,  fonetik,  so‟z  yasalishiga  oid 

tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion  qoidalarda  namoyon 

bo‟ladi. Bundan tashqari, o‟zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va 

boshqa ko‟nikma va malakalarni ham o‟z ichiga oladi. 

Tilni  o‟rganish  jarayonida o‟quvchilarda boshqa ko‟pgina  o‟quv  predmetlari 

uchun  umumiy  bo‟lgan  ko‟nikmalar  (predmetlararo  ko‟nikmalar)ni  hosil  qilish 

ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo   ko‟nikmalarga 

analiz,  sintez,  abstraktlashtirish  (til  hodisalarini  fikran  tasavvur  etish), 

umumlashtirish,  guruhlash,  taqqoslash  kabilar  kiradi.  Ushbu  ko‟nikmalarni 

o‟quvchilarda  shakllantirish  ustida  maqsadga  muvofiq  ishlash  ularning  o‟quv 


 

11 


 

faoliyatini  faollashtirishga,  bilimlarini  muvaffaqiyatli        egallashlariga  imkoniyat 

yaratadi.  Ona  tili  kursidan  hosil  qilinadigan  maxsus  ko‟nikmalar  bilan 

predmetlararo  ko‟nikmalar,  bir-biridan      ajratilmagan  holda  o‟quv-tarbiyaviy 

jarayonda shakllantiriladi. 

Beriladigan  bilim  va  o‟quvchilarda  hosil  qilinadigan  maxsus  ko‟nikmalar   

maktab dasturlari va davlat ta‟lim standartida qayd etilgan.   

Boshlang‟ich  sinflarda  o‟rganish  uchun  tilni  ongli  egallashga  va 

o‟quvchilarda  grafik  va  imloviy  malakalarni  shakllantirishga  zamin  bo‟ladigan 

bilimlar  tanlangan.  Fonetika  va  grafika  sohasida  o‟quvchilar  so‟zning  tovush 

tarkibini,  unli  va  undosh  tovushlarning  o‟ziga  xos  xususiyatlarini,  so‟zda 

tovushning ma‟noni farqlashdagi ahamiyatini to‟g‟ri tushunishga imkon beradigan 

bilimlarni  o‟zlashtiradilar,  shuningdek,  ularga  so‟zning  tovush  va  grafik  shakli 

o‟rtasidagi  nisbat  (bog‟lanish)ni  ongli  aniqlash,  so‟zni  to‟g‟ri  yozish  imkoniyati 

yaratiladi.  Morfologiya  sohasidan  ham  so‟zni  ongli  o‟zlashtirish,  uni  to‟g‟ri 

ishlatish  uchun  katta  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‟lgan  bilimlar  tanlangan. 

Boshlang‟ich  sinf  o‟quvchilari  I  sinfdan  boshlab  so‟z  turkumlari    (ot,  sifat,  son, 

olmosh, fe‟l)ni har xil saviyada o‟rganadilar. 

Sintaksisdan  dasturga  nutq  birligi  sifatida  gap  haqidagi,  gapda  so‟zlarning 

bog‟lanishi,  bosh  va  ikkinchi  darajali  bo‟laklar  haqidagi  bilimlar  kiritilgan. 

So‟zning  morfemik  tarkibi  yuzasidan  har  bir  morfemaning      muhim  belgilarini, 

ularning  ahamiyati  va  so‟zda  bir-biriga  ta‟sirini    boshlang‟ich  sinf  o‟quvchilari 

tushunadigan  va  so‟zlarni  to‟g‟ri  yozishda  foydalanishlari  uchun  zarur  bo‟lgan 

hajmda ma‟lumot berilgan.  

Dasturda  “Leksika”  bo‟limi  alohida  berilmagan,  ammo  o‟quvchilar    

so‟zlarning leksik-semantik  guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida,   ularning 

leksik  ma‟nolari  haqida  so‟z  turkumlari  va  so‟z  tarkibini  o‟rganish  jarayonida 

ma‟lumot oladilar. 



 

12 


 

Boshlang‟ich  sinflar  ona  tili  kursi  1-4-sinflarda  tilning  hamma      tomonlari 

o‟zaro  bog‟liq  holda  o‟rganilishi  hisobga  olinib  tuzilgan,  har  bir  sinfda  fonetika, 

leksika,  grammatika va  so‟z  yasalishi  haqidaelementar      bilim  beriladi.  Kursning 

bunday  qurilishi  tilning  barcha  tomonlarini  bir-biriga  o‟zaro  ta‟sir  etadigan  bir 

butun  hodisa  sifatida  o‟rganishni  taqozo  etadi.  Tilni  o‟rganishga  bunday 

yondashish  ta‟lim  jaryonini  o‟quvchilar    nutqini    o‟stirish    vazifasini  hal  etishga 

yo‟naltirish imkonini beradi. 

Dasturning  “Grammatika,  imlo  va  nutq  o‟stirish”  bo‟limi  har  bir  sinfda 

quyidagicha  qismlarni  o‟z  ichiga  oladi:  “Tovushlar  va  harflar”,  “So‟z”,  “Gap”, 

“Bog‟lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga   asoslanib, har 

to‟rt  sinfda  o‟rganiladi.  Har  bir  sinfda  yetakchi  mavzular  ajratiladi.    1-sinfda 

fonetika  va  grafikaga  oid  mavzularni  o‟rganishga  katta  o‟rin  beriladi,  chunki 

o‟quvchilar o‟qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3-  sinfda so‟zning morfemik 

tarkibi  va  gapni  o‟rganish  muhim  hisoblanadi.  So‟z  yasalishiga  doir  bilimlar 

asosida  o‟quvchilarda  so‟zning  leksik  ma‟nosiga,  undan  nutqda  foydalanishga 

ongli  munosabat  o‟sadi.  4-sinfda  so‟z  turkumlarini  o‟rganish  birinchi  o‟ringa 

qo‟yiladi  (morfologik  bilim      chuqurlashtiriladi,  otlarning  egalik  va  kelishik 

qo‟shimchalarini,  fe‟llarning  tuslovchi  qo‟shimchalarini  to‟g‟ri  yozish  malakalari 

shakllantiriladi). 

Bog‟lanishli  nutq  ustida  to‟rt  yil  davomida  grammatik  va  orfografik   

materiallarni o‟rganish bilan bog‟liq holda reja asosida ish olib boriladi. 

Onatilidarslaridatilhodisalarima‟nosi 

(semantikasi),qurilishi, 

vazifasi  

jihatidan  o‟rganiladi. 

O‟zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgan  kundan  boshlab  jamiyatni 

isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo‟ydi. Barcha sohalardagi kabi ta‟lim sohasini 

isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.  

Boshlang‟ich  ta‟lim  bo‟yicha  Yangi  tahrirdagi  Davlat  ta‟lim  standarti  ham 

mustaqillik  davridagi  tajribalar  natijasi  sifatida  maydonga  keldi.  U  boshlang‟ich 


 

13 


 

ta‟lim  darsliklari  va  metodik  qo‟llanmalarining  yangi  avlodini  yaratishda 

dasturulamal vazifasini o‟tamoqda. 

Boshlang‟ich  ta‟lim  Davlat  ta‟lim  standartining  “Kirish”  qismida 



“Boshlang’ich  ta’lim  jarayoni  bolaning  mantiqiy  tafakkur  qila  olish  salohiyati, 

aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash 

salohiyatini  shakllantirishga,  jismonan  sog’lom  bo’lishga,  moddiy  borliq 

go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-

odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi”, − deb 

alohida ta‟kidlangan. 

Boshlang‟ich ta‟lim oldiga qo‟yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta‟lim 

mazmunini aniq belgilab olishni, o‟qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. 

Davlat  ta‟lim  standartida  ta‟kidlanganidek,  “Boshlang‟ich  ta‟lim  bosqichida 

davlat va jamiyat tomonidan qo‟yiladigan talab”da ta‟lim sohalari bo‟yicha o‟zaro 

muvofiqlik,  mutanosiblik,  uyg‟unlik  to‟la  ta‟minlangan  bo‟lmog‟i  kerak.  SHu 

jihatdan  boshlang‟ich  ta‟lim  standartini  belgilash  ta‟lim  jarayonining  tarkibini  va 

xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang‟ich 

ta‟lim  jarayonida  yangi,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyani  qo‟llash  imkonini 

beradi. 

 

Boshlang‟ich  sinflarda  ona  tili  ta‟limi  mazmuni  ta‟lim  mazkur  bosqichiga 



qo‟yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi. 

 

 

 

II:Bob. Grammatik tushunchalarning samarali  o‟zlashishini ta‟minlaydigan  

metodik shartlar 

II.1. Tushunchani o‟zlashtirish ustida ishlash jarayoni 

 

14 


 

`Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o‟zaro 

aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko‟rsatadi.   

Grammatik  tushunchalarda  ham,  boshqa  tushunchalar  kabi,    hodisalarning 

muhim  belgilari  umumlashtirilgan  holda  aks  ettiriladi.  Til  hodisalarining  o‟ziga 

xos  xususiyati,  ya‟ni  tushunchaning  mazmun  tomoni  grammatik  tushunchaning 

o‟ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa 

hodisalarga  nisbatan  juda  mavhumligi  bilan  farqlanadi.  Biologik  tushunchalarni 

shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin 

bo‟lgan  aniq  hodisalar  va  predmetlar  material  sifatida  asos  qilib  olinadi. 

Grammatik tushunchalar esa so‟z, so‟z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema 

va boshqalarning o‟ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi 

hisoblanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  kishilar  tomonidan  yaratilgan  grammatik 

tushunchaga asos bo‟lgan dastlabki materialning o‟zi yetarli darajada mavhumdir. 

Demak,  grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning  yana  umumlashtirilgani 

hisoblanadi. 

Grammatik  tushunchaning  bu  xususiyatlari  tufayli  o‟quvchilarda  tushuncha 

juda ko‟p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun  

mavhum  tafakkur  ma‟lum  darajada  rivojlangan  bo‟lishi  lozim.  Mavhum  tafakkur 

ta‟lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar 

muayyan  aqliy  ko‟nikmalarni  va  lingvistik  tasavvur  hamda  bilimlar  yig‟indisini 

shakllantirishga  qaratilgan  bo‟lishi  zarur.  Ko‟pgina  ruhshunos  olimlarning 

tekshirishlari  natijasida  aniqlanishicha,  tushunchani  shakllantirish  jarayoni  ta-

fakkurga  oid  analiz,  sintez,  taqqoslash,  umumlashtirish,  aniqlashtirish  amallarini 

bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O‟quvchilarda tushunchani shakllantirishning 

natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o‟sganligiga bog‟liq. 

Mavhumlashtirishda qiynaladigan o‟quvchilar so‟zlarni taqqoslay olmaydilar 

va ularning muhim grammatik belgilariga ko‟ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, 

tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo‟l qo‟yadilar. Masalan, fe‟l 

o‟rganilganda  o‟quvchilar  fe‟l  predmetning  harakatini  bildirishini  bilib  oladilar. 


 

15 


 

Yurmoq,  o’qimoq,  olmoq  kabi  fe‟llarda  leksik  ma‟no  grammatik  ma‟noga  mos 

keladi.  Ko‟p  fe‟llarda  bunday  moslik  bo‟lmaydi.  Grammatikada  predmet  harakati 

deyilganda,  harakat  bilan  birga  predmetning  holati,  uning  boshqa  predmetlarga 

munosabati,  predmet  belgisining  o‟zgarishi  kabilar  ham  tushuniladi:  uxlamoq, 



o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq va hokazo. Predmet harakatini bunday keng 

ma‟noda,  umumlashtirilgan  holda  tushunish  endigina  tilni  o‟rgana  boshlagan 

o‟quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko‟proq yurish, siljish ma‟nosida aniq 

tasavvur  qiladilar.  SHuning  uchun  fe‟lni  o‟rganishning  boshlang‟ich  bosqichida 



yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so‟zlarni predmet harakatini bildiradi 

deb  hisoblamaydilar.  Bunday  hodisani  otni  o‟rganishda  ham  uchratish  mumkin. 

Ayrim  o‟quvchilar  tinchlik,  qahramonlik,  qadam  kabi  so‟zlarni  ot  turkumiga 

kiritmaydilar.  Tushunchani  shakllantirish  uchun  o‟quvchilarda  mavhumlashtirish 

ko‟nikmasini o‟stirish,  ular diqqatini so‟zning  aniq  leksik  ma‟nosidan grammatik 

ma‟nosiga qaratish va shu guruhdagi so‟zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni 

hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? 

yoki n i m a? so‟rog‟iga javob bo‟ladigan barcha so‟zlar “ot” turkumiga birlashadi; 

predmet  bildirish,  son  (birlik  va  ko‟plikda  kelish),  egalik  qo‟shimchalari  bilan 

o‟zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so‟zlar uchun umumiy grammatik belgilar 

hisoblanadi.  Tushunchani  shakllantirishda  xatoning  oldini  olish  uchun  ta‟lim 

berish jarayonida qator metodik talablarga rioya  qilinadi. 

Grammatik  tushunchani  o‟zlashtirish  uzoq  davom  etadigan  va    kichik 

yoshdagi  o‟quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir. O‟qituvchi boshlang‟ich 

sinflarda  tushunchani  o‟zlashtirishga  oid  ishlarni  tashkil  etishda  o‟rganiladigan 

tushunchaning  lingvistik  mohiyatini,  bilimlarni  o‟zlashtirish  jarayonining 

psixologik-didaktik  xususiyatlarini,  o‟quvchilarning  nutqiy  va  aqliy  o‟sishi  bir-

birini taqozo etishini, grammatik bilimning nutqdagi o‟rnini asos qilib oladi. 

Grammatik 

tushunchalarda 

til 

hodisalarining 



muhim 

belgilari 

umumlashtiriladi.Tushunchani 

o‟zlashtirish 

ustida 

ishlash 


jarayonida 

o‟rganiladigan  tushunchaning  muhim  belgilarini  ajratpsh  maqsadida  muayyan  til 



 

16 


 

materiali  analiz  qilinadi.  Masalan,  so‟z  o‟zgartuvchi  qo‟shimcha  uchun  quyidagi 

ikki muhim belgi xarakterli:  

1) so‟z o‟zgartuvchi qo‟shimcha – so‟zning o‟zgaradigan qismi;  

2)  so‟z  o‟zgartuvchi  qo‟shimcha  sintaktik  vazifani  bajaradi,  ya‟ni  gapda 

so‟zlarni bog‟lash uchun xizmat qiladi.  

Tushunchani  o‟zlashtirishga  oid  ishlarda  o‟qituvchi  muayyan  bir 

tushunchaning  muhim  belgilarini  aniqlab  oladi,  dastur  talabiga  ko‟ra,  shu  sinf 

o‟quvchilarini  tushunchaning  qanday  belgilari  bilan  tanishtirishni,  foydalanganda 

yaxshi  natija  beradigan  leksik  materiallarni,  metodik  usul  va  vositalarni  belgilab 

oladi. 

Til  materialini  analiz  qilish  jarayonida  o‟rganiladigan tushunchaning  muhim 



belgilari  ajratiladi  (tushuncha  ustida  ishlashning  birinchi  bosqichi),  so‟ng 

belgilar  o‟rtasidagi  bog‟lanish  topiladi,  bir  tushunchaning  xususiyati  sifatida  ular 

orasidagi  o‟zaro  munosabati  aniqlanadi,  atama  beriladi  (tushuncha  ustida 

ishlashning  ikkinchi  bosqichi).  O‟quvchilar  o‟rganilgan  tushuncha  mohiyatini 

anglashlari va bilimlarni nutq tajribasiga tatbiq etishlari uchun tushuncha ta‟rifini 

aniq ifodalash ustida ishlanadi (tushuncha ustida ishlashning uchinchi bosqichi)

to’rtinchi  bosqichda  o‟rganilgan  kategoriyani  bilib  olish  uchun  mashq  qilinadi; 

amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq ifodalash, so‟zni va gapni to‟g‟ri 

yozish uchun) o‟quvchilarda tushunchaga asoslanish ko‟nikmasi shakllantiriladi. 

SHunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli ravishda 

to‟rt bosqichga bo‟linadi: 


Yüklə 479,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin