4-MA’RUZA (2 soat)
Mavzu. Оlefin uglevodorodlar. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni. Gaz holidagi olefinlarni olishning maxsus usullari.
Reja:
1. Gaz holatdagi olefin uglevodorodlar.
2. Neftni destruktiv qayta ishlash jarayoni.
3. Olefin olishning maxsus usullari.
4. Xomashyoni neftkimyoviy jarayonlarga tayyorlash.
5. Suyuq olefin uglevodorodlar.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan parafin uglevodorodlardan farqli o‘laroq, olefinlar neft va gaz tarkibida bo‘lmaydi, destruktiv qayta ishlash jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Neft to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalganda uning tarkibida mavjud bo‘lgan faqat uglevodorod fraksiyalari ajraladi. Destruktiv qayta ishlash destruksiyani, ya’ni og‘ir (yuqori haroratda qaynaydigan) uglevodorodlarni quyi haroratda qaynaydiganlarga parchalashni o‘z ichiga oladi.
O‘tgan asrning 20-yillarida neftni destruktiv qayta ishlash usullari rivojlana boshlagani va destruktiv qayta ishlash mahsulotlarida quyi qaynar uglevodorodlarning, ya’ni benzinning miqdori oshganligi bois, ular motor yoqilg‘isi resurslarini oshirishga xizmat qilgan. Bunday qayta ishlashning destruktiv usullarini ishlatish ko‘rsatkichlarni nafaqat benzin resurslarini miqdoran oshirish, balki jarayonda hosil bo‘lgan mahsulot sifatini oshiruvchi yuqori oktan sonli uglevodorodlar hisobiga yaxshilash orqali ham erishiladi.
Sanoatda etilen uglevodorodli xomashyo piroliz qilib olinadi. Pirolizda etilen bilan bir qatorda ko‘pgina miqdorda propilen va biroz butenlar, butadienlar hosil bo‘ladi. Propilen va butenlarning boshqa manbai biz yuqorida ta’kidlagan neftni qayta ishlash zavodlarining gazlaridir.
Gaz holidagi olefin uglevodorodlar
Neftkimyo sanoati uchun gaz holidagi olefin uglevodorodlar eng ko‘p ahamiyat kasb etadi. Neftkimyo sintezi uchun olefin uglevodorodlar qanchalik zarurligini AQSH davlatining olefinlarga bo‘lgan talabidan ko‘rish mumkin (5-jadval).
5-jadval
Dostları ilə paylaş: |