Hujjat 12.03.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLAR VA HUJJATLAR AYLANISHI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH
HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-yanvarda 1297-son bilan davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi
Qonuni
va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Moliya
vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
1. “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi nizomini
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab
10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan e’tiboran SSSR Moliya vazirligi 1983-yil 29-iyulda 105-son bilan
tasdiqlagan “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi nizomi O‘zbekiston Respublikasi
hududida qo‘llanilmasligi e’tirof etilsin.