Mustaqil ish mavzu: Nutqning to’g’riligi,aniqligi,tozaligi,mantiqiyligi,ta’sirchanligi, maqsadga muvofiqligi bajardi: Xurramov Lochinbek tekshirdi: toshkent-2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MUSTAQIL ISH MAVZU: Nutqning to’g’riligi,aniqligi,tozaligi,mantiqiyligi,ta’sirchanligi,
maqsadga muvofiqligi
BAJARDI: Xurramov Lochinbek
TEKSHIRDI:
TOSHKENT-2022
Reja: 1. Nutqning to’g’riligi. 2. Nutqning aniqligi. 3. Nutqning mantiqiyligi. 4. Nutqning tozaligi. 5. Nutqning ta’sirchanligi. 6. Nutqning maqsadga muvofiqligi. Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga bog’liq hodisa sanalmasdan u ham ruhiy, ham estetik hodisadir. Shuning uchun unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko`zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan muddaoning to`liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o`tkazishi nazarda tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo`yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to`g’ri bo`lishini, so`zlar ko`zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo`lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyat- lari sifatida qaraladi. Nutqning to`g`ri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to`g`ri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta`minlaydi. Agar nutq to`g`ri bo`lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`g`rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma`lum paytda qabul qilingan me`yorining qat`iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug`at va grammatik me`yorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, nutqning to`g`ri bo`lishi
dastlab uning adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob- lanadi.Nutqning to`g`ri bo`lishi asosan ikki me`yorga urg`u va grammatik me`yorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`g`inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya`ni ularga urg`uning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urg`usiz olib qaraganda uning qanday ma`no anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urg`u esa undagi ma`noning reallashuviga ko`maklashadi, ya`ni o*lma tarzida urg`u birinchi bo`g`inga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`g`inga tushganda esa mevaning bir turi ma`nosi anglashiladi. Nutqning aniqligi Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to`g`rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi