Raxmonova d. B



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.01.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#78995
  1   2   3   4   5
Bolalar jamoasi



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bolalar jamoasi haqida tushuncha. Bola shaxsini 
tarbiyalashning shart- sharoitlari 
 
 
 
 RAXMONOVA D. B. 
 
 
 
 
 
BUXORO-2022 


Bolalar jamoasi haqida tushuncha. Bola shaxsini 
tarbiyalashning shart- sharoitlari 
Reja : 
1.Bolalar jamoasi haqida tushuncha.
2.Bola shaxsini tarbiyalashning shart - sharoitlari.
3 .Bolalar jamoasining shakllanishiga yorda m beruvchi omillar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Jamoa ijtimoiy jamoaning bir qismi hisoblanib, kishidan ma’lum 
bir maqsad asosida intiladigan, harakat qiladigan, va о‘zi hamma kuch - 
xarakatini ijtimoiy faoliyat, mehnatga sarf qiladigan bо‘lishini talab etadi. 
Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о‘rni va 
rolini tug‘ri baholay olish, inson fikrini hurmatlash, jamoaning munosib 
a’zosi bо‘lishga intilish har bir shaxs uchun muhimdir. Bolalar jamoasini 
shakllantirish uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Dastlab 
birgalikdagi faoliyat kо‘pincha dunyo bilan bog‘liq bulgan faoliyatga 
birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa muddatli bо‘lib, tez buziladi Bunday 
dastlabki birlashishning birinchi tashkilotchisi tarbiyachidir. Chunki u 
bolalarga birgalikda о‘ynashni taklif etadi. Bolalardan bittasi 
о‘yinchoqlarni yuklasa. ikkinchisi tashiydi, uchinchisi yukni tushiradi. 4-5 
qiz qо‘g‘irchoq bilan «Oila» о‘yinini о‘ynaydi, tarbiyachi esa, ularga 
rollarni taqsimlashda yordam beradi va h.k. 
Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning о‘ziga 
xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va 
boshqasiga, passivroq bolalarni birlashtiradi. 
Ikkinchi 
xususiyat 
bolalar 
jamoasining 
barqaror 
bо‘lishini 
ta’minlashdir. 
Bu 
davrga 
kelib 
bolalar 
ancha 
mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg‘allagan bо‘ladilar. Jamoada 
katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi. 
Birgalikdagi faoliyat jarayonida о‘yin va mehnatdan keng 
foydalaniladi. 
Bu 
bosqichda 
tarbiyachining 
vazifasi 
hamma 
bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot 
о‘tkazayotgan 
jarayonda 
uning 
о‘zi 
hammaga 
kо‘rinib 
turishi va ovozi balandroq va hamma uchun tushunarli bо‘lishi 


kerak. Tarbiyachi shunday mashg‘ulot jarayonida о‘rtoqlarining 
ishini tahlil qilishga jalb etish orqali bolalarni izlanuvchanlikka, 
haqiqatgо‘ylikka о‘rgatadi hamda bolalarning о‘z tengdoshlariga xayrixoh 
munosabatda bо‘lishini ta’minlaydi. 
Bolalyr jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Bolalar о‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi 
haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, 
о‘zining jamoa uchun zarurlyatini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy 
hayotning yoqimli va quvonchli bо‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning 
yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi. 
Bola kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bо‘lib koladi, u boshqa 
bolalar bilan uynashi mehnat qilishi, kelishishi kerak bо‘lsa yon bosishi 
о‘rganib oladi. 
Tarbiyachi har bir bolaning qobiliyatini alohida baholab borishi 
kerak. 
Keyinchalik jamoada hayot tajribasining tо‘plapishi natijasida 
«men», «meniki» tushunchasining о‘rnini «biz», «bizniki» degan 
tushunchalar egallaydi. Bu esa bolalarning о‘zini jamoa a’zosi deb 
tushunib olganidan va о‘z shaxsi manfaatini umumiy maqsadga 
buysundira oladigan davridan boshlanadi. 
Yaxshi о‘rtoq bulish,- bu boshqalar bilan о‘zini bir qatorda qо‘yishi, 
ular tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish, shu bilan birga sen yolg‘iz emassan, 
sen tо‘g‘ringda boshqalar ham о‘ylaydi, senga boshqalar ham g‘amxо‘rlik 
qiladi degan ma’noni anglatadi. 


Bolalar jamoasini shakllantirish uchun ma’lum shart - sharoitlar zarur 
hisoblashadi. Bular:
bog‘cha xodimlarining о‘zaro xamjihat bо‘lishi;
bolalar hayotini tashkil etish; 
о‘yinchoqlarning bolalar yoshiga, qiziqishiga mos kelishi hamda mikdor 
jihatdan ham bolalar soniga tо‘g‘ri kelishi; 
bolalarda 
о‘zaro ahillik, g‘amxurlik, jamoatchilik, insoniylikni 
tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar; 
bolalar uchun har xil qiziqarli faoliyatlarni tashkil etib borish; 
- oila bilan mustahkam aloqa о‘rnatish, 
- bolalarga xulq - atvor meyorlari va qoidalarini о‘rgatib borish. 
- bolalar о‘rtasida ijobiy xayrixohlik muhitini yaratish. 
Demak, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasiga har doim 
katta odam rahbarlik qiladi. Bunda bolalarning harakatlari ma’lum 
tomonga yо‘naltiriladi, boshqariladi. 
Maktabgacha 
tarbiya 
yoshidagi 
bolalarda 

jamoatchilik 
munosabatlarining boshlangich belgilari axloqiy sifatlarning murakkab 
guruhidir. 
Bunga bolalarning dо‘stlashishi, birga о‘ynash va mehnat qilish 
xohishi, qobiliyati, boshqalarning xohishi qiziqishi bilan hisoblashishi, bir-
biriga yordam bera olishi, topshiriqni vijdonan bajarishi, narsa va 
buyumlarni asrashi kabi axloqiy sifatlar majmuasi kiradi. 


Bunday his - tuygu, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy 
yо‘naltirilgan 
hodda 
takllanishiga 
yordam 
boradi, 
bolada 
insonparvarlikning dastlabki namunalari shakllanishiga ta’sir etadi. 
Bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulh-atvor 
qoidalari orasida insonparvarlik muhim о‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi 
axloq meyorlari va qoidalarini о‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun 
bolalarni yaxshi ishlarni qilishga о‘rgatib borish zarur. Tarbiyachi 
kichkina bolalarga ayrim xatti-harakatlarni syujetli о‘yinchoqlar bilan 
о‘ynash orqali kо‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni tengdoshlari 
bilan salomlashishga, hammalarini yangi kelgan kishining salomiga javob 
berishiga odatlantiradi, kasal bolaga xat yozishni, unga rasmlar yuborishni 
yoki telefon qilishni taklif etadi. 
Bogchada bolalarning tug‘ilgap kunlarini nishonlash an’anasi 
о‘zaro munosabatlarga samimiylik kiritadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xarakterning irodaviy 
xususiyatlari о‘z oldiga maqsad qо‘yib, unga erishish uchun esa har 
qanday qiyinchilikni yengib, boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish, biror 
ishdan о‘zinii tiya bilish, ishda dalillikni tarbiyalash zarurdir. 
Bolalarning kayfiyati kо‘p jihatdan bog‘cha va uyda ular hayotining 
tashkil etilishi va mazmuniga bog‘liq. Sog‘lom bola kattalar singari 
о‘zining jismoniy kuchiga va umumiy rivojlanishi darajasiga qarab 
tо‘laqonli yashashga harakat qiladi. U xilma - xil kechinmalar, yangi 
tushuncha va tasavvurlarga tashna bо‘ladi. Buning uchun tarbiyachi 
bolalarni sira ishsiz va mashg‘ulotsiz qoldirmasligi kerak. 


Bog‘cha yoshi davrida ta’lim - tarbiya ishi tо‘g‘ri amalga oshirib 
borilsa, bolalarda avvalo intizomlilikni shakllantirishga yordam beradi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda intizomlilikni va xulq 
madaniyatini tarbiyalashda quyidagi shart - sharoitlar muhim. 
tarbiyachi ota - onalarning xulq madaniyati, ma’naviy yetukligi, obrо‘ 
–e’tibori hamda ularning о‘zaro munosabatlari; 
bolalar yashaydigan xona asbob-anjomlarning tо‘g‘ri joylashtirilishi; 
bolalar guruhida, ularning rivojlanishi, yosh xususiyatiga mos 
bо‘lgan о‘yinchoqlarning yetarli bо‘lishi, tarbiyalashda bolaning 
ongliligiga asoslanishi; 
tarbiyachining 
bolalar 
guruhida 
iltifotlilik 
xarakterini 
shakllantirish, ularni va tozalik hamda ozodalikka о‘rgatib borishi. 
Demak, ta’lim-tarbiya ishini tо‘g‘ri amalga oshirib borilsa, 
bolalarda bunday sifatlarning hammasi muyaaffaqiyatli 
shakllantiriladi. 
Jamoa sо‘zi lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bо‘lib, 
yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh manolarini 
anglatadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi. 
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb 
etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va 
shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr 
pedagogika faniniig rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. 


Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedgagogik 
jihatdan boshqariladigash jarayondir. Jamoaga rahbarlik kilishning asosiy 
vazifasi pedagogik yondoshishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida 
jamoa a’zolarini 
tarbiyalab
, voyaga yetkazishdai iborat. Jamoaning 
tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa 
faoliyagi 
jarayonida 
amalga 
oshiriladi. 
Jamoada 
bolalar 
eng 
avvalo 
muomala 
meyorlarini 
amalda 
о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-xarakatlarini boshqa odamlar manflatlariga 
muvofiq tarzda qо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar. 
Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega 
bо‘lgan 
holda, 
tobora 
rivojlanib 
boruvchi 
tizimdir. 
Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasi bu bolalar bog‘chasidagi jamoa, 
turmush tarzi birgalikdagi faoliyat asosida bir -biriga bog‘lik maqsad, 
manfaat va kechiimalar bilan tarbiyachi rahbarligida birlashgan va 
uyushgan 
bolalar 
guruhidir. 
Maktabcha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh 
tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta – sekin jamoaning axamiyati 
haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat sarflash 
quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida tasavvur 
hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy quvonchli 
kechinmalari birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar jamoasi 
rivojlanishning 
asosidir. 


Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borgapda makabgacha yoshdagi 
bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga quyilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro 
yordam, 
mas’uliyatlilik 
kabi 
xususiyatlar namoyon 
bо‘ladi. 
Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy 
ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish 
uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari о‘zaro 
birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik asosida unga 
rahbarlik qilish va bir biriga bo’ysunish jamoa oldidagi javobgarlik 
asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish 
pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning yetakchi 
tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda ijobiy 
sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror toptirishdan 
iborat. 
Bolalar jamoasi tarbiyachi pedagog hamda bolalardan iborat jamoaning 
murakkab birlashmasi о‘z - о‘zini nazorat. О‘z -о‘zini boshqaruv 
jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, о‘zining psihologik 
muhitiga va an’analariga ega gurux hisoblanadi. Bugungi kunda pedagog 
olimlar (L.I Novikov va boshq.) bolalar jamoasi rivojlanish jarayonini 
tahlil qilar ekan, uni quyidagi uch jihatiga e’tibor boradilar: 
A) 
Jamoani 
dastlabki 
shakllantirish. 
V) Jamoani shakllantirish, uning har bir a’zosini 
individual rivojlantirish

G) 
Tarbiyalanuvchilar 
amaliy 
faoliyatining 
doimiy 
ravishda 


murakkablashib 
borishi. 
Tarbiyachi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan
jamoa a’zolarining ijobiy tajribaga qо‘shish imkonini beradigan о‘zaro 
munosabatlarini shakllantirishga ta’sir etadigan - shakl va metodlardan 
foydalanadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasi mashg‘ulotlarning 
umumiyligi va о‘zaro munosabatlarning muayyan tizimi tufayli birlashgan 
bolalar guruhidir. Uning shakllanishi butun tarbiyaviy jarayonning natijasi 
bо‘lib, tarbiyalanuvchilar hayoti va faoliyatini tо‘g‘ri tashkil etishga 
bog‘liq bо‘ladi. 


Demak, inson xulqidagi ijobiy sifatlardan biri kishilar jamoasiga qо‘shila 
olish va о‘sha jamoa a’zolari orasidan munosib о‘rin olishdir. Bu har bir 
kishidan 
yuqori 
saviya 
va 
odob 

axloqni 
talab 
etadi. 
Kishining odobi, bilimi, jismoniy kamoli, jamoa ichida tez kо‘rina 
boshlaydi. 
Bola yoshligidan boshlab о‘zida 
boshqalar bilan
, bolalar jamoasi bilan 
muloqotga extiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay 
olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. 
Bola 
yashayotgan 
jamoa 
jozibali 
etib 
tashkil 
qilinsa 
bola 
bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa 
jamoa 
- mazmunan boy
, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka 
asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va 
ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Ayniqsa, bolalar tomonidan о‘z - о‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan 
ayrimlari boshqasidan ustun kelishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak. 
Shu bois tarbiyachi bolalarni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini 
nazorat 
qilib 
borishi 
lozim. 
Demak, tarbiyachi bola bilan amalga oshiradigan yakka tarbiyadagi 
ishlarni uyushtirishda ma’lum shart - sharoitlarga rioya qilishi lozim. 
Masalan, yakka tarbiyadagi suxbatlar, mashg‘ulotlar, rasm va kitoblarni 


kо‘rish, didaktik о‘yinlar ertalabki soatlarda, sayrda kechki soatlarda 
о‘tilsa, 
maqsadga 
muvofiq 
bо‘ladi. 
Bolalar bilan kanday ishlar olib borishumumiy rejasida kо‘rsatilishi 
kerak. 
Olib 
borgan 
kuzatishlari 
natija va xususiyatlarini tarbiyachi о‘zining kundalik daftariga yozib 
boradi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin