Oddiy geometrik yasash elementlarini yasash qonun qoidalari



Yüklə 329,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix04.02.2023
ölçüsü329,3 Kb.
#82822
  1   2   3   4
HcHC6KoSAo zEWUYiOWuNEr4KgTTRGay



Oddiy geometrik yasash elementlarini yasash qonun qoidalari. 
O‘qituvchi: S.N.Abdiraxmanov, E.T.Muhammadiyev 
Termiz muhandislik – texnologiya instituti 
Tayanch so‘zlar: Geometrik, burchak, gipitenuza, aylana, vatar, vertikal
gorizontal. 
UMUMIY MA’LUMOTLAR 
Geometrik yasash elementlarini bajarish orqali talaba chizma asboblaridan 
foydalanishni, ularni to‘gʻiri ishlatishni, sozlashni va tekshirishni oʻrganadi. 
Geometrik yasashlar ham masala yechish boʻlib, unda masala javobi grafik usulda 
olinadi. Yasashlar chizma asboblari bilan bajarilib, ulardan anniq va batartib 
foydalanish kerak. Shundagina masala yechimi to‘gʻri va anniq topiladi. 
Ikki chiziqning kesishish nuqtasini aniqlash. Agar kesuvchi chiziqlar oʻzaro 
perpendikular boʻlsa, u holda ularning kesishuv nuqtasi oʻrni aniq topiladi (1-chizma, 
a). Kesishuvchi chiziqlar orasidagi burchakning qay darajada oʻtkir, oʻtmas yoki 
to‘gʻri boʻlishi ularning kesishish nuqtasi oʻrnini shu darajada noaniq yoki aniqligini 
belgilaydi. (1-chizma, b). 
1-chizma (Ikki chiziqning kesishish nuqtasi) 
Ikki nuqta orqali to‘gʻri chiziq oʻkazish. Ikki nuqtani eng qisqa masofada 
tutashtiruvchi to‘gʻri chiziq berilgan nuqtalarning oʻrtasidan oʻtishi shart. Agar chiziq 
nuqtalarga tegmay yoki qisman urinib oʻtsa, biridan oʻtib ikkinchisiga tegmasa,bir 


nuqtaning pastki ikkinchi nuqtaning ustki qismidan oʻtsa, u holda to‘gʻri chiziq 
noto‘gʻri oʻtkazilgan boʻladi. Bunday holatlar chizma asboblaridan to‘gʻri 
foydalanmaslik yoki umuman foydalanishni bilmaslikdan kelib chiqadi. (2-chizma) 
ikki nuqta orqali noto‘gʻri va to‘gʻri oʻtkazilgan to‘gʻri chiziqlar koʻrsatilgan. Lekin 
shunday boʻlsada oddiy koʻz bilan chizma chizishda 0,3mm xatolikka yoʻl qoʻyiladi. 
2-chizma (Ikki nuqta orqali to‘gʻri chiziq oʻtkazish) 

Yüklə 329,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin