Pedagog respublika ilmiy jurnali



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix03.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#124302
  1   2   3
Xo‘jamberdieva Fotima Ne\'matovna



PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 –TOM 2 – SON / 2023 - YIL / 15 - FEVRAL 
www.bestpublication.org
509 
“ONA TILI VA O‟QISH SAVODXONLIGI”  DARSLARIDA MATNLARNI TAHLIL 
QILISH USULI ORQALI O'QUVCHILARNING NUTQINI O'STIRISH 
 
Xo„jamberdieva Fotima Ne'matovna 
Andijon davlat pedagogika instituti magistranti 
 
Annotatsiya: Maqolada o‘quvchilarning fikrlash doirasi, nutqiy kompitensiyasi, so‘z, 
gap va matn o‘qishga o‘rgatish orqali o‘quvchilar nutqini rivojlantirish haqida so‘z boradi. 
Kalit so„zlar  nutq, nutqiy rivojlanish, savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirish, harf, 
bo‘g‘in, tovush, gap, matn, ongli o‘qish, so‘z tarkibi, alifbe davri. 
 
O'qish darslarida o'quvchilar nutqini o'stirish, ularning tafakkur qilish 
faoliyatlarini kengaytirish orqali o'qilayotgsn matinning mazmunini o'zlashtirish imkoni 
yaratiladi.
44
Badiiy matnlarni tahlil qilish usuli orqali o'quvchilarning nutqini o'stirish 
maqsadga muofiqdir. Ma'lumki, so‟zlashuv tili nutq o'stirishning dastlabki bosqichi 
hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So‟zlashuv tili esa o'qilgan matnlarni 
og'zaki hikoya qilishda namoyon bo'ladi. So'zlashuvga o‟rganish barcha darslar
jarayonida amalga oshadi, lekin o'qish darslari yetakchib ahamiyat kasb etishi kerak. 
Kichik-yoshdagi rnaktab o'quvchilaridagi ma'naviy kamolot ona tili orqali 
mujassamlashadi. Ona tili shu jumladan, o'qish va nutq o'stirish ta‟lim-tarbiya 
jarayonidagi eng muhim vositalardandir. 
O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini me'yorlashda, ularning 
mutanosibligini ta'minlashda, milliy tilning tabiati va o'ziga xos xususiyatini 
belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya'ni qiroat 
bilan o'qishning amaliy ahamiyatini o'stirish, adabiy til me'yori va mezonlariga rioya 
qilish, o'qish metodlarini takomillashtirish yo'llarini izlash va eng qulaylarini 
amaliyotga tatbiq qilish zarur. 
Til qonunining ta'limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o'qishga o'rgatishdagi 
usullarni to

g'ri qo‟llash (ko'rgazmalilik, tarqatib beriladigan topshiriqli qog'ozlar bilan 
ishlash yo'llarini bilish) usullari takomillashtiriladi. 
Bolalarning o'z fikr-taassurotlarini ifodalashlari uchun savol-javob nutqni 
egallashlariga ko'proq o'rin beriladi. His-tuyg'uli nutq, fikrni ta'sirli ifoda etish, o'qish 
paytidagi nutq, ertak aytib berishdagi ohang va nutq, hazil-mutoyibadagi nutq 
uyg'unlashishi, o'quvchilarga zavq-shavq bag'ishlashi lozim. 
Bolalarni faollikka o'rgatish uchun ma'nodosh so'zlarni topish o'yinlarini tashkil 
etish, bunday so'zlarni nutqda o'rinli qo'llashni gap tuzishda esa so'zlar orasidagi 
bog'lanishga mos turli o'xshatishlar topish kabi ishlar doimiy ravishda 
o'tkaziladi.Rasmlarga 
yoki 
tasviriy 
vositalarga 
qarab 
gap 
tuzishni 
44
Q.Shodiеva. Nutq o’stirish uslubiyati. Toshkеnt: “O’qituvchi”, 2002. 5- bet. 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin