Pedagogika



Yüklə 139,57 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2022
ölçüsü139,57 Kb.
#75690
  1   2   3   4   5
Lab 2


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA” FAKULTETI
Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi _____- kurs _______ -guruh talabasi _______________________________________ning
Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI



Mavzu: O’quvchichilar jamoasida sinf an’analarini shakllantirish yo’llarining nazariy asoslari.
Topshirdi: ___________________________
Qabul qildi: ____________________________


Reja

Kirish

I BOB. O’quvchichilar jamoasida sinf an’analarini shakllantirish yo’llarining nazariy asoslari.
1.1 O’quvchi ta’lim-tarbiya jarayonida sinf an’analarining o’rni.
1.2 O’quvchi jamoasiga sinf an’analari bo’yicha nazariy bilim berish.
II bob. O’quvchilar jamoasida sinf an’analari shakillantirishning shakillari va usullari.
2.1. O’quvchiga milliy qadriyat asosida sinf an’analarini singdirish .
2.2. O’quvchi jamoasida sinf an’analarini o’rgatishni keskin yo’naltirish
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


MUNDARIJA

Kirish………………………………………………………………………….4


I BOB. O’quvchichilar jamoasida sinf an’analarini shakllantirish yo’llarining nazariy asoslari……………………………………………………………………6


1.1 O’quvchi ta’lim-tarbiya jarayonida sinf an’analarining o’rni……………6
1.2 O’quvchi jamoasiga sinf an’analari bo’yicha nazariy bilim berish……….14
II bob. O’quvchilar jamoasida sinf an’analari shakillantirishning shakillari va usullari…………………………………………………………………………….23
2.1. O’quvchiga milliy qadriyat asosida sinf an’analarini singdirish …………23
2.2. O’quvchi jamoasida sinf an’analarini o’rgatishni keskin yo’naltirish…..28
III. Xulosa…………………………………………………………………….38
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………39

Kirish


O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko’zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma`naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo’lda bizga doimo mash`ala bo’ladigan, yo’limizni charog’on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari bor. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. Yurtimizda buyuk rejalar va bunyodkorlik ishlari tarixiy an’ana va tajribalarga asoslanib, aql-u idrok bilan amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda yurtboshimiz I.A.Karimovning “Shuni aytishimiz lozimki, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda”1 degan fikrlarini eslatishni o’rinli deb hisoblaymiz. Har bir xalqning ta’lim –tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik fikr taraqqiyotiga xizmat qilib, bola tarbiyasi haqidagi tasavvur va qarashlarni ifodalaydi. Har bir ota-ona o’z farzandini barkamol bo’lishini istaydi. Shuning uchun ham xalqimizda “Farzandlar kamoli – ota-ona jamoli” degan naql bor. Huddi mana shu narsa, ota-onalarning orzu-umidi ham, an’ana sifatida avloddan-avlodga o’tib keladi. Dunyodagi har bir millatning, shu jumladan, o’zbeklarning ham aqliy-ruhiy qiyofasi, ya’ni milliy mentaliteti, o’ziga xos tarixiy–etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo’lgan munosabati ham turlicha bo’lishi shubhasiz. Zero, milliy o’ziga xosliklar uzoq tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar tabiiy geografik o’rnashuv, o’zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy-psixologik qarashlari negizida qadimiy an’analar, urf-odatlar va marosimlar shakllanadi.Shu ma’noda hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning samaradorligi ta`lim, shaxs ma`naviyati hamda uning yuksak kasb mahoratiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da salohiyatli kadrlarni tayyorlash, ularni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tarbiyalash muhim masala sifatida olg’a surildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`lim sohasidagi islohatlarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan: “Kelajak bugundan boshlanadi, hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz! Ma`naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi. Zero, bugungi yosh avlodga o’tmishimiz kim ekanligini anglatish, biz kimning avlodi ekanligimizni yetkazish eng dolzarb masalalardan biridir”1, deb ta`kidlaydi va bugungi kunda jamiyatning yangilanishi, hayot taraqqiyoti va istiqboli barcha sohadagi islohatlar samaradorligi yuqori malakali ongli mutaxassislar tayyorlashga bog’liq ekanligini alohida uqtirib o’tadi.
Mustaqil O’zbekistonda yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirishga o’ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O’zlikni anglash va ma`naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy ma`naviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e`tirof etdi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” kitobida ulug’ ajdodlarimizning jahon fani, madaniyati, ma`naviyati ravnaqiga qo’shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida ta`kidlanganligi bejiz emas. Chunki, mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yosh avlodga vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga muhabbatni, o’z yaqinlariga mehribonlikni, tanlagan yo’li–kasbi, maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod mahsulidir.
Hozirgi kunda Respublikamizda milliy qadriyatlarni o’rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Sababi boy milliy qadriyatlarimiz tarixini o’rganmay turib, ularning bugungi holatini tahlil qilish va kelajagi haqida fikr yuritish qiyindir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko`p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy ma`naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo`lganlari qadriyat deyiladi.

Yüklə 139,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin