“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-1, January - 2023
105
G‘AZZOLIYNING FALSAFIY-AXLOQIY QARASHLARINING BUGUNGI
KUNDAGI AHAMIYATI
Ramatov J.S.
Toshkent davlat transport universiteti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri
Eldor Tuxtaboyev
Toshkent davlat transport universiteti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi о‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Imom G‘azzoliy ijodini
falsafiy jihatlarini
tadqiq etish nafaqat hozirda balki, istiqbolda shu sohadagi olib borilishi lozim bo‘lgan
ilmiy izlanishlarni samarali davom ettirishda muhim ahamiyatga ega. G‘azzoliyning
falsafiy qarashlari uning barcha asarlarida ifodalangan. Jumladan uning “Faylasuflar
ixtiloflari”, “Tahofut ul-falosifa” (“Faylasuflarni rad etish”), “Kimyoi saodat”
(“Saodat kimyosi”), “Ixyo ulum ad-din” (“Diniy ilmlarni tiriltirish”), “Mukoshafat ul
qulub” kabi asarlarida falsafiy masalalar islom ilohiyoti nuqtai-nazaridan ma’lum bir
tizimga solingan. G‘azzoliyning falsafiy qarashlari asosan an’anaviy sun’iylik va
so‘fiylik ideallari bilan uyg‘unlashtirilgan holda ta’rif va tasnif etilgan.
Kalit so’zlar: G‘azzoliyning falsafiy qarashlari, G‘azzoliyning “Bosit, kasbiy
mahorat, “Vojiz”, ekstremal kasbiy kompitentlik
KIRISH. Imom G‘azzoliy ijodini falsafiy jihatlarini
tadqiq etish nafaqat
hozirda balki, istiqbolda shu sohadagi olib borilishi lozim bo‘lgan ilmiy izlanishlarni
samarali davom ettirishda muhim ahamiyatga ega. G‘azzoliyning falsafiy qarashlari
uning barcha asarlarida ifodalangan. Jumladan uning “Faylasuflar ixtiloflari”,
“Tahofut ul-falosifa” (“Faylasuflarni rad etish”), “Kimyoi saodat” (“Saodat kimyosi”),
“Ixyo ulum ad-din” (“Diniy ilmlarni tiriltirish”), “Mukoshafat ul qulub” kabi
asarlarida falsafiy masalalar islom ilohiyoti nuqtai-nazaridan ma’lum
bir tizimga
solingan. G‘azzoliyning falsafiy qarashlari asosan an’anaviy sun’iylik va so‘fiylik
ideallari bilan uyg‘unlashtirilgan holda ta’rif va tasnif etilgan.
Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliy 1111 yilda vafot etadi.
G‘azzoliy bor- yo‘g‘i 53 yil umr ko‘rdi. Ammo shu umri davomida yuzga yaqin asar
yozib qoldirdi. Bu asarlar tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh, tasavvuf olimlari uchungina
emas, ilm o‘rganishni istagan barcha insonlar uchun ham qimmatlidir . G‘azzoliyning
“Bosit”, “Vojiz”, “Vosit”, kabi asarlari faqihlar; "Qavoid al-Aqoid", "Ar risolat al-
Qudsiya", "Al-Iqtisod fi’l-E’tiqod" singari kitoblaridan tafsirchilar,
kalom ilmining
olimlari; “Ihyo ulum ad-din”, “Kimiyoi saodat”, “Mukoshafat ul-qulub”