Fosfor
Uch xil allotropik ko’rinishda bo’ladi: Poq (zaharli); Pqizil va Pqora ; oq fosfor molekulyar; qizil va qora fosfor atom kristall panjaralar hosil qiladi.
Bu allotropik shakl ko’rinishlaridan qizil fosfor eng barqaroridir. U normal atmosfera bosimida 4170С gacha barqaror. Qizil fosfor karkasli kristall tuzilishga ega bo’lib, har bir atom uchta boshqa fosfor atomi bilan kovalent bog’langan bo’ladi:
Oq fosfordan “tutun parda” hosil qilishda foydalaniladi.
Oq fosfor uzoq vaqt saqlanganida qizil fosfor hosil bo’ladi yoki oq fosforni havosiz joyda 2500C (I2, Se va boshqalar ishtirokida) qizdirib ham qizil fosfor olish mumkin:
Poq Pqizil + 4 kkal
Temperatura 2500C dan oshganda qaytar jarayon boradi. Qizil fosfor polimer modda bo’lib uglerod sulfidda erimaydi. Oq fosforga nisbatan kam zaharli. Qizil fosfor qizdirilganda suyuqlanmasdan 4230C da bug’ holiga o’tadi (sublimatlanadi). U yana zichlashib, oq fosforni hosil qiladi. Oq fosfor molekulyar tuzilishli bo’lib, har bir molekulasida to’rtta fosfor atomi kovalent bog’lanib, tetraedrik tuzilish hosil qiladi:
Oq fosfor 440C da rangsiz suyuqlik hosil qilib suyuqlanadi. Oq fosforning qaynash temperaturasi 2870C . U xona temperaturasida sarimsoq hidli bug’lar hosil qiladi. 1000C da suv bug’lari bilan haydaladi. Fosfor bug’larining tarkibi P4 formula bilan ifodalanadi. 8000C da 1%, 12000C da taxminan 50% dissotsilanadi. P2 molekulalari 20000C dan yuqori temperaturada erkin P atomlariga dissotsilanadi. Oq fosfor uglerod sulfidda, PCl3 va PBr3 da va yog’larda oson eriydi, suvda va spirtlarda erimaydi. Oq fosfor eritmalarida P4 molekulalari bo’ladi. Oq fosfor juda zaharli bo’lib, uning 0,15 grammi odamning o’limiga olib keladi. Oq fosfor 2000C va 12000 atm bosimda qizdirilganda qora fosfor hosil bo’ladi.
U tashqi ko’rinishidan grafitga o’xshaydi. Qora fosfor qavat-qavat (qat-qat) kristall tuzilishli modda:
Qora fosfor elektr tokini o’tkazadi. U inert modda bo’lib, 4900C da alangalanadi.
589,50C da va 43,1 atm bosimda qizil fosfor, suyuq fosfor va fosfor bug’lari bir-birlari bilan muvozanat holatida bo’ladi. Oq va qora fosforlar metastabil (beqaror) monotroplardir. Oddiy moddalarning bir necha allotropik shakl ko’rinishlaridan faqat bittasi barqaror bo’lish xodisasi monotropiya deyiladi. Ba’zi manbalarda qora fosfor eng barqaror modifikatsiya deyilgan. Bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Chunki oq fosfor qizil fosforga nisbatan 4 kkal ko’p energiya saqlaydi. Qora fosfor esa oq fosforni 2000C da qizdirib olinadi. Qora fosfor oq fosforga nisbatan ham ko’proq energiyaga ega. Shuning uchun oq va qora fosforlar qizil fosforga nisbatan beqarordir.
Oq fosfor → qizil fosfor → qora fosfor qatorida ularning kimyoviy (reaksion) aktivligi kamayib boradi.
Fosforning olinishi
Ca3(PO4)2 + 3SiO2 + 5C →3CaSiO3 + 2P + 5CO
Fosforning xossalari
Oddiy moddalar bilan reaksiyasi
Fosfor azot bilan bevosita reaksiyaga kirishmaydi.
P4 + 5O2 → 2P2O5 (oq fosfor lyuminessensiyalanadi.)
P4 + 6Ca 2Ca3P2
P4 + 6Cl2 → 4PCl3; P4 + 10Cl2 → 4PCl5
P4 + 6S → 2P2S3 ; P4 + 10S → 2P2S5
Murakkab moddalar bilan reaksiyalari
P4 + 16H2O 4H3PO4 + 10H2 ↑
P4 + 3KOH+ 3H2O → PH3 + 3KH2PO2
16P(oq) + 15CuSO4(eritma) + 24H2O = 5Cu3P2 + 15H2SO4 + 6H3PO4
Bu reaksiyadan fosfordan zaharlanishning oldini olishda foydalaniladi.
6P + 5KClO3 → 5KCl + 3P2O5 (reaksiya kuchli portlash bilan boradi).
3P + 5HNO3 suyul + 2H2O = 3H3PO4 + 5NO↑
P + 5HNO3 kons = H3PO4 + 5NO2↑ + H2O
2P + 5H2SO4 kons = 2H3PO4 + 5SO2↑ + 2H2O
8P + 3Ba(OH)2 + 6H2O = 2PH3↑ + 3Ba(H2PO2)2
8P + 10NH4ClO4 → 8H3PO4 + 5N2 + 5Cl2 + 8H2O
P4 + 10N2O → P4O10 + N2
Fosforning ishlatilishi
Qizil fosfor –gugurt qutisining yon tomoniga surtiladi.
Qora fosfor grafit kabi elektr tokini o’tkazuvchi sifatida ishlatiladi (zaharsiz).
Oq fosfordan “tutun pardalar” hosil qilishda foydalaniladi.
Fosfordan GaP, InP kabi yarim o’tkazgichlar tayyorlanadi.
Fosfin (PH3)
Fosfin-yoqimsiz rangsiz gaz. PH3 molekulasi tugallanmagan tetraedrik [:PH3] tuzilishli bo’lib, fosfor atomlari sp3 gibridlangan holatda bo’ladi. Suvda erimaydi va suv bilan reaksiyaga kirishmaydi (NH3 dan farqi). Kuchli zaharli modda. HI bilan birikadi.
Fosfinning olinishi
P4 + 6H2 4PH3. (sassiq sarimsoq hidli gaz).
Ca3P2 + 6H2O → 3Ca(OH)2 + 2PH3 ↑
PH4Cl + NaOH → NaCl + H2O +PH3 ↑
2P2O3 + 6H2O PH3 + 3H3PO4.
Fosfinning xossalari
PH3 + HCl → [PH4]+Cl - (suvsiz muhitda).
PH4Cl → HCl + PH3 ↑ (suvda).
PH3 + 2O2 H3PO4 (PH3 havoda o’z-o’zidan alangalanadi)
4PH3 + 4O2 P2O5 + 3H2O
PH3 + 8AgNO3 + 4H2O = H3PO4 + 8Ag + 8HNO3
PH3 + HClO4 → PH4ClO4
PH3 + 8HNO3 kons = H3PO4 + 8NO2↑ + 4H2O
Fosfin kuchli kislotalar bilan fosfoniy tuzlarini hosil qiladi, ularnig termik dissotsilanish (parchalanish) temperaturasi quyidagi qatorda chapdan o’ngga o’tganda kamayadi:
P4 + 5O2 →2P2O5 (molekulasi P4O10 formulaga ega).
P2O5 – kislotali oksid bo’lib, oq rangli, gigroskopik modda. Termik barqaror. Qattiq va gazsimon holatda dimer P4O10 holida bo’lib, 4 ta tetraedrlardan tuzilgan [O = P(O3). Yuqori haroratda monomer P2O5 ko’rinishda bo’ladi. Shishasimon (P2O5)n holati ham ma’lum. P2O5 kuchli gigroskopik moddadir.
Fosfor (V) oksidi bug’larining tahlili uning P4O10 tarkibga ega ekanligini ko’rsatdi. Qattiq holatda fosfor (V) oksidi (P2O5)n tarkibga ega bo’lib, u uch xil kristall modifikatsiya hosil qiladi. Ulardan birinchisi 4000C gacha yopiq idishda qizdirilsa
tuzilishga o’tadi. Bu shakl ham 4500C da yopiq idishda qizdirilsa ikkinchi polimer shakl hosil bo’ladi:
Fosfor oksidlarining xossalari
Oddiy moddalar bilan reaksiyasi
2P4O6 →2P (qizil fosfor) + 3P2O4
P2O3 + 3H2O = 2H3PO3; P2O3 + 4NaOH = 2Na2HPO3 + H2O
P2O3 + O2 P2O5
Suv bilan reaksiyasi
P2O3 + 3H2O → 2H2PHO3 (sovuq suvda). Fosfit kislota.
2P2O3 + 6H2O PH3↑+ 3H3PO4
P2O5 + H2O 2HPO3 (metafosfat kislota)
P2O5 + 2H2O H4P2O7 (pirofosfat kislota)
P2O5 + 3H2O 2H3PO4 (ortofosfat kislota)
2P2O5 + 3HCleritma = POCl3 + 3HPO3
P2O5 juda kuchli gigroskopik modda:
P2O5 + 2HNO3 (tutovchi) = 2HPO3 + N2O5 (00C)
P2O5 + 2HClO4 (suvsiz) = 2HPO3 + Cl2O7 (-250C)
Fosforning kislotalari
Kislotalarda fosfor +5, +4, +3 va +1 oksidlanish darajalariga ega. Kislotalarida fosforning valentligi har doim V ga teng.
Ularning tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Fosfit kislota (H2[HPO3]) ikki (negizli) asosli, gipofosfit kislota (H2[HPO3]) bir (negizli) asosli kislota. To’rtala kislota ham, o’rtacha kuchli, suvda yaxshi eriydi. Ularning hammasi ham erkin holda mavjud bo’lib, rangsiz qattiq moddalardir.
Gipofosfit kislota ishqor eritmasida fosforning disproporsionirlanishidan olinadi. Fosfit kislota PCl3 gidrolizlanganda hosil bo’ladi.
Fosfat kislota
Olinishi
P4O10 + 6H2O → 4H3PO4
P4 + 16H2O 4H3PO4 + 10H2 (Liliyenrot usuli)
PCl5 + 4H2O → H3PO4 + 5HCl; 4H3PO3 → 3H3PO4 + PH3↑
Ca3(PO4)2 + 6H2SO4 → 3Ca(HSO4)2 + 2H3PO4
Toza holdagi H3PO4 da va uning suvli eritmalarida vodorod bog’lanishlar hosil bo’ladi. Bunda bitta vodorod bog’ ichki molekulyar, qolgan ikkita proton esa ikkinchi molekuladagi kislorod atomlari bilan molekulalararo vodorod bog’ hosil qiladi:
Suyultirilgan suvli eritmalarda fosfat kislota asosan birinchi bosqich bo’yicha dissotsilanadi, ammo bu eritmaga ishqorlar ta’sir ettirilganda digidrofosfatlar, gidrofosfatlar va fosfatlar hosil bo’ladi. Fosfatlaridan faqatgina ishqoriy metallarning fosfatlari suvda yaxshi eriydi. Gidro va digidrofosfatlar fosfatlariga nisbatan suvda yaxshiroq eriydi. Eritmada fosfatlar kuchli gidrolizlangan bo’ladi:
PO + H2O ↔ HPO + OH-
PO ioni tetraedrik tuzilishga ega. Suv kam miqdorda bo’lganda bu tetraedrik ionlar (anionlar) bir-biri bilan birikib, chiziqli, siklik yoki murakkab to’rli polimer tuzilishlar hosil qiladi.
Pirofosfat kislota
2H3PO4 H4P2O7 + H2O; 8H3PO4 + P4O10 → 6H4P2O7
Pb2P2O7 + 2H2S → 2PbS + H4P2O7; 2Na2HPO4 Na4P2O7 + H2O
Metafosfat kislota
H4P2O7 2HPO3 + H2O↑; H2SO4 + P2O5 SO3 + 2HPO3
Metafosfat kislota kuchli kislota bo’lib, uning tuzlari gidrolizlanmaydi.
Fosfit kislota
PCl 3 + 3H2O → H3PO3 + 3HCl
H3PO3 + 2AgCl → HPO3 + 2Ag + 2HCl (fosfit kislota —qaytaruvchi)
2H3PO3 + O2 → 2H3PO4 (havoda sekin oksidlanadi).
H3PO4 ning xossalari
Muhim reaksiyalari
H3PO4 H4P2O7 HPO3
H3PO4 + H2O ↔ H2PO + H3O+ (pH <7)
H2PO + H2O ↔ HPO + H3O+ (kam darajada boradi)
HPO + H2O ↔ PO + H3O+ (amalda bormaydi)
H3PO4 Ca3(PO4)2↓, CaHPO4↓, Ca(H2PO4)2↓
2H3PO4 (suyul) + 3Mg = Mg3(PO4)2↓ + 3H2 (50-800C)
3H3PO4 (suyul) + 4Fe = FeHPO4↓ + Fe3(PO4)2↓ + 4H2↑
2H3PO4 + 3CO + 6Ag+ = 2Ag3PO4 ↓ + 3CO2↑ + 3H2O (sifat reaksiya)
sariq
2H3PO4 H4P2O7 + H2O
H3PO4 + NaOH → Na2HPO4 yoki NaH2PO4. Reaksiya suvli muhitda boradi. Eritmadan Na3PO4 ni olib bo’lmaydi, chunki PO43- kuchli gidrolizlanadi:
PO43- + H2O ↔ HPO42-+ OH-
Fosfat kislota va tuzlarining ishlatilishi
Fosfat kislota po’lat buyumlarni korroziyadan himoyalashda ishlatiladi. Chunki fosfat kislota po’lat tarkibidagi temir bilan reaksiyaga kirishib, kimyoviy jihatdan inert bo’lgan FePO4 –tarkibli parda hosil qiladi.
Fosfat kislota fosforli o’g’itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 → Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4 —oddiy superfosfat
Ca(H2PO4)2 —qo’sh superfosfat.
(NH4) H2PO4 — ammofos.
Polifosfatlar suvni yumshatishda kationitlar sifatida ishlatiladi.
V A guruhcha elementlari qiyosiy xossalari: PG3, AsG3, EG3 tarkibli galogen angidridlari 2 xil kislota hosil qilib gidrolizlanadi:
NF3 + 2H2O = HNO2 + 3HF; NCl3 + 3H2O → NH3 + 3HClO
PCl3 + 3H2O → H3PO3 + 3HCl; AsCl3 + 3H2O ↔ H3AsO3 + 3HCl
EG3 + 4H2O → H3EO4 + 5HG ( E = P, As)
2SbCl5 + (5+x)H2O → Sb2O5 ∙ xH2O ↓ + 10HCl
PCl5 gidrolizi ikki bosqichda boradi:
PCl5 + H2O (nam) → POCl3 + 2HCl (oq tutun)
POCl3 + 3H2O → H3PO4 + 3HCl
PCl5 + 8NaOHsuyul → Na3PO4 + 5NaCl + 4H2O
SbG3, BiG3 lar gidrolizlanganda oksotuzlar hosil bo’ladi:
ECl3 + H2O ↔ EOCl + 2HCl ( E = Sb, Bi)
NG3 dan tashqari EG3 va EG5 lar kompleks hosil qilishga moyil. Ular (ya’ni EG3 lar) ishqoriy metallarning galogenidlari bilan Me2[EIIIG5], Me[EIIIG4] va Me[EVG6] tarkibli komplekslar hosil qiladi.
Oksidlari. Azot uchun +1 dan +5 gacha oksidlari, P, As, Sb, Bi lar uchun +3 va +5 oksidlanish darajalariga ega bo’lgan oksidlari ma’lum. N2O4 dan tashqari barcha oksidlar zaharli. Oksidlari deyarli suvda erimaydi.
NO dan tashqari azotning barcha oksidlari, E2O5 (E = As, Sb, Bi) lar termik beqaror. N2O3 va N2O5 lar xona temperaturasida parchalanadi. Qolgan oksidlar ozgina qizdirilganda parchalanadi. E2O5 oksidlarning barqarorligi As dan Bi ga o’tganda kamayadi.
N2O3 ↔ NO + NO2; P4O6 (P2O4)n + Pqizil ; n = 2,3,4,5,6
2N2O5 → 4NO2 + O2; As2O5 As2O3 + O2
2N2O 2N2 + O2; Bi2O5 Bi2O3 + O2
2NO2 2NO + O2
HNO3 yorug’lik ta’siriga va qizdirilganda beqaror:
4HNO3 4NO2 + 2H2O + O2
H3PO2, H3PO3, H3AsO3 lar kuchli qaytaruvchilardir. H3PO2 ning qaytaruvchilik xossasi H3PO3 ga nisbatan kuchliroq. HNO2, H3PO2 va H3PO3 lar qizdirilganda disproporsionirlanadi:
3HNO2 HNO3 + 2NO + H2O; 3H3PO2 PH3 + 2H3PO3
4H3PO3 PH3 + 3H3PO4
Gipofosfit va fosfit kislotaning kimyoviy xossalari
H3PO2 + 2Zn + 2H2SO4 → 2ZnSO4 + PH3 + 2H2O
3H3PO2 + 4BiCl3 + 6H2O → 3H3PO4 + 4Bi + 12HCl
H3PO3 + 3Zn + 3H2SO4 → 3ZnSO4 + PH3 + 3H2O
H3PO3 + HgCl2 + H2O → H3PO4 + Hg + 2HCl
Tuzlarining parchalanishi:
NH4NO3 N2O + 2H2O
2NH4NO3 2N2 + O2 + 4H2O
Fosfatlarning parchalanishi:
NaH2PO4 NaPO3 + H2O
2Na2HPO4 Na4P2O7 + H2O
Uchlamchi fosfatlaridan faqatgina (NH4)3PO4 parchalanadi:
(NH4)3PO4 3NH3 + H3PO4
Nitritlar va suvda eriydigan fosfatlar suvli eritmalarda gidrolizlanadi. Ishqoriy metallarning birlamchi fosfatlari suvdagi eritmalari kislotali, ikkilamchi fosfatlari suvli eritmalari kuchsiz kislotali va uchlamchi fosfatlarining suvli eritmalari esa kuchli ishqoriy muhitga ega bo’ladi:
PO + H2O ↔ HPO + OH-, pH > 7
HPO + H2O ↔ H2PO + OH-, pH > 7
H2PO + H2O ↔ H3PO4 + OH-, pH < 7
Ishqoriy metallarning birlamchi fosfatlari suvli eritmalarida muhitning kislotali bo’lishi < bilan tushuntiriladi.
Mishyak ham fosforniki kabi kimyoviy xossalarga ega.
Biologik materiallardagi mishyakni aniqlash uchun Marsh reaksiyasidan foydalaniladi.
As2O3 + 6Zn + 12HCl → 2AsH3 + 6ZnCl2 + 3H2O
2AsH3 = 2As + 3H2 Qora rangli mishyakli ko’zgu
Vismut
Vismutning elektron konfigutarsiyasi: ... 6s26p36d10 bo’lib, birikmalarida asosan +3, kam hollarda +5 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Vismut erkin holda oson suyuqlanuvchan, aktivligi past metall bo’lib, odatdagi sharoitda kislota va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Vismut (V valentli) gidrid hosil qilmaydi. Vismutning 2 xil Bi2O3 va Bi2O5 oksidlari ma’lum. Yuqori oksidi Bi2O5 PbO2 ga nisbatan beqaror. Bi2O3 kuchli ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, vismutatalar hosil qiladi:
Bi2O3 + 6NaOH + 2Cl2 = 2NaBiO3 + 4NaCl + 3H2O
Yoki Na2O2 bilan Bi2O3 arlashmasi suyuqlantirilganda ham vismutatlar hosil bo’ladi:
Bi2O3 + 2Na2O2 = 2NaBiO3 + Na2O
Vismutatlar suvda erimaydi. Ular kuchli oksidlovchilik xossasiga ega:
Mn+2 + 5NaBiO3 + 14H+ = 2MnO + 5Bi+3 + 7H2O + 5Na+
Vismut trigalogenidlari suvda yaxshi erimaydi. Ammo ularga suv ta’sir ettirilganda kuchli darajada gidrolizga uchraydi. Pentagalogenidlaridan faqatgina BiF5 ma’lum. Vismut birikmalari gidrolizlanganda gidrokso emas balki, oksokationlar hosil bo’ladi:
BiO vismutil kationi nafaqat eritmada, balki kristall holida ham tuzlarida mustaqil kation (BiOCl, BiONO3) ko’rinishida mavjud bo’la oladi.
Fosfor. Suyak va tishlarning asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Fermentlar tarkibiga kirib, ichki a’zolar va miya faoliyatida ishtirok etadi. Fosforli birikmalar ayrim oqsil va yog’lar tarkibiga kiradi. Barcha turdagi moddalar almashinuvida qatnashadi. Kislotali ishqoriy muvozanatni saqlaydi. Ichakda ovqatni so’rish jarayonida qatnashadi. No’xat, olcha, shivit, sarimsoq piyoz, boshoqlilar va dukkaklilarda ko’p bo’ladi.
O’g’itlar
O’simliklarning oziq moddalarini 2 guruhga bo’lish mumkin. Birinchisiga o’simliklar uchun ko’p miqdorda zarur bo’lgan – azot, fosfor va kaliy kabi makroelementlar , ikkinchisiga esa o’simliklar uchun mikrodozada kerak bo’ladigan mikroelementlar – yod, bor, mis, kobalt, temir, marganes, molibden, rux va boshqalar kiradi.
Bulardan tashqari o’simliklarning sog’lom o’sishi uchun ularga kalsiy, magniy va oltingugurt ham zarur.
O’g’itlar ikki xil bo’ladi: 1) mineral o’g’itlar va 2) mahalliy (organik) o’g’itlar.
Mineral o’g’itlar ham o’z navbatida oddiy va kompleks (murakkab, qo’sh) o’g’itlarga bo’linadi.
Oddiy o’g’itlar tarkibida bitta oziq modda bo’ladi. Masalan; NaNO3, KCl va h.z. Murakkab o’g’itlar tarkibida ikki yoki undan ortiq oziq modda bo’ladi. Masalan; KNO3, ammofoslar va h.z.
Azotli o’g’itlar : Azotli o’g’itlarga NaNO3 (chili selitrasi); KNO3 ( hind selitrasi); Ca(NO3)2 (norvegiya selitrasi); NH4NO3 (ammoniyli selitra); NH3, CO(NH2)2 (mochevina) va boshqalar kiradi.
Azotli o’g’itlarning turi va ularning ba’zi fizik kattaliklari
O’g’it nomi
Agregat holati
Asosiy komponent
Azotning massa ulushi, %
Ammoniyli selitra
Kalsiyli selitra
Ammoniy sulfat
Ammoniy xlorid
Karbamid (mochevina)
Ammiak suvi
Suyuq o’g’itlar
qattiq
qattiq
qattiq
qattiq
qattiq
suyuq
suyuq
NH4NO3
Ca(NO3)2
(NH4)2SO4
NH4Cl
CO(NH2)2
H3N
H3N+NH4NO3+ H2O
34-34,8
15,5 dan ko’proq
20,5-20,8
24-25
46 dan ko’proq
16,5-20,8
37- 41
Ko’p tarqalgan azotli o’g’itlardan biri ammoniy sulfat (NH4)2SO4 dir. Ammoniy sulfat o’g’iti tuproqqa solinganda birdaniga ikkita muammo hal etiladi:
1) uning ishlatilishi tuproqdan ortiqcha kalsiyning yo’qotilishiga olib keladi;
2) pH qiymati yuqori bo’lgan tuproqning pH qiymati kamaytiriladi.
Tuproqlarning kislotaligini kamaytirish uchun tuproqqa kalsiy karbonat (CaCO3) qo’shiladi. Sharoitga qarab CaCO3 o’rniga KNO3 yoki NaNO3 ishlatish mumkin.
Fosforli o’g’itlar. Fosforli o’g’itlar fosfatli minerallardan, Masalan; apatitdan olinadi. Biroq fosfatli minerallar suvda erimaydi. Shuning uchun fosfatli o’g’itlar konsentrlangan sulfat kislota bilan qayta ishlanib, suvda eriydigan kalsiy digidrofosfatga aylantiriladi:
Qo’sh superfosfat olish uchun fosfat mineraliga fosfat kislota (H3PO4) bilan ishlov beriladi:
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 = 3Ca(H2PO4)2
qo’sh superfosfat
H3PO4 + Ca(OH)2 = CaHPO4 ∙ 2H2O
pretsipitat
Keng tarqalgan fosforli kompleks o’g’itlarga quyidagilar kiradi:
ammofos NH4H2PO4 (44% P2O5, 11% N)
diammofos (NH4)2HPO4 (49% P2O5, 19% N)
Kaliyli o’g’itlar. Kaliyli o’g’itlar tabiiy minerallar qoldiqlaridan masalan; silvin va karnallitdan olinadi. Kaliy asosan tuproqqa KCl holida kiritiladi.
Elementlarning o’simliklar organizmiga ta’siri
Azot oqsil tarkibiga kiradi. Azot yetishmovchiligi natijasida yashil massa hosil bo’lishi to’xtaydi va o’simlik yomon o’sadi, barglari sarg’ayadi. Azotli o’g’itlar o’simliklarga ayniqsa bahor faslida juda zarur.
Fosfor nuklein kislotalar tarkibiga kirib, ular oksidlanish – qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi. Fosfor asosan reproduktiv organlar (gul va meva) ning o’sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Kaliy fotosintez jarayonini tezlashtiradi va uglevodlar to’planishiga ta’sir qiladi.
Yuqorida ko’rsatilgan makro va mikroelementlar tuproqdagi eritmalardan o’simliklarga NH , NO , K+, H2PO , Fe+3, Cu+2 va boshqa ko’rinishlarda o’zlashtiriladi.