Estetika yunoncha aisthetikos– so`zidan «estetika» (olmoncha «estetika»- iborasidan olingan bo`lib, “his qilish”, “sezish”, “his etiladigan”, “his qilinadigan” singari ma`nolarni anglatadi.
Estetika yunoncha aisthetikos– so`zidan «estetika» (olmoncha «estetika»- iborasidan olingan bo`lib, “his qilish”, “sezish”, “his etiladigan”, “his qilinadigan” singari ma`nolarni anglatadi.
Estetika atamani birinchi bor fanga buyuk olmon faylasufi aleksandr baumgarten (1714-1782) o`zining “poetik asarning ba`zi bir masalalari tog`risdagi falsafiy mulohazalar” asarida istemolga olib kirgan. Aleksandr baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Evropada XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mustaqil fan sifatida shakllana boshlagan.
. U boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda xulosaga kelgan edi. Laybnis inson ma’naviy olamini uch sohaga - aql-idrok, ixtiyor-iroda, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o‘rganadigan fan-mantiq, ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa axloqshunoslikning (etikaning) falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq hissiyotni o‘rganadigan fan falsafiy maqomdagi o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos-«oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «yestetik»-«eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi
Aleksandr Baumgarten
Estetika – insonning voqelikka estetik munosabatlari va inson badiiy rivojining umumiy qadriyatlari to’g’risidagi fan deb ta’rif bergan (Erkin Umarov).
Estetika – insonning his tuyg’u bilan voqelikni go’zal va xunik tomonlarini anglashni umumiy qonuniyatlarini va ularning ijtimoiy ahamiyatini o’rganish to’g’risidagi fandir. (Bu ta’rif ko’p adabiyotlarda uchraydi)