Bolalar psixologiyasi - psixologjya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davriari bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘iganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilgandan yetuklik davrigacha inson. psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin ta' kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go‘dak!ikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: “ yosh “, “bolalik”, “taraqqiyot”, “o‘sish”, “determinizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”. Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat tipi’, va boshqa bir qator tushuncha lami kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o‘rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning kategoriyalarini o‘zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz:
Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug‘ilgandan o‘smirlikkacha bo‘lgan davrni belgilash uchun) qo‘llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko‘ra