Ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga berilladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa, u kamayadi.
2.
Qarzga olina-digan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi
Aniqrog‘i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko‘p foyda keltirsa, yoki iste’molchi ehtiyojini to‘laroq qondirsa, foiz yuqori bo‘ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi.
3.
Qarzni to‘lash muddati va sharti
Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta kichik-kichik qismlarga bo‘lib, bemalol qaytarish mumkin bo‘lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko‘radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko‘rish mumkin va shu hisobdan foiz to‘lash engil bo‘ladi.
4.
Qarzning qan-day pul bilan berilishi
Agar qarz erkin konvertirlangan valutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valutada berilsa, foiz nisbatan past o‘rnatiladi. Konvertirlangan pul obro‘-e’tiborli bo‘lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaqin daromad ko‘rish mumkin.
5.
Inflatsiya darajasi
Inflatsiya yuz bersa, qarzga beriladigan pul egasiga qaytib kelguncha o‘z qadrini qisman yo‘qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflatsiyani hisobga olib o‘rnatiladi. Foiz inflatsiya shiddatiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi.
6.
Pulni qarzga berishdan ko‘ra boshqa yo‘sinda ishlatishdan tushadigan daromad
Bunda pul egasining afzal ko‘rish tamoyili amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo‘lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori bo‘lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal ko‘radi.
Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo‘lib, qarz qaytishi shubhali bo‘lsa, foiz yuqori bo‘ladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o‘rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz riskini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo‘lishi bilan qoplanadi.