MUSTAQIL ISH Mavzu: Kreditning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va funksiyalari Bajardi: SBXA-93 guruhi talabasi N.A.Sadikova Tekshirdi: Z.Xojibekova
Toshkent– 2023
Kreditning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va funksiyalari Reja: Kirish Asosiy qism 1.Kredit mexanizmi va uning elementlari. Kreditlash tamoyillari va usullari.
2. Kredit funksiyalari va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati.
3. Tijorat banklari kreditlarini tasniflash tizimi va mezonlari.
Xulosa. Adabiyotlar ro’yhati
KIRISH Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlari iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti darajasi qatoriga chiqarish dolzarb omillardan bo`lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan ―2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiysining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari deb nomlanuvchi III yo’nalishida ham:
- ilg‘or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash;
- bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish masalalari alohida ko’rsatib o’tilgan
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi.
Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:
- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?
- aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik
mumkin?
- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga
kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?
Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishda salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi.
Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog’i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog’liq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan.
Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog’liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi. Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni taqozo etadi.