Operatorlar o’zgaruvchi va qiymatlar ustida amallar bajarish uchun ishlatiladi. Python operatorlari quyidagilar:
Arifmetik operatorlar
O’zlashtirish operatorlar
Taqqoslash operatorlari
Mantiq operatorlari
Aniqlash operatorlari
A’zolik operatorlari
Bitli operatorlar
Arifmetik operatorlar
Arifmetik operatorlar odatiy matematik amallarni bajarish uchun ishlatiladi:
+ Qo’shish x+y
- Ayirish x-y
* Ko’paytirish x*y
/ Bo’lish x/y
% Qoldiqli bo’lish x%y
// Butunli bo’lish x//y
Ularni amalda sinab ko’rsak yaxshiroq tushunamiz:
x = 10 y = 3
print(x + y)
print(x - y)
print(x * y)
print(x / y)
print(x % y)
print(x ** y) print(x // y)
|
13 7
30
3.3333333333333335
1
1000
3
| O’zlashtirish operatorlari
= x = 5 x=5
+= x += 3 x = x+3
- = x -= 3 x= x -3 *= x *= 3 x= x*3
/= x /= 5 x = x/5
%= x %= 5 x=x%5
//= x //= 5 x = x//5
**= x **= 5 x=x**3
&= x &= 3 x=x&3
|= x |= 3 x = x|3
^= x ^= 3 x =x^3
>>= x >>= 3 x=x>>3
<<= x <<= 3 x=x<<3
x = 5 x+=3 print(x)x=3 print(x)x*3
print(x)
Taqqoslash operatorlari
Taqqoslash operatorlari qiymatlarni o’zaro taqqoslash uchuyn ishlatiladi:
= = Teng x == y
!= Teng emas x != y
> Katta x > y
< Kichik x < y
>= Katta yoki teng x >= y
<= Kichik yoki teng x <= y
Mantiq operatorlari
Mantiq operatorlar shartlarni birlashtirib ishlatish uchun kerak:
and - Agar ikkala shart ham rost bo’lsa, rost qiymat qaytaradi.
or - Kamida bitta shart rost bo’lsa ham rost qiymat qaytaradi.
not - Shart qiymatini teskarisiga o’zgartiradi, ya’ni rost bo’lsa yolg’on, yolg’on bo’lsa rost bo’ladi.
a = 5
print (a>3 and a<10) print (a>3 or a<4)
print (not(a>3 and a<10))
|
True True False
Aniqlash operatorlari
Aniqlash operatorlari o’zaro 2 ta obyektlarni solishtiradi. Bunda ularning o’zaro qiymatlarini tengligi bo’yicha emas, haqiqatdan ham ular bir xil obyekt ekanligi va bir xil xotira yo’nalishiga ega ekanligi bo’yicha taqqoslanadi. Bu operatorlar 2 ta:
is - Ikkala o’zgaruvchi ham bir xil obyekt bo’lsa rost, aks holda yolg’on qiymat qaytaradi. is not - Obyektlar bir xil bo’lmasa rost, aks holda yolg’on qiymat qaytaradi.
x = ["olma", "banan"] y = ["olma", "banan"] z = x
print(x is z) print(x is y) print(x == z)
#------------------------------------------------------------------------
print(x is not z) print(x is not y) print(x != z)
|
True False True False True False
A’zolik operatorlari
A’zolik operatorlari biror ketma-ketlik obyektga tegishli ekanligini tekshiradi:
in - Belgilangan qiymat obyektda mavjud bo’lsa, rost qiymat qaytaradi.
not in - Belgilangan qiymat obyektda mavjud bo’lmasa, rost qiymat qaytaradi.
x = ["audi", "mustang"]
print("audi" in x)
print("audi" not in x)
True False
Bitli operatorlar
Bitli operatorlar ikkilik sanoq sistemasi bilan ishlashda kerak bo’ladi:
& (AND) - Ikkala bit ham 1 ga teng bo’lsa, 1 ga o’rnatiladi.
| (OR) - Kamida bitta bt 1 ga teng bo’lsa, ikkala bitni ham 1 ga o’rnatadi.
^ (XOR) - Faqat bitta bit 1 ga teng bo’lsa, ikkala bitni ham birga o’rnatadi.
~ (NOT) - Barcha bitlarni invertlaydi (teskarisiga o’zgartiradi)
<< - O’ngdan chapga nollarni siljitib, chapdagi chetki bo’laklarni tushirib yuboradi.
>> - Chapdan o’ngga bitlarning nusxalari kiritilib siljitib boriladi. O’ngdagi chetki bitlar tushib qoladi.
3>
Dostları ilə paylaş: |