Qarori minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘G‘risida



Yüklə 275,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü275,65 Kb.
#165443
  1   2   3   4   5
544 27.08.2021



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
MINIMAL ISTE’MOL XARAJATLARI QIYMATINI HISOBLASH TARTIBINI 
AMALIYOTGA JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA 
Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarning natijadorligini oshirish va bunda aholining maqsadli 
guruhini aniqlash bo‘yicha vazifalar aniq bir mezon va uslubiy yondashuvlarning ishlab chiqilishini 
talab etadi. 
O‘z navbatida, ushbu uslubiy yondashuv va bazani shakllantirish aholining turmush sharoiti 
va ijtimoiy holatini bevosita o‘zida aks ettiruvchi, ya’ni ularning iste’mol tarkibi va xususiyatlari 
bo‘yicha real holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xususan, mamlakatimizda aholining kambag‘al qatlamini 
aniqlash uslubini amaliyotga joriy etish va takomillashtirib borish, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi 
salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
” 2021-yil 3-
fevraldagi PF-6155-son va “
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda 
kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
” 2021-yil 11-
avgustdagi PF-6277-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 
tomonidan Jahon bankining texnik ko‘magi asosida minimal iste’mol xarajatlari qiymatining 
dastlabki hisob-kitoblari tayyorlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat 
statistika qo‘mitasining minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki 
chegarasi) sifatida foydalanish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin. 
2. Belgilansinki: 
2022-yildan boshlab, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali oilani kam 
ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik 
daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi; 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi har 
yili avgust oyiga qadar minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlarini inflatsiya 
kutilmalaridan kelib chiqib hisoblaydi
Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 
minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz ko‘rsatkichlarini kelgusi yil uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarini shakllantirishda inobatga oladi; 
Davlat statistika qo‘mitasi minimal iste’mol xarajatlari va kambag‘allik darajasini har yilgi 
hisobot yilida inflatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20-yanvariga qadar e’lon qilib 
boradi; 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, 
Moliya vazirligi xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, minimal iste’mol xarajatlari tarkibini respublika 
iqtisodiyotining rivojlanishi hamda aholi daromad va xarajatlarining o‘zgarishini inobatga olgan 
holda kamida har 5 yilda qayta ko‘rib chiqadi. 
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va 
kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin: 
minimal iste’mol xarajatlari, kambag‘allik chegarasi va uy xo‘jaliklarining real iste’mol 
qiymatlari hamda tarkibini o‘rganish; 
sog‘lom hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda 
xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar qiymatini hisoblash tamoyillari, bosqichlari va tartibi. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda uy 


xo‘jaliklari so‘rovi natijalaridan kelib chiqib, 2021-yilning 15-dekabriga qadar minimal iste’mol 
xarajatlari hisob-kitobini yakuniga yetkazsin. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 
Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki va YUNISEFning texnik 
ko‘magini jalb qilgan holda 2021-yil yakuniga qadar: 
minimal iste’mol xarajatlarini hisoblashda har bir uy xo‘jaligi a’zolarining yoshi, tarkibidan 
kelib chiqqan holda tegishli koeffitsiyentlarni qo‘llash; 
uy xo‘jaliklari kuzatuvlari qamrovini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 2 baravar oshirish
kambag‘allikni qisqartirishning yangi vositalarini amaliyotga joriy etishni nazarda tutuvchi 
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin. 
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy 
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 275,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin