Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti yig‘ilishining 2-sonli bayonnomasidan Ko‘chirma Qarshi shahri 2023 yil 11-sentabr Qatnashdilar



Yüklə 26,34 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü26,34 Kb.
#179871
Fakultet bayonnoma.docx Jabbarova I


Qarshi davlat universiteti
Tarix fakulteti yig‘ilishining
2-sonli bayonnomasidan
Ko‘chirma
Qarshi shahri 2023 yil 11-sentabr
Qatnashdilar: Fakultet dekani D.Xudoyberdiyev, dekanmuovinlari, Kafedra mudirlari, Ilmiy Kengash a’zolari
barcha professor-o‘qituvchilar


Har xil masalalar
Eshitildi: Fakultet raisi D.Xudoyberdiyev kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masalani yig’ilish qatnashchilariga o’qib eshittirdi. I.Jabbarova O’zbekiston tarixi kafedrasida dots.v.b. lavozimida ishlab kelayotganligi, o‘zining bilimi va talabchanligi bilan jamoaga o‘z o‘rniga ega ekanligini ta’kidladi. U 2022-yil 23-aprelda Qarshi Davlat Universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD. 07.00.01 – “O’zbekiston tarixi” mutaxasisligi bo’yicha tarix fanlari bo’yicha PhD 03/27.02.2021 Tar.70.05 raqamli Ilmiy Kengashda “Qashqadaryo vohasida yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’orish tizimi tarixi” mavzusida O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilganini va tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD diplomiga ega bo’lganligini ma’lum qildi.
I.Jabbarova oʻzining pedagogik va ilmiy tadqiqot faoliyati davomida jami 30 dan ziyod ish e'lon qilgan, shulardan 29 tasi ilmiy, 1 ta monografiya va 1 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanmadan iborat. Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD dissertatsiyasi himoyasidan keyin 10 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, ilmiy jurnal va to’plamlarda 4 ta ilmiy maqola, boshlangan xorijiy yoki xalqaro ilmiy to’plamlarda 6 ta ilmiy maqola chop etilgan.
Shuningdek, I.X.Jabbarova ilmiy-uslubiy sohada ham izlanishlar olib borib, himoyasidan so’ng 1 ta monografiya va 1 ta o’quv ilmiy-uslubiy qo’llanma, nashr ettirganligi ta’kidlandi. U talabalarga mehribon bo’lib, ularning ilmiy ishlarida yaqindan yordam berib kelayotganligi ta’kidlandi.
So’zga chiqqanlar: Ushbu masala yuzasidan O’zbekiston tarixi kafedrasi mudiri t.f.dotsent, M.To’rayeva so’zga chiqib, I.Jabbarova kafedrada faoliyat ko’rsatib kelayotganligini va I.Jabbarova 30 dan ziyod ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar muallifi ekanligini, dissertatsiya himoyasidan keyin esa 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolasi mahalliy va xorijiy jurnallarda, Respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarining to’plamlarida nashr etganlarini ta’kidlaydi.
I.Jabbarova jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. U nafaqat fakultetda balki universitetda bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedrada o’qitiladigan nazariy fanlarning umumiy hajmidan kelib chiqadigan bo’lsa, I.Jabbarovani dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish maqsadga muvofiq bo’lardi deya ta’kidladi. Shularni inobatga olgan holda fakultet Ilmiy kengashidan I.Jabbarova OAK talablariga muvofiq dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etilishini so’radi.
Bu masala yuzasidan Iqtisodiyot kafedrasi dostenti, professor O. Bo‘riyev ham so’zga chiqib, yuqorida M. To’rayeva tomonidan bildirilgan fikrlarni tasdiqladi va quyidagilarni e’tirof etdi: I.Jabbarova falultetda samarali faoliyat ko’rsatib kelayotganligini ta’kidladi. Vilovat, universitet, fakultet miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin ham ijodiy to’xtab qolmadi, bir qator ilmiy maqolalar chop ettirdi, shuningdek, 1 ta monografiya va 1 ta uslubiy qo’llanmasi nashrdan chiqdi. I.Jabbarovani hech ikkilanmasdan dotsent unvoniga tavsiya etish mumkin.
M.To’rayeva va O. Bo‘riyevlarning yuqorida bildirgan fikrlariga asosan I.X.Jabbarova 07.00.01 – “ O’zbekiston tarixi” ixtisosligi bo’yicha dotsent unvoniga tavsiya etish masalasi ochiq ovozga qo’yildi. Fakultet Ilmiy kengashi a’zolari I.Jabbarova nomzodini 100% ma’qullab ovoz berishdi.

Qaror qilindi:
1. O’zbekiston tarixi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, t.f.f.d. I.Jabbarovaning o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va pedagogik faoliyati inobatga olinib, 07.00.01 – “O’zbekiston tarixi” ixtisosligi bo’yicha dotsent unvoniga tavsiya etilsin .
2. Fakultet kengashi qarorodan ko’chirma universitet Ilmiy kengashiga taqdim etilsin.


Yig’ilish raisi: D.Xudoyberdiyev


Yig’ilish kotibi: A. Panjiyev


Yüklə 26,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin