6-MAVZU. SHAXS KASBIY MA’NAVIYATIDA KORRUPSIYA,
PORAXO’RLIK, MANFAATPARASTLIK KABI SALBIY ILLATLARGA
QARSHI KURASH MASALALARI
Reja:
1. Korrupsiyaning mazmun-mohiyati
2. Yosh kadrlarda korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini yuksaltirish
masalalari
3. Mamlakatimizda korrupsiya tahdidi va unga qarshi kurash sohasidagi
strategik islohotlar
4. Loqaydlik va beparvolikning shaxs kasbiy faoliyatiga salbiy ta’siri
1. Korrupsiyaning mazmun-mohiyati
“Korrupsiya” atamasi lotincha
“corruptio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
“buzish”, “sotib olish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu ikki so’z korrupsiyaning
mazmun-mohiyatini belgilab beradi. 1979-yil 17-dekabrda
qabul qilingan
“Mansabdor shaxslarning huquqtartibotni saqlash borasidagi axloq kodeksi”da:
“...korrupsiya tushunchasi milliy huquqda ta’riflanishi lozim” deyilgan bo’lib,
ushbu hodisaning “...mansabdor shaxsning mukofot beruvchi shaxs manfaati
yo’lida mansab yo’riqnomalarini buzib yoki buzmay mansab vakolatlari sohasida
amalga oshirgan har qanday shakldagi harakati yoki harakatsizligi”,
degan
taxminiy ta’rifi berilgan.
BMTning
Korrupsiyaga
qarshi
kurashga
oid
ma’lumotnomasida:
“Korrupsiya – shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol
qilish” ekanligi ko’rsatilgan.
Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag’ishlangan hisobotida
korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: “Korrupsiya – shaxsiy manfaat uchun davlat
hokimiyatini suiiste’mol qilish”.
Arnold Xeydenxeymer “Siyosiy korrupsiya” asarida yozganidek, “bu
terminning tarixida turli-tuman ma’no va mazmunlar ko’plab uchraydi”.
Siyosatshunoslar va faylasuflar bu hodisani boylik
yoki hokimiyatga noqonuniy
vositalar bilan erishish, deb ta’riflaydilar. Shuni ta’kidlash lozimki, korrupsiya
hodisasiga bag’ishlangan birinchi xalqaro hujjat
va ayni vaqtda Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OESR) tavsiyalarida belgilab qo’yilgan
eng muhim nazariy g’oyalar e’tirof etilgan xalqaro hujjat bo’lib qoldi.
Poraxo’r(lik) shaxsiy manfaat, g’arazli maqsad yo’lida har qancha
tovlamachilik qilishga hoziri nozir ma’naviy qashshoq kimsaga xos illat.
Ilmiy
adabiyotlarni o’rganish shundan dalolat beradiki, korrupsiyani,
amal qilish
darajalariga ko’ra, quyi, yuqori va vertikal korrupsiyaga ajratish mumkin.
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun
teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga,
xususan siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda
mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy
taʼsir ko’rsatadi.
Quyi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o’rta va quyi
darajalarida eng ko’p tarqalgan bo’lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o’zaro
munosabati bilan (ro’yxatdan o’tish, jarimalar, litsenziya
va turli ruxsatnomalar
olish kabilar) bog’liq.