Qarshi kurash masalalari



Yüklə 377,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix19.05.2023
ölçüsü377,35 Kb.
#117814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-korrupsiya



6-MAVZU. SHAXS KASBIY MA’NAVIYATIDA KORRUPSIYA, 
PORAXO’RLIK, MANFAATPARASTLIK KABI SALBIY ILLATLARGA 
QARSHI KURASH MASALALARI 
Reja: 
1. Korrupsiyaning mazmun-mohiyati 
2. Yosh kadrlarda korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini yuksaltirish 
masalalari 
3. Mamlakatimizda korrupsiya tahdidi va unga qarshi kurash sohasidagi 
strategik islohotlar 
4. Loqaydlik va beparvolikning shaxs kasbiy faoliyatiga salbiy ta’siri 
 
1. Korrupsiyaning mazmun-mohiyati 
 
“Korrupsiya” atamasi lotincha “corruptio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, 
“buzish”, “sotib olish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu ikki so’z korrupsiyaning 
mazmun-mohiyatini belgilab beradi. 1979-yil 17-dekabrda qabul qilingan 
“Mansabdor shaxslarning huquqtartibotni saqlash borasidagi axloq kodeksi”da: 
“...korrupsiya tushunchasi milliy huquqda ta’riflanishi lozim” deyilgan bo’lib, 
ushbu hodisaning “...mansabdor shaxsning mukofot beruvchi shaxs manfaati 
yo’lida mansab yo’riqnomalarini buzib yoki buzmay mansab vakolatlari sohasida 
amalga oshirgan har qanday shakldagi harakati yoki harakatsizligi”, degan 
taxminiy ta’rifi berilgan. 
BMTning 
Korrupsiyaga 
qarshi 
kurashga 
oid 
ma’lumotnomasida: 
“Korrupsiya – shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol 
qilish” ekanligi ko’rsatilgan. 
Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag’ishlangan hisobotida 
korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: “Korrupsiya – shaxsiy manfaat uchun davlat 
hokimiyatini suiiste’mol qilish”. 
Arnold Xeydenxeymer “Siyosiy korrupsiya” asarida yozganidek, “bu 
terminning tarixida turli-tuman ma’no va mazmunlar ko’plab uchraydi”. 
Siyosatshunoslar va faylasuflar bu hodisani boylik yoki hokimiyatga noqonuniy 
vositalar bilan erishish, deb ta’riflaydilar. Shuni ta’kidlash lozimki, korrupsiya 
hodisasiga bag’ishlangan birinchi xalqaro hujjat va ayni vaqtda Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OESR) tavsiyalarida belgilab qo’yilgan 
eng muhim nazariy g’oyalar e’tirof etilgan xalqaro hujjat bo’lib qoldi.
Poraxo’r(lik) shaxsiy manfaat, g’arazli maqsad yo’lida har qancha 
tovlamachilik qilishga hoziri nozir ma’naviy qashshoq kimsaga xos illat. Ilmiy 
adabiyotlarni o’rganish shundan dalolat beradiki, korrupsiyani, amal qilish 
darajalariga ko’ra, quyi, yuqori va vertikal korrupsiyaga ajratish mumkin. 
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun 
teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda 
mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy 
taʼsir ko’rsatadi. 


Quyi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o’rta va quyi 
darajalarida eng ko’p tarqalgan bo’lib, amaldorlar va fuqarolarning doimiy o’zaro 
munosabati bilan (ro’yxatdan o’tish, jarimalar, litsenziya va turli ruxsatnomalar 
olish kabilar) bog’liq. 

Yüklə 377,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin