qilinib boriladi, ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig’ilishlarida
muhokama qilinadi.
Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar
uchun korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo’l-yo’riqlarni tushuntirish,
xizmat vazifasiga qo’yiladigan asosiy
majburiyatlar, taʼqiqlar, cheklovlar, talablar
va idoraviy odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay
tushuntiriladi.
Vakilga korrupsiya bilan bog’liq bo’lgan murojaatlarga eʼtibor qaratadigan
bo’lsak, 2020 yilning 6 oy davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq Ombudsman
tomonidan Bosh prokuraturaga 17 ta murojaat yuborilgan (2019 yil – 21 ta). Ushbu
murojaatlardan 2 tasi o’z tasdig’ini topgan.
Sohada amalga oshirilayotgan ushbu mazmundagi islohotlarning natijasi
sifatida
Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har
yili eʼlon qilib boriladigan
“Korrupsiyani qabul qilish indeksi” da O’zbekiston
180 ta davlat orasida 2017 yilda 157-o’rin, 2018 yilda esa 158-o’rinni egallagan
bo’lsa, 2019 yilda 25 ball bilan 153-o’rinni egallab, 5 pog’onaga ko’tarildi
[1]
.
Bundan
tashqari,
Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi
Dostları ilə paylaş: