Qarshi kurash masalalari


Loqaydlik va beparvolikka qarshi immuniteti shakllangan yoshlar



Yüklə 377,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix19.05.2023
ölçüsü377,35 Kb.
#117814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-korrupsiya

Loqaydlik va beparvolikka qarshi immuniteti shakllangan yoshlar: 
 o’qish, o’rganish va izlanishdan charchamaydi. O’z vatanining tarixi
adabiyoti va san’atini o’rganadi. Kasbiy bilimlarini, nutq madaniyatini o’stirishga 
intiladi. Mustaqil fikrga ega bo’lishga, o’z ustida ishlab, yangiliklar yaratishga 
harakat qiladi. O’ziga nisbatan talabchan va xizmatdoshlarining yaxshi fazilatlarini 
o’zlashtirishga harakat qiladi; 
 kundalik matbuot va ommaviy axborot vositalarini muntazam ravishda 
kuzatib boradi. O’z bilim va tajribalarini yoshlarga o’rgatadi. Jamiyatdagi 
o’zgarishlarga befarq bo’lmaydi. Zamon bilan hamnafas va hamqadam bo’lishga 
intiladi, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanish usullarini o’rganadi; 
 jinoiy unsurlarning foydalanishi mumkin bo’lgan harakat usullari, qo’llashi 
mumkin bo’lgan qurol va boshqa vositalardan yaxshi xabardor bo’lishga intiladi. 
Har qanday sharoitda o’zining, kasbdoshlarining hamda fuqarolarning shaxsiy 
xavfsizligini ta’minlashga tayyor turadi; 
 xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashadi, Vatanga sidqidildan 
xizmat qiladi, fuqarolarga beg’araz yordam beradi, moddiy va ma’naviy 
boyliklarimizni 
asrab-avaylaydi, 
milliy 
qadriyatlarimizga 
hurmat 
bilan 
munosabatda bo’ladi; 
 fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo’ladi; 
 aql va mulohaza bilan ish yuritadi, yuklatilgan xizmat vazifalarini 
bajarishda xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymaydi, tanish-bilishchilik va 
mahalliychilikdan saqlanadi; 
 ruhan va jismonan tetik, bardam, hushyor va doimo ogoh bo’lishga intiladi, 
irodasini chiniqtirib boradi;
 og’ir damlarda sabr-bardoshli, xizmat va kasb sirlarini saqlay oladi; 


 jamiyatga qarshi har qanday harakat va tajovuzlarni aniqlash hamda 
ularning oldini olish choralarini ko’radi, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etuvchi 
shaxslarga nisbatan murosasiz bo’ladi; 
 fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida ko’rib chiqadi, qonuniy hal etadi
sansalorlikka yo’l qo’ymaydi va xalq ishonchini yo’qotmaydi; 
 aholi orasiga kirib boradi, ularni yaxshi va yomon kunlarida hamdard 
bo’lish orqali ishonchini oshirish, ichki ishlar idoralari xodimi degan yuksak 
nomning obro’sini yanada yuksaltirish choralarini ko’radi; 
 axloq-odob qoidalariga rioya qiladi, rostgo’y bo’ladi, amalparastlik, ig’vo, 
tuhmat, hasadgo’ylik, tamagirlik, maishiy buzuqlik kabi illatlardan xoli bo’lishga 
intilib yashaydi; 
 o’z ustida muntazam ishlaydi, xizmatdagi xato va kamchiliklarini doimo 
aniqlab boradi va bartaraf etish choralarini ko’radi. 

Yüklə 377,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin