birinchidan, “Davlat xizmati to’g’risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib,
muhokama qilinayotgan bo’lsa-da, hali hamon mazkur Qonun qabul qilinganicha
yo’q. Shu sababdan “Davlat xizmati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunini, shuningdek davlat xizmatchilarining Axloq kodeksini qabul qilish,
mazkur normalarda davlat xizmatchilarining o’z faoliyatini olib borish jarayonida
amal qilishi lozim bo’lgan hamda korrupsiyani vujudga kelishiga imkon yaratib
beruvchi sabab va shart-sharoitlarni oldini olishga qaratilgan meʼyorlar aks
ettirilishi maqsadga muvofiqdir;
ikkinchidan, xalqaro va ilg’or xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o’rgangan
holda davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi
harajatlarini deklaratsiya qilishni tartibga soluvchi normalarni milliy qonunchilik
tizimiga implemenetatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o’z navbatida
mansabdor shaxslarning mol-mulkidagi o’zgarishlarni muntazam ravishda kuzatish
imkoniniyatini beradi, deklaratsiyalarning ommaviyligi, yaʼni jamoatchilik uchun
ochiqligi esa ularning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyatini yana-da
oshirishi shubhasizdir.
4. Loqaydlik va beparvolikning shaxs kasbiy faoliyatiga salbiy ta’siri Loqaydlik – inson, jamiyat, millat ishiga beparvo va sovuqqonlik bilan
yondashish, munosabatda bo’lishni ifodalovchi ma’naviy illat. Muayyan kishining
gohida o’z hayoti, o’zgalar faoliyati, atrofida ro’y berayotgan voqea-hodisalarga
befarqligi va munosabatsizligini anglatuvchi tushunchadir. Hayotiy pozitsiyaning
aniq emasligi, dolzarb vazifalardan o’zini olib qochish, el-yurt, jamiyat va millat
tashvishlaridan chetda turish holatlari loqaydlik ko’rinishlaridir.
Beparvolik (befarqlik, e’tiborsizlik, loqaydlik) – kishidagi o’zgalar hayotiga,
atrof voqelikka e’tiborsizlik, loqaydlikni anglatuvchi tushuncha. Ayniqsa, davlat va
jamiyat hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’layotgan, Vatan taqdiri hal
bo’layotgan pallalarda kishilardan yuksak faollik, mas’uliyat talab qilinganda
befarqlik nafaqat illat, balki jinoyat hamdir. Loqaydlik va beparvolik o’zaro
aloqador tushunchalardir.