Qarshi kurash masalalari


indeksidagi “Korrupsiyadan holilik” indikatorida



Yüklə 377,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix19.05.2023
ölçüsü377,35 Kb.
#117814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-korrupsiya

indeksidagi “Korrupsiyadan holilik” indikatorida O’zbekiston 2019 yilda 0,38 
ball bilan 95-o’rinni egallagan bo’lsa, 2020 yil bo’yicha 128 davlat orasida 0,40 
ball bilan 89-o’rinni egallab, 6 pog’onaga ko’tarilganligi
[1]
 malakatimizda 
korrupsiyaga qarshi tizimli olib borilayotgan islohotlarning samarasidir. 
Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar 
amalga oshirilayotgan bo’lsa-da, huquqni qo’llash amaliyotida mansabdor 
shaxslarning korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlarni sodir etayotganlik holatlari hali 
hamon uchramoqda. Statistik maʼlumotlarga ko’ra, 2017–2019 yillar davomida 
6127 nafar mansabdor shaxsning pora olishi bilan bog’liq jinoiy javobgarlik 
masalasi hal qilinganligi, 2019 yilning dastlabki olti oyida jami 661 nafar turli 
toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan korrupsiya bilan bog’liq 590 ta jinoyat 
ishlari qo’zg’atilganligi, korrupsiyaga qo’l urgan va jinoyati fosh qilingan 
mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari 
tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda 
ishlab kelganligi, korrupsiya jinoyatlarining asosan tibbiyot, taʼlim, davlat xizmati 
ko’rsatish, xususan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga litsenziya va ruhsat berish 
bilan bog’liq sohalarda hali hamon kamaymayotganligi tashvishlidir. 
Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ko’plab davlatlarda, 
xususan Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi rivojlangan 
mamlakatlarda “Davlat xizmati to’g’risida” gi, “Davlat xizmatida jamoatchilik 
nazorati to’g’risida” gi Qonunlar hamda davlat xizmatchilari, mansabdor shaxslar, 
shuningdek sudyalarning xatti-harakat meʼyorlarini tartibga soluvchi Axloq 
kodekslari mavjud ekanligini ko’rishimiz mumkin. 
Eʼtiborli jihat shundaki, mazkur normalar bilan davlat xizmatchilarining 
olishi mumkin bo’lgan sovg’a yoki hadyalarning aniq miqdori ham belgilab 
qo’yilgan. Masalan, AQSH da ushbu miqdor 20 AQSH dollarini, Fransiyada 35 
yevro, Buyuk Britaniyada 140 funt, Rossiyada 3000 rubl etib belgilangan, 


Kanadada esa mansabdor shaxslarning pul ko’rinishidagi sovg’alar qabul qilishi 
qatʼiyan taqiqlanadi, Singapurda davlat boshqaruvida faoliyat ko’rsatuvchi 
mansabdor shaxslarning gonorar, zaym, qimmatli qog’ozlar kabi to’lovlarni olishi 
taʼqiqlangan. 
Shuni alohida taʼkidlab o’tish joizki, O’zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi tomonidan yuqoridagi xorij tajribasi vazirlik tizimida joriy qilingan 
bo’lib, unga ko’ra xodimlarning fuqarolar, boshqa tashkilotlar xodimlari, jumladan 
turli joylar va xorijiy mamlakatlarga uyushtiriladigan xizmat safarlari davomida 
sovg’alar olishi taqiqlandi. Xorijiy safarlar davomida olingan sovg’alar, vazirlikka 
o’tkaziladigan tartib joriy qilindi. 
Bundan tashqari, bugungi kunda ilg’or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga 
qarshi samarali kurash olib borish jarayonida qo’llayotgan usullaridan biri bu 
davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi 
harajatlarini deklaratsiya qilishning majburiy etib belgilanganligidir. Bundan 
ko’zlangan asosiy maqsad mansabdor shaxslarning noqonuniy daromad olishni 
oldini olish va manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etishdan iboratdir. Davlat 
xizmatida ushbu usul bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatda qo’llanilmoqda 
Taʼkidlash joizki, davlat xizmatchilarining mulkiy deklaratsiya tizimi 
korrupsiyaning oldini olish, noqonuniy boyish va manfaatlar to’qnashuvini 
aniqlashning qudratli vositasidir. Jahon banki maʼlumotlariga ko’ra, Yevropa 
xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning aksariyatida aktivlarni 
deklaratsiyalashning keng jamoatchilik uchun oshkora tizimi yo’lga qo’yilgan. 
Korrupsiyaga qarshi amaldagi xalqaro standartlar, jumladan, BMTning 
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va boshqa qator huquqiy hujjatlarda davlat 
xizmatchilari tomonidan aktivlarning eʼlon qilinishi korrupsiyaga qarshi samarali 
vosita ekani eʼtirof etilgan. 
Bu borada Daniya tajribasiga ko’ra, 2002 yilda qabul qilingan “Korrupsiya 
to’g’risida” gi Daniya Qonuni korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlarining 
ustuvorligini belgilovchi, taʼsirchan ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo’lgan 
asosiy normativ-huquqiy hujjatdir. Xususan, ushbu qonunning qoidalari Daniya 
hukumati vakillarini har yili o’z mol-mulki va shaxsiy daromadlari to’g’risidagi 
maʼlumotlarni nashr etishga, xorijiy kompaniyalarda aksiyalarga ega bo’lishni 
taqiqlashga majbur qiladi, bu ularning boshqaruv faoliyatining oshkoraligi va 
shaffofligini, korrupsion holatlarini oldini olishga yordam beradi. 
Korrupsiyani oldini olishning muhim omili shundaki, mamlakatda davlat 
xizmatchilari yuqori darajadagi ijtimoiy muhofazaga ega: ular bepul tibbiy xizmat 
va taʼlim olish huquqiga va ijtimoiy kafolatlarga tayanishlari mumkin, bu esa 
korrupsion harakatlar ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi. 
Bundan tashqari, Finlyandiyada Moliya vazirligi davlat xizmatchilari 
axloqining asosiy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanishi bilan xarakterlidir. 
Moliya vazirligi hukumat amaldorlari uchun imtiyozlar va sovg’alarni berish va 
olish tartibini belgilaydi, shuningdek davlat xizmatchilari daromadlarini tekshirish 
vakolatiga ham ega. Finlyandiya milliy taftish byurosi (NAOF) esa mamlakatda 
korrupsiyani oldini olish maqsadida yilda ikki marotaba markaziy hukumat 


moliyasini tekshiradi, soliq siyosatini nazorat qiladi va siyosiy partiyalar va saylov 
kompaniyasini moliyalashtirishni nazorat qiladi. 
Yuqoridagi tahlillar, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mazkur turdagi 
jinoyatlarni oldini olish borasida mamlakatimizda quyidagi chora-tadbirlarni 
amalga oshirish lozimligini ko’rsatmoqda: 

Yüklə 377,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin