Qarshi kurash masalalari



Yüklə 377,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix19.05.2023
ölçüsü377,35 Kb.
#117814
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-korrupsiya

Befarqlik jamiyatga, ijtimoiy hayotga, atrofdagi insonlar va hodisalarga 
nisbatan biror bir qiziqish va aniq ma’naviy-hissiy munosabatning namoyon 
bo’lmasligini ifodalaydigan tushuncha. Befarqlikni o’zini tutib turish, vazminlik 
holatidan farqlash lozim. Vazmin odam o’zini idora qila olishi hisobiga qalbidagi 
tug’yonlarni bosib tura oladi va o’zining mustahkam irodasini namoyon qiladi. 
Loqaydlik va befarqlik – ma’naviy qashshoqlik va axloqsizlikni keltirib 
chiqaruvchi illatlar. 
Loqaydlik – qayd etmaslik, e’tibor bermaslik, daxldorlikni his etmaslik. 
Befarqlik esa «menga nima» deb, o’zini chetga olish. Ushbu illatlar har doim 


taraqqiyotga zarar yetkazadi. Tashqi g’oyaviy ta’sir ichki ma’naviy loqaydlik, 
zaiflik bor joyda ildiz otadi. Bu illatlar faollikning kushandasi. Loqaydlik, 
befarqlik hafsalasizlikka sabab bo’ladi. Befarq odamlar boshqalarning irodasiga tez 
bo’ysunadilar. Bu hol ulardan turli maqsadlarda foydalanish, ularni salbiy tomonga 
yetaklash imkonini beradi. 
Shuningdek, “beg’amlik” ham beparvolik, loqaydlik bilan ma’nodosh 
so’zdir. Beg’am kishi turmushda yuzaga kelgan muammolarning yechimini 
izlashga intilmaydi, hamisha beg’am, tashvishdan yiroq yashashni ko’zlaydi. 
Beg’amlik kayfiyati oxir-oqibat tevarak-atrofdagilarga, jamiyatga moddiy va 
ma’naviy zarar keltiradi. Mavjud muammolarning yanada keskinlashuviga olib 
keladi.
Beparvo va loqayd odam jamiyatimizda amalga oshirilayotgan demokratik 
islohotlar, bunyodkorlik ishlarini his qilishdan yiroq. Shu bois g’animlar bunday 
odamlardan o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanadilar va jamiyatga 
juda katta zarar keltiradilar. Loqayd insonlar mamlakatimizda yaratilayotgan 
imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmaydilar, ular uchun kelajakka intilib 
yashash, xalq farovonligi yo’lida kurashish, ezgu amallar va savob ishlarni amalga 
oshirish begonadir. 

Yüklə 377,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin