Buxoro innovatsiyalar universiteti



Yüklə 127 Kb.
səhifə1/10
tarix03.10.2023
ölçüsü127 Kb.
#151864
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston tarixi. D.Xojiyeva


OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI
________________ kafedrasi
_______________________fakulteti
_______________________ kafedrasi
O`zbekiston tarixi fanidan
O`ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILAYOTGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR”mavzusidagi
REFERAT
Bajardi: 9-2 IQTS-23 guruh
talabasi Xojiyeva Dilafro`z
Tekshirdi: __________________.
Buxoro – 2023

Reja:


Kirish;

  1. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi;

  2. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar;

  3. O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati;

Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati;
KIRISH

O‘zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, mamlakatda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildi. Yurtimizda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish istiqbollari strategik maqsadga aylanganligi hamda siyosiy darajada ko‘p bora bunga e’tibor qilib kelinayotganligi bejiz emas. Binobarin, fuqarolik jamiyati bo‘lmasa, davlat huquqiy mazmun sifatlariga ega bo‘lolmasligi ayon. Zero, bunday jamiyat huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy poydevori hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, fuqarolik jamiyatining nazariy, konseptual asoslari davlat mustaqilligimizning dastlabki davrlaridanoq yaratila boshlangan edi. Mazkur sohadagi siyosiy-huquqiy ta’limot o‘z mohiyat-e’tibori bilan tamomila milliy istiqlol g‘oyasi bilan yaratilgan bo‘lib, davlatimiz rahbarining dastlabki asarlari, nutq va ma’ruzalarida asoslab berildi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida «bizning pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir», – deb ta’kidlagan edi.


Mazkur dasturiy asarda O‘zbekiston jamiyati siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yo‘llari va ustuvor yo‘nalishlari yangicha mushohada asosida belgilab berildi. Unda «O‘zbekiston – demokratiya va ijtimoiy adolat jamiyati» shiori ostida amalga oshiriladigan ichki va tashqi siyosat chinakam mustaqil O‘zbekistonni barpo etish bilan belgilanadi. Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyat bunyod etish – bosh vazifadir, deydi birinchi Prezidentimiz.

Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin