Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi. Reja



Yüklə 8,57 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,57 Kb.
#190867
  1   2   3
JALOL


QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI.
Reja:
  • Qishloq xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlarning.
  • Qishloq xo‘jaligida xarajatlarning turkumlanishi.
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha.

  • Qishloq xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar.

  • Bozor munosabatlari sharoitida har qanday korxonaning asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish korxonadagi ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo‘lgan talab bilan chegaralangandir. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy sharti bo‘lib, shu bilan birga taklif hajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish qishloq xo’jaligi korxonasi samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir.

Qiymat nazariyasi tarafdorlari fikriga asosan, ishlab chiqarish xarajatlarini tovar ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xomashyo, yoqilg‘i, mehnat qurollarining amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Bundan tashqari, tayyor mahsulotni sotish jarayonidagi xarajatlar ham e’tirof etilgan. Birinchi xil xarajatlarni ular ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda ular bozordagi ahvol va boshqa holatlarni e’tiborga olgan. Qiymat nazariyasi tarafdorlari tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrni ilgari surgan.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. Unda resurslarning chegaralanganligi, noyobligi va ulardan alternativ foydalanish nazarda tutiladi. Resurslardan alternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog‘oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tushuniladi. Bunga ko‘ra, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan biron-bir resursning iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarning chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o‘zida biror-bir narsadan voz kechishni anglatadi.

Yüklə 8,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin