Qishloq xo'jaligida ixtisoslashuvning mohiyati ahamiayti va omillari



Yüklə 77,17 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü77,17 Kb.
#182393
  1   2   3
QISHLOQ XO\'JALIGIDA IXTISOSLASHUVNING MOHIYATI AHAMIAYTI VA OMILLARI


QISHLOQ XO'JALIGIDA IXTISOSLASHUVNING MOHIYATI AHAMIAYTI VA OMILLARI
Reja:



  1. Qishloq xo’jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari,

  2. ularning ilmiy asoslari.

  3. Ixtisoslashtirishning shakllari, ko’rsatkichlari va samaradorligini oshirish imkoniyatlari Qishloq xo`jaligini ixtisoslashtirish.

Qishloq xo’jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari, ularning ilmiy asoslari.


Qishloq xo’jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining turli shakllarini o’zida namoyon etadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ishlab chiqarishning iqtisodiy va tabiiy jarayonlarini o’zida aks ettiradi hamda bu tarmoqda mehnatning ijtimoiy taqsimotiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bunda ishchilar mehnat jarayonida turli qishloq xo’jaligi texnikalari va boshqa shu kabi mehnat vositalari bilan bir qatorda tuproq va tirik organizmlar bilan ham ishlashiga to’g’ri keladi. Shu sababli qishloq xo’jaligida mehnat taqsimotini sanoat tarmog’idagi mehnat taqsimotining ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotning alohida detallarini bo’yicha amalga oshirilgani singari chuqur amalga oshirib bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoitlari bilan uzviy bog’liqligi mehnatning geografik jihatdan ham taqsimlanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o’z ifodasini topadi.
Ishlab chiqarishni joylashtirish - bu qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo’jalik ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga ko’rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko’rsatib, mamlakat hududlarida joylashgan har bir xo’jalik, tuman, viloyat qaysi turdagi qishloq xo’jalik ekinlarini ekishini, chorva mollar turini saqlashni va ularga mos bo’lgan xizmatni ko’rsatishini aniqlab beradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:
• yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;
• qishloq xo’jalik mahsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, transport harakati va hokazolar;
• mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xomashyo manbalariga yaqinlashtirish;
• transport vositalari hamda yo’llar holati;
• mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va rivojlanish darajasi;
• mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi, mehnat malakasi, kasbi va bo’sh ish o’rinlarining mavjudligi.
Qishloq xo’jaligi mintaqasi yoki alohida korxonaning ixtisoslashuvi esa asosiy tarmoqni belgilab olish va uning rivojlanishi uchun ustuvor rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. U qishloq xo’jalik mintaqasi yoki xo’jalikning ishlab chiqarish yo’nalishini va tarmoq tarkibini tavsiflaydi.
Qishloq xo’jaligining tarmoq tarkibi yalpi va tovar mahsuloti tarkibida alohida tarmoqlarning salmog’i bilan tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:
Bunda: TT - tarmoq tarkibi, foizda;
TYMQ – tarmoqlarda (o’simlikchilik yoki chorvachilik) yetishtirilgan mahsulot qiymati;
QXYaM – qishloq xo’jaligi tarmog’ining umumiy yalpi mahsuloti qiymati.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo’nalishi ularda yetishtirilgan tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi. Ma’lumki xo’jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug’lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o’xshash mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o’z ifodasini topadi va aniqlanadi.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligining tarmoq tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval Mamlakatimizda qishloq xo’jaligining tarmoq tarkibi, foizda
2016 2017 2018 2019
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsuloti 100 100 100 100
shundan:
dehqonchilik, foizda 51,6 53,9 50,4 49,9
chorvachilik, foizda 45,0 42,0 45,6 46,5
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’miasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan hisoblangan.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimiz qishloq xo’jaligi tarkibida o’simlikchilik tarmog’ining ulushi so’nggi yillarda kamaymoqda, shunga mutanosb ravishda chorvachilik tarmog’ining ulushi esa ortmoqda.
Har bir qishloq xo’jaligi korxonasida bir necha tarmoq mavjud, ular orasida korxonaning maqsadi va vazifasini, asosiy yo’nalishini ifoda etuvchi tarmoq bo’ladi. U yoki bu qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo’jaligi korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin. Ko’rinib turibdiki, ixtisoslashish ma’lum mazmunda joylashish bilan bog’liq bo’lib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining mamlakat hududida joylashishini, ya’ni ijtimoiy mehnat taqsimoti shaklini ifoda qiladi. Ixtisoslashtirish va joylashtirish bir jarayonning ikki tomonini aks ettirib, ixtisoslashtirish bu jarayonning sifat tomonini, ya’ni birinchi navbatda, qanday mahsulot yetishtirish kerak degan savolga, joylashtirish esa uning miqdor tomonini, ya’ni u yoki bu mahsulotdan qancha yetishtirish kerak, degan savolga javob beradi.
Ixtisoslashuviga ko’ra qishloq xo’jaligi korxonalaridagi tarmoqlar asosiy, qo’shimcha va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarga bo’linadi.
Asosiy tarmoq deb, qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi. Qo’shimcha tarmoq yalpi va tovar mahsuloti ishlab chiqarishda asosiy tarmoqqa nisbatan kamroq salmoqqa ega bo’ladi. Asosiy va qo’shimcha tarmoqlar o’zaro chambarchas bog’liq bo’ladi va bir-birini to’ldiradi. Ularni o’zaro uyg’un holda yuritib borish mavjud resurslardan samaraliroq foydalanishni ta’minlaydi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida o’simlikchilik va chorvachilikka xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar - transport xizmati, ta’mirlash xizmati, ombor xo’jaligi va boshqalar ham faoliyat ko’rsatadi. Xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar tarkibiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan bo’linmalar, qurilish brigadalari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi bo’linmalar va boshqalarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish – bu xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatlarini, talab va taklifdan kelib chiqqan holda, mavjud resurslardan samarali foydalanib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarni yetishtirishga yo’naltirishdan iboratdir. Korxonaning u yoki bu turdagi mahsulotni (paxta, don, qand lavlagi, go’sht, sut, tuxum, jun va boshqalar) ishlab chiqarishdagi ishtirokini belgilab beradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalombor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatib, kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko’paytirish, intensiv texnologiyalar qo’llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Biroq, xo’jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin.
Ixtisoslashtirish darajasiga ko’ra xo’jaliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
• tor ixtisosli xo’jaliklar;
• ixtisoslashgan xo’jaliklar;
• ko’p ixtisosli (tarmoqli) xo’jalik.
Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog’i bo’lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo’jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, issiqxonalar, mevali daraxtlar ko’chatini yetishtiruvchi va shunga o’xshash xo’jaliklar kiradi).
Tor ixtisosli xo’jaliklar yuqorida ko’rsatilgan ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum kamchiliklarga, salbiy oqibatlarga ham ega. Tor ixtisosli xo’jaliklarda tabiiy-iqlim sharoitlari (qurg’oqchilik, kuchli sovuq) ta’sirida yetishtirayotgan mahsulot hajmi keskin qisqarishi yoki bozor konyunkturasidagi o’zgarish sababli mahsulotning narxi keskin tushib ketgan holatlarda korxona iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolishi mumkin. Shu sababli bir turdagi mahsulot yetishtirishga chuqur ixtisoslashuv iqtisodiy tomondan o’zini oqlamasligi mumkin.
Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo’lgan xo’jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo’jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta-kichikligiga qarab uchga bo’linadi:
a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo’lib, uning tovar mahsulotidagi ulushi 50 foizdan yuqori bo’lgan xo’jaliklar kiradi (paxtachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, chorvachilik va hokazo);
b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo’lib, ularning har birining tovar mahsulotidagi salmog’i 20 foizdan kam bo’lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko’proq qismini tashkil qilgan xo’jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot-polizchilik, bog’dorchilikuzumchilik va hokazo);
d) tarkibida uchta asosiy tarmoq bo’lib, ular xo’jalik tovar mahsulotini to’rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo’lgan xo’jaliklar kiradi (don-paxta-chorvachilik, don-kartoshka-chorvachilik va hokazo).
Xo’jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo’jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanishi ham mumkin. Bular meva, uzumni, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar kabilardir. Ushbu guruhga (ko’p tarmoqli xo’jaliklarga) - tarkibida ko’p sonli qishloq xo’jaligi tarmoqlari mavjud bo’lgan va yaqqol ko’rinadigan ixtisosga ega bo’lmagan xo’jaliklar kiradi. Bu xo’jaliklarda tarmoqlarning kamaytirilishi va ixtisoslashtirishning chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan xo’jaliklar guruhiga o’ta boradilar.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida bir nechta tarmoqlarni qo’shib olib borish ishlab chiqarishning mavsumiyligini pasaytiradi, mehnat, yer, moddiy resurslaridan to’laroq foydalanish imkoniyatini beradi, ishlab chiqarish vositalari va mehnat xarajatlari notekisligini kamaytiradi. Tarmoqlarni oqilona qo’shib olib borish yil davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlari va pul vositalarini bir tekis kelib tushishi imkonini beradi, xo’jaliklar iqtisodiyotiga samarali ta’sir ko’rsatadi, ularning moliyaviy holatini yaxshilaydi.
Qishloq xo’jaligida tarmoqlarni oqilona joylashtirishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar quyidagilar:
• resurs potensialidan - yer, suv, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish;
• mahsulot birligi hisobiga minimal darajada mehnat xarajatlari va vositalar sarflab maksimal miqdorda mahsulot olishni ta’minlash;
• ishlab chiqarishning mavsumiyligini kamaytirish, yil davomida texnika va ish kuchidan to’liqroq foydalanish;
• yil davomida aylanma vositalarning aylanishini va pul vositalarning bir tekis kelib tushishini ta’minlash va hokazo.
Qishloq xo’jaligini iqtisodiy asoslangan holda joylashtirish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
• bozor talabini hisobga olish. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini joriy qilish qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirish va konsentratsiyalash jarayonini o’zgartirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishning progressiv shakliga o’tish, zarar keltiradigan mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechish;
• moddiy va mehnat resurslarini tejagan holda yalpi mahsulotni ko’paytirish mumkin bo’lgan mintaqada ishlab chiqarishni joylashtirish;
• tabiiy-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarishni joylashtirish;
• mehnat resurslaridan samarali foydalanish;
• transportning barcha turlarini rivojlantirish;
• qishloq xo’jaligi va sanoat o’rtasida to’g’ri mutanosiblikni ta’minlash;
• sanoat korxonalarini xom-ashyoga qishloq xo’jaligi korxonalarini esa ularning mahsulotlari iste’molchilariga yaqinlashtirish;
• fan-texnika taraqqiyoti va moddiy-texnika bazani takomillashtirish; • mamlakatning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash.
Qishloq xo’jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining turli ko’rinishlaridir. Joylashtirish - alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni respublika mintaqalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo’yicha miqdoriy taqsimlashni bildiradi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish uni ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog’langan. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishda mintaqa va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir. Natijada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish ta’minlanadi. Qishloq xo’jaligi hududlarini yoki alohida korxonalarni ixtisoslashtirish asosiy tarmoqni ajratib olish va uning rivojlanishiga sharoit yaratishdir. Ixtisoslashtirish ishlab chiqarish yo’nalishini xarakterlaydi va hudud yoki xo’jalikning tarmoq strukturasini aniqlaydi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning iqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
• ishlab chiqarishning asosiy vositasi - yerdan samarali foydalanish uchun sharoit yaratadi. Shu asosda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining miqdorini ko’paytiradi va sifatini yaxshilaydi;
• Ixtisoslashtirish qishloqda mehnat resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkoniyat yaratadi. Dehqonchilik va chorvachilik xodimlarining professional strukturasini o’zgartiradi, kadrlarning malakasini va mehnat unumdorligini oshiradi;
• Ixtisoslashtirish kapital qo’yilmalar va asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti hisoblanadi. Ishlab chiqarishga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va ilg’or tajribalarni joriy qilishga imkoniyat yaratadi;
• Ixtisoslashtirish tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini pasaytirish hamda rentabellikni oshirishga sharoit yaratadi va hokazo.
Qishloq xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko’rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va geografik joylashuvidir. Cho’l zonalarda, tabiiy yog’ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho’l zonalarida joylashgan korxonalar qo’ychilik, shuningdek, qorako’lchilik yo’nalishiga, tog’ yonbag’rida joylashgan korxonalar bog’dorchilikka ixtisoslashgan. Bundan tashqari, ayrim hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlari biror turdagi qishloq xo’jaligi mahulotini yetishtirish uchun qulay bo’ladi. Masalan, Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlari tabiiy-iqlim va tuproq shariotlari anor yetishtirish uchun qulaydir. Shuni inobatga olgan holda hukumatimiz tomonidan viloyatda anorchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. 2021-2022-yillarda Surxondaryoda 9432 gektar yerda anorzorlar barpo etilishi va yillik hosil hajmini yaqin kelajakda 300 ming tonnaga yetkazish ko’zda tutilgan. Ayniqsa Sherobod tumanida yetishtiriladigan anorlar o’zining mazasi, tashqi ko’rinishi va
hosildorligi bilan ajralib turadi. Shu bois uning bozori chaqqon, dovrug’i chet ellarga ketgan. Tumanda 48 ta mahallaning 33 tasi anor yetishtirishga ixtisoslashgan. Hozirgi vaqtda Sherobod tumanida yiliga 30 ming tonna anor yetishtiriladi. Shundan 8 ming tonnasi eksportga chiqarilmoqda. Yaqingacha tumanda 2400 gektar anorzor bor edi. So’nggi yillarda tumandagi anor yetishtirish uchun mavjud qulay sharoitdan unumli foydalanish maqsadida paxta va g’alla maydonlari o’rnida fermer xo’jaliklari va tadbirkorlar tomonidan anor bog’lari tashkil etishga e’tibor kuchaymoqda. 2021-yilda Sherobod tumanida besh ming, Muzrabot tumanida ikki ming va Qiziriq tumanida ming gektar yerda anor plantatsiyalari tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, tumanda “Sherobod anor impeks” korxonasi ham tashkil etilgan. 5 million dollarlik mazkur loyiha natijasida anorni qadoqlash va qayta ishlash yo’lga qo’yilgan. Uskunalar Janubiy Koreya va Sloveniyadan keltirilgan. Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Qishloq xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri – xo’jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xususan, sobiq ittifoq davrida va mustaqillikning ilk davrida davlat tomonidan paxta va g’alla yetishtirishning strategik yo’nalishlar sifatida e’tirof etilishi, paxta va g’allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo’nalishidagi qishloq xo’jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g’alla yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o’tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Masalan, Farg’ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi egallagani bilan mashhurdir.
2. Ixtisoslashtirishning shakllari, ko’rsatkichlari va samaradorligini oshirish imkoniyatlari.
Qishloq xo’jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog’liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va xo’jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob-kitob qilinadi va so’ng qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi ta’minlanadi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida ro’y berib, ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks ettiradi. Shuning uchun ixtisoslashtirish o’zgarishlarga boy jarayon bo’lib, tinimsiz rivojlanadi va takomillashadi.
Qishloq xo’jaligida ixtisoslashuv deganda mamlakatning ayrim iqtisodiy hududlari, tuman va ayrim xo’jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko’plab yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Qishloq xo’jaligini ixtisoslashtirish kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o’sirish, mehnat vositalari va buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ixtisoslashtirish darajasining chuqurlashuvi jarayonida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o’zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda butun qishloq xo’jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi.
Qishloq xo’jaligi korxonasini ixtisoslashtirish ikkita guruhga bo’linadi:
• xo’jalik ixtisoslashuvi;
• tarmoq ixtisoslashuvi.
Xo’jalik ixtisoslashuvi o’z navbatida xo’jaliklararo ixtisoslashuv va ichki xo’jalik ixtisoslashuviga bo’linadi. Xo’jaliklararo ixtisoslashuvda bir necha mustaqil korxonalar o’z mablag’larini, yetarli samara bermayotgan sohani birgalikda birlashtirish orqali ishni maqsadga muvofiq tashkil etishi tushuniladi. Bunday ixtisoslashuv xo’jaliklararo korxona sifatida namoyon bo’ladi. Bunday korxona mas’uliyati cheklangan jamiyat, kooperativlar, hissadorlik korxonasi kabi shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Ichki xo’jalik ixtisoslashuvining mohiyati – korxona ishlab chiqarish bo’linmalari yoki hududlarini biron turdagi mahsulot yetishtirishga yo’naltirish, biror turdagi mahsulotni maqsadga muvofiq hajmda joylashtirishdir. Bunday ixtisoslashuv korxona ishlab chiqarish resurslaridan to’la va samarali foydalanish imkonini beradi, resurslarning korxona hududida samarasiz harakatini cheklaydi;
Tarmoq ixtisoslashuvi o’z navbatida tarmoq bo’yicha ixtisoslashuv va tarmoq ichida ixtisoslashuvga bo’linadi. Tarmoq bo’yicha ixtisoslashuvda korxonada bir yoki bir nechta tarmoq maqsadga muvofiq hajmda joylashtiriladi. Masalan, korxona o’simlikchilik yoki chorvachilikka ixtisoslashadi, yoki bo’lmasa, paxtachilikka va sabzavotchilikka yoki sutchilikka va ko’chat etishtirishga ixtisoslashishi mumkin. Tarmoq ichida ixtisoslashuvning chuqurlashib borishi va uning chegarasi mahsulot yetishtirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonni mustaqil ajralib, natijada bu mahsulot sifatida namoyon bo’lishidir.
Mamlakat miqyosida olganda ma’lum mintaqalar biror turdagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashishi mumkin. Bunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishda mintaqa yoki iqtisodiy tumanlar bo’yicha mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Bu mamlakat, viloyat va qishloq xo’jaligi hududlari va boshqa shu kabi ma’lum hududiy birliklarning ixtisoslashishidir. Tovar qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo’jaligi hududlari yoki ma’muriy-hududiy bo’linmalar o’rtasidagi mehnat taqsimoti amalga oshadi. Masalan, mamlakatimizning g’arbiy mintaqasi (Xorazm viloyati,
Qoraqalpog’iston Respublikasi) sholi, baliq yetishtirishga, markaziy mintaqada joylashgan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari meva, sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashgan, Surxondayo viloyatida esa shimoliy mintaqa (Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov tumanlari) asosan mevachilikka ixtisoslashgan va hokazo;
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni yanada takomillashtirishni, respublika va ma`muriy-hududiy birliklar xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini ixtisoslashtirish hamda majmuali taraqqiyotni ta`minlashni, mehnat resurslaridan shuningdek tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanishni, hududiy rejalashtirish hamda xalq xo`jaligini boshqarish, tarmoq tamoyilining oqilona uyg`unlashuvini talab etadi. Mazkur muammolarning ijobiy hal etilishi ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish va joylashuvini yaxshilashga, ijtimoiy, mehnat hamda tabiiy resursladridan yanada to`laroq foydalanishga, qishloq xo`jalik ishlab chiqarish tarmoq tarkibini takomillashtirishga, takror ishlab chiqarishni yuqori darajasini ta`minlashga imkon yaratadi.
Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish va ixtisoslashtirish yer, mehnat resurslari, asosiy hamda aylanma fondlardan samarali foydalanish imkoniyatini berish bilan bir qatorda ijtimoiy mehnat samaradorligini, yalpi mahsulot hajmining ortishini va shuningdek qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining o`sish sur`atlarini jadallashtirishni ta`minlaydi.
Mustaqillik va bozor iqtisodiyoti sharoitida dehqonchilik hamda chorvachilik tarmoqlarini oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvini takomillashtirish ilmiy asoslangan amaliy ko`rsatmalar ishlab chiqarishni tarixiy zarurat sifatida ilgari surdi. Bu esa qishloq xo`jaligida istiqbolli yo`nalishini aniqlashda, uning ishlab chiqaruvchanlik xususiyatini yanada belgilab beruvchi almashlab ekish usullarini joriy etishda, maydon birligidan hosil qilinadigan ekologik jihatdan toza mahsulot miqdorini oshirishda muhim o`rin tutadi.
Ma`lumki ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning umumiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
-iqtisodiy rayonlar tabiiy va mehnat resurslarini maksimal darajada ishlab chiqarishga jalb etish;
-xom ashyoni ishlab chiqarishda, qayta ishlash hamda tayyor mahsulotni qayta ishlashda mehnatni har tomonlama iqtisod qilish;
-iqtisodiy rayonlarning majmuali taraqqiyotini va ularning to`g`ri ixtisoslashuvini ta`minlash;
-ayrim rayonlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish;
-mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash;
Ilmiy texnika inqilobigina qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini intensivlash jarayoniga hal etuvchi ta`sir ko`rsatishi mumkin. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining bironta tarmog`i ham ilmiy tadqiqotlardan tashqarida rivojlana olmaydi, qishloq xo`jalik taraqqiyotiga ko`maklashadigan bironta tadbir ham ilmiy tadqiqotlardan chetda qolmaydi. Bu gap texnika, mexanika, iqtisod, seleksiya va qishloq xo`jaligi bilan an`anaviy aloqada bo`lgan boshqa sohalargina emas, balki fandagi yangi yo`nalishlarga ham taalluqlidir. Xususan, xo`jalikka fan-texnika yutuqlarini joriy etibgina qolmay, foydalaniladigan har gektar yerdan barqaror va doimo ortib boradigan hosil olish, shuningdek, butun bir tadbirlar majmuasini amalga oshirsa bo`ladi.Qishloq xo`jaligida fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish jarayonlarining barcha elementlarini sifat jihatdan takomillashtirishni talab etadi. Dehqonchilikning barcha tarmoqlarini, chorvachilikni kompleks mexanizatsiyalashtirish, dehqonchilik va chorvachilikka ilg`or texnologiyani joriy etish, xo`jalik jihatdan qimmatli, foydali sifatlarga ega bo`lgan yangi nav o`simliklar va mol zotlarini yaratish ham shu jumlaga kiradi.
Ma`lumki, iqtisodiyot tarmoqlari ichida eng qadimiysi qishloq xo`jaligidir. Uning evolyutsion rivojlanishi hududiy tashkil qilish shakllarining murakkablashib borishi va takomillashuvi bilan birga sodir bo`ladi.
Qishloq xo`jalik tarmoqlari-dehqonchilik va chorvachilikning ma`lum hududda joylashtirilishi yoki shtandorti dastlab nemis iqtisodchisi Iogann Genrix fon Tyunen tomonidan 1826 yilda ishlab chiqilgan.
Ta`kidlash joizki, aynan ana shu olim iqtisodiyot nazariyasida birinchi bo`lib ishlab chiqarishning hududiy jihatiga e`tibor qaratdi, hududiy iqtisodiyot ta`limotiga qo`l urdi, iqtisodiy makon tushunchasini fanga kiritdi. U iqtisodiyotni hududiy tashkil etish masalalariga majmuali, tizimli yondashdi, qishloq xo`jaligi tarmoqlari joylashuvining qonuniyatlarini ochib berdi.
I.Tyunen o`zining ilmiy g`oyasini abstrakt holatda, alohida, boshqa mamlakatlar bilan bog`liq bo`lmagan, ajralib turgan davlat misolida yaratdi. Uning faraz qilishicha, bu mamlakatda atigi bitta shahar mavjud bo`lib, u qishloq xo`jalik mahsulotlarini iste`mol qiluvchi yagona bozor yoki markaz vazifasini o`taydi. Mazkur shahar atrofida qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish asosan transport xarajati, mahsulot vazni, uning sifatini buzilmasligi va keltirish masofasi belgilaydi. Aynan ana shu transport omili, uning iqtisodiy jihatlari qishloq xo`jalik tarmoqlarini shahardan uzoq yoki yaqin masofada joylashuv tizimini shakllantirdi. Agar mahsulot yetishtirish va uni markazga keltirish qancha arzon bo`lsa, u shuncha yaqin masofada , aks holda uzoqroqda joylashadi.
Yuqoridagi tartibda qishloq xo`jaligini joylashtirish shahar atrofida o`ziga xos aylanalarni hosil qiladiki, ular ilmiy adabiyotlarda “Tyunen xalqalari” nomi bilan mashhur. Masalan, bu xalqaning eng birinchisi yuqori darajada unumdor shahar atrofi xo`jaligidan iborat bo`lib, undan keyingi xalqa o`rmon xo`jaligi, uchinchisi-meva va urug`chilikdan tashkil topadi. Jami Tyunen 6 xalqa belgilagan; ular, yuqoridagilardan tashqari, turli yo`nalishdagi chorvachilikni ham o`z ichiga oladi.
Albatta, I.Tyunen g`oyasi ma`lum darajada abstrakdir. Chunki, hech qanday davlat, ayniqsa iqtisodiyotning hozirgi globallashuv va boynalminallashuv jarayonida jahon xo`jaligi tizimidan ajralgan holda, alohida rivojlana olmaydi. Qolaversa bu mamlakatda odatda bir emas, bir necha shahar mavjud bo`ladi. Biroq shunga qaramasdan maullifning ushbu ta`limoti o`zining nazariy ahamiyatini, xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida saqlab qolgan.
Chindan ham shahar atrofi qishloq xo`jaligi hozirgi kungacha xalqasimon tashkil etiladi: eng yaqin joyda sabzavot, karam, kartoshka, undan uzoqroqda sut chorvachiligi, donchilik, parrandachilik, bog`dorchilik va uzumchilik, go`sht-jun chorvachiligi ma`lum tartibda joylashadi. Bunday hududiy agrotizimning vujudga kelishida transport, bozor omili, mahsulotning arzonligi va xaridorgirligi, sifatining buzulmasligi katta ahamiyatga ega.
Shu bilan birga keyingi yillarda transport infrastrukturasining takomillashuvi, iste`molning xususiylashuvi, “yashil inqilob” qishloq xo`jaligining mexanizatsiyalashuvi, sanoatning qishloq joylarga kirib borishi kabi yangiliklar, agrobiznes, ya`ni qishloq xojaligini qayta ishlash sanoati bilan uyg`unlashtirish, birlashtirish bu sohaning hududiy tashkil etishga ancha o`zgartirishlar kiritdi. Bundan tashqari, yuqorida qishloq xo`jaligi tarmog`ining faqat bir funksiyasiga, ya`ni uning aholini oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini qondirish tomoniga ko`proq e`tibor qaratildi, xolos. Agar shu nuqtai nazardan yondoshadigan bo`lsak, rus olimi K.I.Ivanovning “geografik konveyr” g`oyasi ham ma`lum mamalakatning yirik markazlarini yil davomida uning turli hududlaridan qishloq xo`jaligi, ayniqsa “shaharbop” mahsulotlar pomidor, bodring, karam, ko`katlar bilan ta`minlab turishdan iborat. Darhaqiqat, oxirgi yillarda Toshkent bozorlarida yuqoridagi mahsulotlar yilning to`rt faslida ham mavjud.
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyotini oshirishda mehnat resurslari va mutaxassislarning ko`p-ozligiga bog`liqdir. Masalan, o`rtacha 1sentnerdan qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirishda 1,2 ishchi kuchi sarflansa, kartoshka uchun 2,8, paxta uchun 3,5, qand lavlagi uchun 1,3, poliz ekini uchun 7,1, sut boyligi uchun 9,0, ming dona tuxum uchun 21,0, sifatli jun uchun 260 ishchi kuchi sarflanadi.
Qishloq xo`jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni o`z navbatida sifatli qilib iste`molchilarga yetkazib berishda qulay transport tizimining hissasi beqiyos bo`lsa, tayyor mahsulotlarni aholiga, korxonalarga tarqatishda savdo xodimlarining ham muhim va iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Yuqoridagi omillar tufayli, qishloq xo`jaligi tarmoqlarini to`g`ri joylashtirish hamda rivojida ta`sir etadigan omillarning ayrimlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
4-jadval





Yüklə 77,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin