Qisqa masofalarga yugurish texnikasini o’rgatish
Reja:
1.
Qisqa masofalarga yugurish.
2.
Qisqa masofaga yugurish (sprint)
3.
Qisqa masofalarga yuguruvchilar uchun maxsus mashqlar
Qisqa masofalarga yugurish
– bu qadimiy sport musobaqasi.
Sprint
sportchining jismoniy va psixik sifatlariga yuqori talablar qo’yadi. Dunyo
sprinterlarining barcha rekord natijalari qisqa
masofalarga yuguruvchilarni
tayyorlashga bo’lgan zamonaga xos yangi yondashuvlar bilan bog’liq. Bu
sportchilarni tayyorlash uslubiyatiga doir to’plangan jahon tajribasini o’rganib
chiqishni taqozo etadi.
Qisqa masofaga yugurish (sprint)
– maksimal intensivlikda qisqa vaqt
davomiyligida ish bajarish bilan tavsiflanadi. Qisqa masofalarga yugurishda 60,
100, 200 va 400 metr masofalar belgilanadi. Angliya, AQSh, Avstraliya va boshqa
bir qator mamlakatlarda qisqa masofalarga yugurish bo’yitcha sprint musobaqalari
100, 220 va 440 yard masofa bo’yicha o’tkazilib,
bu masofalar mos ravishda
91,44, 201,17 va 402,34 metr masofaga to’g’ri keladi. Qisqa masofalarga yugurish
tarixi Qadimda Olimpiya o’yinlari tashkil qilinishi tarixi bilan bog’liq hisoblanadi
(eramizgacha 776 yilgacha). Bu davrda ikkita masofaga yugurish musobaqalaridan
foydalanish ommalashgan – jumladan, bitta bosqichli (192,27 metr)
va ikki
bosqichli yugurish musobaqalari qo’llanilgan. Yugurish musobaqalari
alohida
yugurish yo’laklari bo’ylab amalga oshirilib, start chizig’idan marra chizig’igacha
belgilangan va bunda yo’laklar tanlanishi ishtirokchilar uchun qur’a tashlash yo’li
bilan hal qilingan. Yugurish maxsus buyruq asosida boshlangan.
Belgilangan
vaqtdan oldin yugurishni boshlagan atletlar xivchin bilan savalangan yoki pul
mablag’i qiymatida jarima to’lagan. Ayollar uchun Olimpiya o’yinlari alohida
tartibda o’tkazilgan. Ular uchun yugurish bitta tur bo’yicha – ya’ni, stadionining
5/6 qismiga teng bo’lgan (160,22 metr) yugurish masofasida belgilangan.