Qo’shtepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida o’quv ishlari bo’yicha bajarilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOTNOMA
Qo’shtepa tuman 2-son kasb-xunar maktabida 2022-2023 o’quv yili davomida barcha fanlar boyicha mutaxassis o’qituvchilar bilan taminlangan. Kasb-hunar maktabida 19 ta asosiy o’qituvchi ,10 ta ichki o’rindosh o’qituvchi,11ta tashqi o’rindosh o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Fan olimpiadalarida kasb-hunar maktabi o’quvchilari hamma fanlardan qatnashib tumanda faxrli orinlarni egalladilar.Jumladan ona tili fanidan Abdug’afforova Mukammalxon 3-orin, Informatika fanidan Anvarov Zikrillo 4-o’rin, Ingliz tilidan uvchi Tikuvchilik yo’nalishida “World Skills” xalqaro musobaqada Ubaydullayeva Madinabonu ishtirok etib, faxrli o’rinni egallagan.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashbbus” doirasida “Yosh kitobxon” onlayn musobaqasida Ro’ziyeva Gulbaxor faxrli “Eng zukko kitobxon” yo’nalishi bo’yicha yutuqga erishdi.
IT soha bo’yicha kompyuter yo’nalishidagi o’quvchilarimiz o’zlarini bilim va saviyalari bo’yicha dasturlash yo’nalishida guvohnomalarga ega bo’ldilar.
O’quvchilar o’rtasida “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish” maqsadida bir necha marotaba tuman IIB hamkorligida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Diniy ma’rifiy soha bo’yicha o’quvchilar o’rtasida “Ommaviy madaniyatga qarshi kurash” ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.
Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ularni ongida bunyodkor g’oyalarni singdirish uchun kasb-hunar maktabida odob-axloq, ta’lim-tarbiya berish,to’g’ri yo’lga yo’naltirish,sifatli ta’limni to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadida turli hil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilib,o’tkazilib kelinmoqda.
Kasb-hunar maktabida o’quvchilarni muntazam ravishda dars mashg’ulotlariga qatnashishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish uchun har chorakda ota-onalar yig’ilishlari o’tkazilib kelinmoqda.
TAKLIFLAR:
Kelgusi yil davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyaviy tadbirlarni ko’proq o’tkazish,ota-onaning farzandiga qanday tarbiya berib borishi to’g’risida tegishli tashkilotlarning doimiy nazoratini kuchaytirish,badiiy havaskorlik to’garaklarini ko’paytirish, “Besh muhim tashabbus” asosida yoshlarni bo’sh vaqtini samarali tashkil etish,ularga mutoala sirlarini o’rgatish,kitobxonlikni keng targ’ib qilish,sportga ommaviy jalb qilish,vatanparvarlik tuyg’ularini jo’sh urdiradigan kitoblar tanlashda yordam berish,oldi-qochdilardan san’at asarini farqlash sirlarini o’rgatish, turli ijtimoiy tarmoqlarda uzatilayotgan axborotlarni qabul qilayotgan yoshlar ongida analiz va sintez qila oladigan madaniy ongni shakllantirishimiz kerak.
Qo’shtepa tuman 2-son kasb-hunar
maktabi YOBIBDO’ : N.Po’latbekova
Dostları ilə paylaş: |