O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI FIZIKA YO‘NALISHI 4-kurs 018-47-guruh talabasi Raximov Azamatning lazer fizikasi fanidan “Optik kvant generatorlar.Lazerlar” mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Bajardi: Raximov A
Qabul qildi: Botirov H
QARSHI-2022
MAVZU: OPTIK KVANT GENERATORLAR.LAZERLAR
REJA:
KIRISH…………………………………………………………………3
1. 1. Lazerlar haqida ma`lumotlar…………………………………………………………….6 2.Generatorlar haqida ma`lumotlar…………………………………………………………….11
2 KIRISH. Lazer fizikasini chuqur о‘rganish ijtimoiy hayotimizda juda foydalidir, chunki hozirgi kunda ishlab chiqarishning barcha sohalarida yengil va og‘ir sanoatda, geologiyada xullas barcha sohalarda lazerlar keng ishlatiladi. Buni biz lazerli texnologiya mavzusida kо‘rib о‘tishimiz mumkin.
Spektrning optik qismida ishlatiladigan yorug’lik manbalarining nurlanishi kogerent bo’lmaydi, masalan, manbaning butun nurlanishi uning atomlari, molekulalari, ionlari, erkin elektronlari kabi mikroskopik elementlari chiqarayotgan va o’zaro kogerent bo’lmagan oqimlardan tashkil topgan bo’ladi. Gaz razryadining yorug’lanishi, su’niy va tabiiy manbalarning issiqlik nurlanishi, turli usulda uyg’otilgan lyuminessensiya kogerent bo’lmagan nurlanishga misol bo’la oladi.
XX asrning 60 yillari boshida boshqa tipdagi yorug’lik manbalari yaratilgan bo’lib, ular optik kvant generatorlari (OKG) yoki lazerlar deb ataladi. Kogerent bo’lmagan manbalardagiga qarama-qarshi ravishda kvant generatorning bir-biridan mikroskopik masofalarda bo’lgan qismlaridan chiqayotgan elektromagnitik to’lqinlar o’zaro kogerent bo’ladi. Bu jihatdan kvant generatorlari kogerent radio to’lqinlari manbalariga o’xshash bo’ladi.