OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN
REFERAT MAVZU: ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI VA UNI TA’MINLASHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI
Bajardi:___________________________ __________________________________ Qabul qildi: _______________________ __________________________________ Toshkent-2023 MAVZU: ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI VA UNI TA’MINLASHNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI
Reja : Kirish. 1. Ishlab chiqarish samaradorligi.
2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
3. Iqtisodiy samaradorlikni oshirishning hozirgi zamon muammolari va ularni hal etish yo’llari.
Xulosa
Kirish. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash korxona, firma va kompaniyalarning xo’jalik-moliyaviy boshqaruv tizimiga yangicha yondoshishni ta’qozo etadi. Korxonalaming iqtisodiy mustaqil va moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlari, ularda boshqaruvni to‘g‘ri tashkil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni oqilona yo‘lga qo‘yish, fan va texnika yangiliklaridan, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliyaviy boshqaruv va moliyaviy rejalashtirishni to‘g‘ri tashkil etilish kabi bir qator omillarga bog‘liq. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalami ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, kichik hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bog'liqdir. Har qanday mulkchilik shaklidagi korxonalarda dastlab ish faoliyatini tashkil etish, kelgusida ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatishni samarali boshqarish va moliyaviy barqarorlikka erishishda biznes rejaning o‘ni muhim ahamiyat kasb etadi.