Referat mavzu: «Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi demokratik tamoyillarning amaliy ifodasidir»



Yüklə 34,7 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü34,7 Kb.
#99567
növüReferat
REFERAT

REFERAT



MAVZU: « Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi – demokratik tamoyillarning amaliy ifodasidir»


REJA:
1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati.
2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni .
3. Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar.
4. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha tashkilotlar faoliyati


1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati Inson huquqlari va erkinliklari – oliy qadriyat Inson huquqlari insoniyat mavjudligining va birgalikda yashashining asosidir. Inson huquqlari barcha uchun umumiy, ajralmas va o’zaro bog’liqdir. Aynan inson huquqlari bizni odam qiladi. Inson huquqlari mavjud barcha dinlar va madaniyatlarga xos bo’lgan va tinchlik va taraqqiyot asos bo’lgan o’zaro kelishuvchanlik an’anasini o’zida mujassamlashtirgandir. Inson huquqlari hech bir madaniyat uchun begona emas va barcha xalqlar uchun tabiiydir.
Kelishuvchanlik va bag’rikenglik doimo davlat boshqaruvi va inson axloqining intilish tamoyillari bo’lib kelgan. Inson huquqlari xususida gap borganida, har qanday huquq nazarda tutilavermaydi. Zotan, har bir kishi ko’ngli tusagan taomni iste’mol qilish yoki o’zi kiyimni kiyish kabi huquqlarga ham ega. Lekin bunday huquqlar normativ jihatdan tartibga solinmaydi. Bunga hojat ham yo’q. Chunki bular jamiyatning milliy-madaniy va ma’naviy qoidalari, an’analari, odat normalari bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda ana shu tamoyillar inson huquqlari deb atalmoqda. Inson huquqlari tushunchasi xususida shuni ta’kidlash joizki, bu ibora ob’ektiv va sub’ektiv ma’noda qo’llaniladi. Ob’ektiv ma’noda, inson huquqlari bu shaxsning huquqiy maqomini belgilovchi, jamiyatda davlat va shaxs o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tartibga soluvchi xalqaro va milliy huquqiy normalar tizimidir. Sub’ektiv ma’noda, esa inson huquqlari bu huquqiy normalarda mustahkamlangan,

muayyan shaxsga tegishli bo’lgan va davlat tomonidan himoya qilinadigan yurish-turish va hatti-harakatlar imkoniyati yoki vakolatlar tizimidir1 . Inson huquqlari tushunchasi va unga bo’lgan e’tibor B. Spinoza va T.Gobbs asarlarida, ularning o’sha davrga xos siyosiy falsafasida chuqur iz qoldirgan. Bu J.Lokk, Sh.L.Monteske, J.J.Russo va G.V.Gegel asarlarida1 yanada rivojlantirildi.


Qadimgi yunon faylasufi Arastuning “inson – ijtimoiy mavjudot” degan fikri inson huquqlari nuqtai nazaridan o’ziga xos ahamiyatga ega. Inson ijtimoiy mavjudod sifatida o’z mohiyatini jamiyat tarkibida namoyon qilishi mumkin. “Har qanday huquq, shu jumladan inson huquqlari kishining biologik mohiyati bilan emas, balki uning ijtimoiy mohiyati, muayyan jamiyat a’zosi ekanligidan kelib chiqadi. Demak, jamiyatdan tashqarida, boshqa kishilar bilan biron-bir ijtimoiy munosabatlarga kirishmaydigan odamning huquq va erkinliklari to’g’risida gapirishning o’zi o’rinsizdir. Inson huquqlari falsafasining asosi – bu shaxs qadr-qimmatidir. Tabiiy huquq ta’limoti asoschilaridan biri, frаnsuz mutafakkiri J.J.Russoning fikricha, inson qadr-qimmati uning mohiyatidir, o’z erkinligidan voz kechish-insonning o’z qadr - qimmatidan, huquqlaridan, majburiyatlaridan voz kechish demakdir. Bu inson tabiatiga ziddir2 . Inson qadr-qimmati uning huquq va erkinliklari hamda majburiyatlarining manbai hisoblanadi. Holbuki, yetarli huquq va erkinliklarga hamda muayyan majburiyatlarga ega bo’libgina inson shaxs sifatida o’z imkoniyatlarini namoyon qila oladi. Bu o’z navbatida insoniyat taraqqiyotiga yo’l ochib beradi. Inson huquqlari – moddiy va ma’naviy ne’mat, shart-sharoitlar tizimidir, bularsiz inson normal hayotiy faoliyatini yo’lga qo’yishi, fazilat va xususiyatlari rivojlanishiga erishish, “fuqarolik manfaatlari”ni amalga oshirish mumkin emas. Fuqarolik manfaatlari, deb men hayot, erkinlik, sog’liqni va jismoniy azobuqubatlarning yo’qligi hamda pul, yer, turar-joy, uy anjomlari va boshqa moddiy ne’matlarga ega bo’lishni tushunaman, - deb yozgan edi J.Lokk3 . “Inson huquqlar” – quloqqa hush yoqadigan bu ibora XX asrning so’nggi choragida dunyo xalqlarining so’z qutisida eng iste’molbop kalomga aylandi va butun siyosatchilar va arboblarning tili uchida turadi. Salohiyatli davlat arbobining tilida bu so’zlar odamlarning qutlug’ niyatlarini ifoda etsa, o’zini “oppozitsiya” ataydigan siyosatbozlar ularni notoza siyosiy “qimorbozlik”larida “ko’p zo’r” (“kozir”) qartaga aylantirib olmoqchi bo’ladilar1 . AQSH, Rossiya kabi ulkan davlatlarning ayrim arboblari esa yangi mustaqil davlatlarning irodali rahbarlarini o’z yo’rig’lariga yurgizish maqsadida “Inson huquqlari”ni zohiriy va botiniy intilishlariga niqob qilib kiydirishmoqchi bo’ladilar. “Inson huquqlarini poymol qilgan”likda, “rusiyzabon aholini kamsitish”da ayblayotib, ular faqat insonning siyosiy huquqlarini nazarda tutadilar, holbuki insonning yashash, nasl qoldirish, mehnat qilish kabi odamiy, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqaroviy, madaniy huquqlari ham bor2 . Har bir inson millati, irqi, ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar, boshqa insonga teng ekani kabi boyligi, harbiy qudrati, aholisi-hududiy kengligidan qat’iy nazar, jahon hamjamiyati qoshida har bir mamlakat boshqa mamlakat bilan teng huquqlidir. Ulkan davlatlar huquqi ko’p bo’lishi mumkin emas, mas’uliyati esa ko’p bo’lmog’i kerak. “Inson huquqlariga haqiqiy kuch bag’ishlovchi narsa ularning umumiyligidir. U har qanday chegaralarni kesib o’tadi, har qanday to’siqlarni bartaraf etadi, har qanday kuchni mavh etadi. Inson huquqlari uchun kurash hamma vaqt va hamma yerda yakkahokimlik va adolatsizlikning barcha shakllariga: qullik, mustamlakachilik, aparteidaga qarshi kurash bo’lib kelgan. Bugungi kunda uning dolzarbligi kamaygan yoki mohiyati o’zgargan emas”3 . Inson huquqlarini himoya qilish zarurati shunday vaqtda yuzaga keldiki inson, uning qadr-qimmati, shani, or-nomusi, g’ururi va eng muhimi uning hayoti hech qanday ahamiyat kasb etmay qolgan davr edi. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, Buyuk Britaniya, Chor Rossiyasi, Fransiya va boshqa davlatlarning mustamlakachilik siyosati yoki butun dunyo ommasini larzaga solgan ikki birbiridan katta jahon urushlari. Ana shu davrda insonning qadri bir chaqalik qiymatga ega emas edi. Birgina ikkinchi jahon urushi davrini misol qilib olaylik, fashistlar germaniyasi tomonidan qanchadan-qancha odamlar turli xil juda jirkanch yo’llar orqali shavqatsizlik bilan o’ldirib yuborildi. Ular ustida turli xil tajribalar o’tkazildi, vaholanki, bunday jirkanch ishlarni inson bolasi qilganligiga ishonish qiyindir. Inson huquqlari himoyasi tarixan katta yo’lni bosib o’tdi. Inson huquqlari va erkinliklari tizimi o’z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantiqiga ega.
2.Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi2 . “O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uch1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi2 . “O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uchun eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi”3 . Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar un eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi”3 . Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir1 . O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini ko’lga kiritishi mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari bo’lgan inson huquqlari va manfaatlari kabi demokratik qadriyatni rivojlantirish imkoniyatini berdi. Inson huquqlari yuksak darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon fuqarolik jamiyatidir. O’zbekistonda bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-harakatlar va ijtimoiy- siyosiy faoliyatning bosh mezoni inson ekanligi alohida ta’kidlangani diqqatga sazovordir2 . Istiqlol yillari davomida respublikada amalga oshirilayotgan barcha jabhalardagi islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirish, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratishga qaratilgan. Inson huquqlarini qonun bilan himoya qilish va amalga oshirish – jamiyat demokratligining muhim va birlamchi ko’rsatkichidir. Insonning e’lon qilingan huquqlari uning yuqori darajasi va ularga og’ishmay rioya etish huquqiy davlatning ajralmas belgisi bo’lmog’i kerak.
O’zbekiston davlatining o’z oldiga qoygan muhim vazifalaridan biri o’z fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlash, ta’minlash va qo’riqlashdir. Bu vazifaning huquqiy ifodasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining X bobida aks ettirilgan. Huquqiy demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan O’zbekiston Respublikasi yashovchi har bir inson, fuqaro o’z huquq va erkinliklari qonunlar bilan kafolatlanganligini bilish shart1 . “Demokratiyaning eng muhim prinspi – odamlarning saylov huquqi, o’z xohish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini royobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy zamin yaratib berilishi lozim”2 ,- deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. O’zbekiston Respublikasida insonlar asrlar osha orzu qilib kelgan demokratik huquq va erkinliklar kafolatlanmoqda. O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu mustaqil, huquqiy, demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’it nazar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir3 . Hozirgi kunda inson huquqlari nazariyasi yangi mazmun kasb etib, yanada dolzarb mavqeyga ko’tarilib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik deklaratsiyasi” (1990-yil 20-iyun) va ‘Davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida”gi (1991-yil 31-avgust) qonundayoq inson huquqlarining zamonaviy falsafasiga asoslanadi: ya’ni “Inson huquqlari” davlat hokimyatining mezoni ekanligi anglab yetildi va unga sodiqlikni bayon etdi. Ana shunday adolatli g’oyalarni o’ziga singdirgan Konstitutsiya ham yaratildi (1992-yil 8-dekabr). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va fuqaroning huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o’zaro siyosiy-huquqiy aloqadorligi hamda mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga tayangan1 . O’zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga doir keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish va unga rioya etishning amaldagi mexanizmini vujudga keltirishda quyidagilar ustuvor etib belgilangan: 1. Respublikada inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishning huquqiy bazasini shakllantirish va takomillashtirish; 2. Inson huquqlarini ta’minlash sohasida sud hokimiyati va ijro hokimiyati idoralari faoliyatining samaradorligini oshirish va inson huquqlari boyicha qo’shimcha milliy tuzilmalar yaratish; 3. Inson huquqlariga amal qilish va uni hurmat qilishning zarurligini tushunishga erishish sohasida fuqarolarni aniq maqsadga qaratilgan va bosqichmabosqich huquqiy tarbiyalash hamda mansabdor shaxslarni huquqiy savodxonligini kuchaytirish yo’li bilan jamoatchilik ongini oshirishga ko’maklashish; 4. Inson huquqlari masalalari boyicha monitoring sohasida nodavlat tashkilotlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida fuqarolarning jamoatchilik tuzilmalari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni o’rnatish; 5. Inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishni huquqiy va tashkiliy ta’minlash sohasida xalqaro tajribani o’rganish va qo’llash hamda O’zbekistonning tarixiy an’ana va madaniy udumlarini hisobga olish2 . Dastavval bu ishlarning huquqiy tizimi yaratildi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari mustahkamlandi. O’zbekistonning 1992-yilgi Asosiy qonunida jamiyatimizda, iqtisodiyot, siyosat va mafkurada yuz bergan tub o’zgarishlarni aks ettiradi. Saidov A va Tadjixanov U O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mustahkamlangan inson huquqlariga oid qoidalarni quyidagicha tizimga solishni taklif etadilar: Birinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish – davlat majburiyatidir; Ikkinchidan, inson huquqlari va erkinliklari royxati xalqaro huquqiy standartlarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi; Uchinchidan, inson huquq va erkinliklari unga tug’ilganidan boshlab taaluqlidir, ya’ni tabiiy huquq g’oyasi, nazariyasining e’tirof etilishi; To’rtinchidan, inson huquqlari va erkinliklarining hammaga va har bir kishiga teng va barobar taalluqliligi; Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklari davlat idoralari faoliyatining mazmunini tashkil etadi; Oltinchidan, fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi; Yettinchidan, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi zarurligi1 . Bundan ko’rinib turibdiki respublikada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ham nazariy ham amaliy jihatdan amalga oshirilmoqda. Sobiq Ittifoq tarqab kеtgandan kеyin hozirgi MDH davlatlarida, shu jumladan, O`zbеkistonda ham inson huquqlari va ularni himoya qilishga katta e'tibor bеrilmoqda. Xalqaro huquq normalari talabiga muvofiq, O`zbеkistonda nafaqat inson huquqlari va erkinliklarini konstitutsiyaviy huquqiy himoyalash asoslari va kafolatlari shakllandi, shu bilar birga uni rag`batlantirish, himoya qilish yuzasidan tashkiliy mеxanizm hamda tеgishli milliy infrastruktura ham vujudga kеltiriddi.
Ma'lumki, 1995-2005 yillarni kurramizda inson huquqlari o`n yilligi dеb e'lon qilib BMT insoniyat tarixida vaqtning yangi hisobini boshladi. O`zbеkiston Rеspublikasi inson huquqlari xususida jamoatchilikni xabardor qilish Umumjahon kompaniyasini o`tkazishga qaratilgan umumjahon dеmokratik tashabbuslarning faol qatnashchisi bo`lib, jahonda inson huquqlari o`n yilligini ta'sis qilishga qaratilgan faoliyat rеjasiga o`z hissasini qo`shmoqda.
3. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha tashkilotlar faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-chaqiriq Oliy Majlis VIII sessiyasidagi nutqida davlatning barqarorligida tartib, qonunchilik va uyg’unlikni ta’minlash katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan edi2 . Bu borada esa davlat organlari va huquqni muhofaza qilush organlari bilan birga inson huquqlarini himoya qiluvchi demokratik institutlarning ham o’ziga xos o’rni bor. Ma’lumki, BMT ning inson huquqlariga bag’ishlangan ikkinchi umumjahon anjumanining tavsiyalariga ko’ra, jahondagi barcha davlatlarga inson huquqlari boyicha demokratik institutlar tizimini yaratish tavsiya etildi. Kеyingi yillarda jahondagi ko`plab ilg`or mamlakatlar kabi mamlakatimizda ham inson huquqlari masalalari bilan shug`ullanuvchi milliy institutlar tashkil topdi. Turli mamlakatlarda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning nomlanishi, huquqiy tizimlarda faoliyat yuritishi xilma-xilligini hisobga olib, mazkur institutlarning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin: •inson huquqlari boyicha komissiya (Gretsiya, Hindiston, Indoneziya, Qozog'iston, Koreya Respublikasi, Meksika, Mongoliya Tailand, Kamerun, Nigeriya, Uganda, JAR va boshqalar); •inson huquqlari boyicha maslahat komissiyasi (kengoshi) (Fransiya, Marokash, Rossiya, Lyuksemburg va boshqalar); • kamsitishlarga qarshi kurash komissiyasi (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada); •inson huquqlari boyicha institut (markaz) (Germaniya, Daniya, Norvegiya, Iordaniya, O’zbekiston); • ombudsman, inson huquqlari boyicha vakil, xalq himoyachisi, mediator, parlament kamissari, parlament advakati singari nomlar (Avstriya, Argentina, Ozarbayjon, Belgiya, Gruziya, Ispaniya, Polsha, Moldova, Peru, Sloveniya, Ukraina, O’zbekiston, Shvetsiya va boshqalar) bilan ham yuritiladi1 . Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari Milliy Markazi va O`zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti shular jumlasidandir. Ularni barchasining vazifasi inson huquq va erkinliklarini himoyalashga qaratilgan. Bu institutlarning tashkil topishida Prеzidеnt I.A.Karimovning xizmatlari kattadir.
O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar inson huquqlari boyicha xalqaro andozalar va ilg’or horijiy tajriba asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar faoliyatining eng muhim tomonlaridan yana biri, institut eshiklarining murojaat qilayotgan har bir shaxs uchun doimo ochiq bo`lishidir. Bunday institutlar xalqqa davlat idoralaridan ham yaqinroq bo`lishi, odamlarning imkoniyatlari, arizalarini sinchiklab o`rganishi va eng muhimi ularga yordam bеrishi lozim. Avvalo, O`zbеkiston Rеspublikasidagi barcha inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson huquqlari bo`yicha rivojlantirish va takomillashtirish, uni umuminsoniy hamda xalqaro mе'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir. I.A.Karimovning birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralda bo’lgan birinchi majlisida qilgan ma'ruzasida, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi (hozirgi kunda amaliy faoliyat olib borayotgan) institut tashkil etishning zarurligi va ahamiyatini xalq deputatlari e'tiboriga havola qilgan edi: “Parlamentimiz Oliy Majlisning inson huquqlari va erkinligini himoya qilish, uni amalga oshirish, unga kafolat berish borasidagi ta'siri hususida so’z yuritar ekanmiz, qator demokratik mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi, deb oylayman. Bu oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi, muhimi, u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni sifatini yangi jihatdan darajaga ko’tarishga xizmat qiladi”1 . Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi. Uning inson huquqlari borasidagi vazifalarni namunali amalga oshirishiga ko’maklashish uchun, 1995-yil 6-mayda, Oliy Majlis qaroriga binoan Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasi tashkil etildi. Vakil va Komissiya faoliyati mamlakat parlamentining 1995- yil 29- avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadigan bo’ldi.
Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) haqidagi qonun loyihasi umum xalq muhokamasi uchun «Xalq so’zi» va «Народное слово» gazetalarida 1997-yil 14-fevralda e’lon qilindi. 1997-yil 24-aprelida esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sakkizinchi sessiyada «Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) to’g’risida»gi qonun qabul qildi. O’zbekistonda parlament islohotlari o’tkazilib, bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tilgach, ushbu qonun 2004-yil 27-avgustda yangi tahriri qabul qilindi. Bu yangi qonun 22 moddadan iborat1 , yangi tahrirdagi qonunning har bir qoidasi inson huquqlari himoyasi uchun xizmat qiladi. Qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va prinsiplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan bo’shatilish tartibi, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman)2 faoliyat olib borishda uning faoliyatini tartibga soluvchi qonungagina emas, balki boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga ham asoslanadi. Bunday hujjatlar qatoriga Ombudsman Kotibiyati faoliyati to’g’risidagi nizom, Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boyicha Vakil huzuridagi komissiya reglamenti kabilar kiradi, ularda Vakil faoliyatining barcha yo’nalishlarini batafsil belgilab berilgan. Vakil o’z vazifalarini bajarishda, shuningdek «Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida»gi, «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari, mamlakatimiz boshqa qonun hujjatlari hamda inson huquqlari boyicha xalqaro konvensiyalarga amal qiladi3 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi “O’z bekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Reglamenti to’g’risida”gi qonunining 23-moddasida hamda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to’g’risida» gi qonunning 19-moddasida belgilangan1 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilining nomzodi Qonunchilik palatasida ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi. Qonunchilik palatasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash masalasi yuzasidan qarori Senatga yuboriladi. Ana shu qaror kelib tushganidan keyin Senat o’z majlisida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakilini saylash haqidagi masalani ko’rib chiqadi, uning mazkur masala hususidagi qarori qonunchilik palatasiga yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boyicha vakili nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko’rib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi2 . Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman) instituti Respublika Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi3 . Milliy institutlar o`zlarining mustahkam ishlangan huquqiy asoslariga ega bo`lishlari kеrak. Yuridik mе'yor va ularning nizomlarida inson huquqlari bo`yicha milliy institutlarning faoliyatiga tеgishli huquq va burchlar aniq bеlgilab qo`yilgan bo`lishi kеrak. Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, ular jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini qabul qilish va shu arizalar asosida tushuntirish ishlarini olib borish huquqlaridan foydalanadilar. Bu qabul qilingan qonunda Inson huquqlari boyicha vakilning huquqiy holati, faoliyat sohasi va prinsplari, shuningdek lavozimga saylanish va ishdan bo’shatilish tartibi, fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko’rib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berildi. Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)ning faoliyati quyidagi to`rt asosiy yo`nalishdan iborat: Birinchidan, Vakil zimmasiga tarbiyaviy va ma'rifiy funksiyalar yuklatilgan: u inson huquqlari bo`yicha boshqa milliy tizimlar qatori inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etish zaruriyatini yalpi tan oldirish va tushuntirishga kеng ko`lamda ko`maklashadi, jamiyatga O`zbеkiston qonunlari va xalqaro huquq normalarida mustahkamlab qo`yilgan inson huquqlari kafolatlari va burchlari haqida atroflicha axborot bеradi; Ikkinchidan, Vakil fuqarolar huquqlarining bеg`araz va insonparvar himoyachisidir: u inson huquqlari buzilganligi to`g`risidagi shikoyatlarni ko`rib chiqadi va tеkshiradi, ayrim tashkilotlar va mansabdor shaxslar yo`l qo`ygan xatoliklarni tutatish yuzasidan tadbirlar tavsiya qiladi, fuqarolar huquqlari tiklanishiga yordamlashib, inson huquqlarining jiddiy buzilishiga sababchi shaxslarni qonunga binoan javobgarlikka tortish to`g`risida tavsiya qilishga ham haqlidir. Uchinchidan, Vakil faoliyati chuqur analitik ish bilan bog`liq: u mamlakatda inson huquqlariga qanday rioya qilinayotganini o`rganishi va tahlil etishi, inson huquqlari buzilishini kеltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashi, O`zbеkiston huquq normalarining shu sohadagi xalqaro shartnomalariga qanchalar muvofiqligini tеkshrishi, inson huquqlariga amal qilishni ta'minlaydigan dasturlar ishlab chiqishi va boshqa tashkilotlar tayyorlagan analitik dasturlarning hayotga tadbiq etilishida ishtirok etishi lozim. Vakil faoliyatining to`rtinchi yo`nalishi inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, inson huquqlarini ta'minlash borasida mavjud chеt el tajribasini o`rganish va shu bilan birga, jahon jamoatchiligini rеspublikamizdagi inson huquqlarini ta'minlash va himoyalash ahvolidan xabardor qilib turishdir. Shunday qilib, Vakil faoliyatining aytib o’tilgan to’rt asosiy yo’nalishi O’zbekistonda inson huquqlari umumiy holatining yaxshilanishiga, inson va uning huquqlari jamoatchilik tomonidan hurmat qilinishiga hissa qo’shadi, zero mamlakatning muvaffaqiyatli demokratik taraqqiyotiga, siyosat, iqtisod, ekologiya va madaniyat sohasidagi ravnaqiga jahon sivilizatsiyasi tomonidan tan olingan inson huquqlari tantanasisiz erishib bo’lmaydi. Jamiyatgda inson huquqlariga rioya qilish va ularni himoyalash muammosi qanchalik samarali hal etilsa, demokratiyaga va fuqarolik jamiyati shakllanishiga shunchalik yaqinlashildi. “Biz uchun, — deb yozadi Prezident Islom Karimov, — fuqarolik jamiyati — ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada royobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qoyilmaydi. Ya'ni erkinlik va qonunga boysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi.
Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”1 . Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) o’z faoliyati davomida jamiyat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ana shu asosiy prinsiplarini taraqqiy ettirish, ularning hayotga tatbiq etilishi uchun xizmat qiladi. Ombudsman har yili o’zining faoliyati boyicha yillik hisobotini e'lon qiladi. Ushbu hisobotda uning o’z faoliyati yo’nalishlarida olib borgan ishlari to’g’risida batafsil ma'lumotlar beriladi. Fuqarolarning shikoyatlari bilan ishlash ombudsman institutining asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Fuqarolarning turli davlat organlariga murojaat qilishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalangan holda Ombudsmanga yo’llayotgan shikoyatlari yildan-yilga ko’payib bormoqda. 2009- yilda, masalan, Inson huquqlari boyicha vakiliga 10409 ta murojaat kelib tushdi, shundan Ombudsmanning bosh ofisiga 7394 ta, mintaqaviy vakillarga 1294ta shikoyat va arizalar kelib tushgan1 . Inson huquqlariga oid qonun hujjatlarini buzish hollarini aniqlash va fuqarolar murojaatlarini xal qilish maqsadida Inson huquqlari boyicha vakil O’zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Vakil qonunga muvofiq, mansabdor shaxs yoki tashkilotdan fuqarolarning murojaatini ko’rib chiqish yuzasidan kerakli axborotlarni so’rab olish huquqiga ega. 2009- yilda, masalan Ombudsman tomonidan davlat organlariga 204 ta so’rov jo’natilib, kerakli hujjatlarni taqdim qilish, so’ralganidan tashqari inson huquqlari buzilgan holatlarda huquq buzilishini bartaraf etishga doir takliflar ham bildirildi.
O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari boyicha hozirgi kunda faol ish olib borayotgan milliy institutlardan biri bu - Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazidir. Davlat idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi bo’lmish Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirib bordi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O’zbekistonda inson huquqlari himoyasi boyicha milliy ma'ruzalar tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o’qitadi, maslahatlar beradi va tashviqot ishlarini olib boradi. Markazning asosiy maqsadi ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo’li bilan Inson huquqlari sohasidagi milliy faoliyat dasturini — huquq va erkinliklarni himoya etishning ko’p qirrali tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish bilan bog’liq quyidagi vazifalarni amalga oshirishdan iborat: 1) inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish; 2) huquqiy yordam ko’rsatish va inson huquqlarini sud yo’li bilan himoya qilish; 3) inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish tizimini yaratish; 4) quyidagilar: aholining ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamlari, ekologik ofat mintaqalarida yashovchi aholi, dindorlar, turli din vakillari, ozodlikdan mahrum etilgan shahslar va harbiy hizmatchilar huquqini himoya qilish strategiyasini ishlab chiqish; 5) huquqni himoya etish boyicha nohukumat tashkilotlari faoliyatlarining samarali shakllarini rivojlantirish; 6) inson huquqlariga rioya qilish kafolati sifatida axborot olish erkinlgini ta'minlash; 7) inson huquqlari sohasidagi ta'limning ko’p maqsadli tizimini — alohida ixtisoslashgan kurslardan ommaviy ma'lumot berib tanishtirish yo’nag' lishidagi dasturlarigacha bo’lgan tizimni tashkil etish; 8) ijro hokimiyati doirasidagi vazirliklar, qo’mitalar, idoralar va muassasalarning inson huquqlari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish; 9) xalqaro hamjamiyatga O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari tizimini rivojlantirish asosida kirish yo’llarini shakllantirish. Markaz faoliyat dasturining g’oyaviy asosi — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bayon etilgan huquqiy madaniyatni rivojlantirishning umumbashariy prinsiplaridir.
Markazning qo’shimcha tarkibiy bo’linmalari «Kichik ilmiy jamoa» shaklidagi aniq masalalarni hal qilish uchun tuzilgan muvaqqat ijodiy guruhlardan iborat. «Kichik ilmiy jamoa»ni yaratishning birinchi bosqichida Markaz: axborottahliliy ma'lumotlar bilan ta'minlovchi guruh (axborotni yig’ish va qayta ishlashning o’ziga hos dasturini ishlab chiqish); jamiyatdagi huquqiy islohotlarni ijtimoiy-iqtisodiy tahlil guruhi (inson huquqlarini rivojlantirishni iqtisodiy rag’batlantirish modelini yaratish); inson huquqlari sohasida ko’p maqsadli ta'lim tizimini tashkil etish guruhi (BMT Taraqqiyot Dasturi faoliyati doirasida) tashkil etadi. Markazning xalqaro hamkorlik imkoniyatlari. Xususan xalqaro aloqalar vositalari orqali ma'lumotlar almashish; hamkorlikda nashrlar — monografiyalar, o’quv qo’llanmalari, maqolalar to’plami tayyorlash va chop etish; seminar, konferensiya, simpoziumlar o’tkazish; teleko’rsatuvlar tayyorlash, o’quv va ilmiyommabop filmlar yaratish; tezkor kspeditsiyalar, joylarga borib mamlakatning turli yerlarida tadqiqotlar o’tkazish singari ishlar orqali namoyon bo’ladi. Markaz o’z faoliyatini amalga oshirishda BMT, EXHT, YuNISEF, YUNESKO kabi qator xalqaro tashkilotlar, AQSh, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning elchixonalari, qator xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bundan tashqari, Milliy markaz oliy o’quv yurtlarida inson huquqlari boyicha darslar va seminarlar o’tkazilishini ma'ruzalar o’qilishini amalga oshirmoqda1 . Markaz vazifalaridan biri fuqarolarga maslahat yordamini ko’rsatish hisoblanadi. 2010- yili Markazga 1547 nafar fuqaro, ijtimoiy sohadagi huquqlari buzilganligi munosabati bilan sudlov va huquqni muqofaza qilish organlari xodimlarinnig qarorlari va harakatatlaridan noroziliklari to’g’risida, uy-joy kommunal masalalari va shu kabi boshqa masalalar boyicha murojaat qilishgan2 . O’zbekiston qo’shilgan xalqaro hujjatlardagi normalarning bajarilishi to’g’risida Milliy ma'ruzalarni tayyorlash Markaz faoliyatida alohida o’rin tutadi. BMTning shartnomaviy organlariga o’tgan davr mobaynida inson huquqlari boyicha 6 ta asosiy hujjatlarning qoidalari bajarilishi yuzasidan 30 dan ortiq milliy ma'ruzalar taqdim etildi (milliy ma'ruzaning BMTning tegishli qo’mitasida ko’rib chiqilishiga uchun o’rtacha 2-3 yil vaqt ketadi) Markaz vakillari BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi va shartnomaviy qo’mitalari majlislarida O’zbekiston ma'ruzalarining ko’rib chiqilish jarayonida bevosita ishtirok etishdi. Undan tashqari, Markaz BMT shartnomaviy organlari tavsiyalarining bajarilishini muvofiqlashtiradi ham. Masalan, ushbu qo’mitalarning tavsiyalarini bajarish maqsadida Milliy markaz tomonidan «Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi, «Teng huquqlar va imkoniyatlar to’g’risida»gi, «Bola huquqlari boyicha vakil (Bolalar ombudsmani) to’g’risida»gi, Halqaro mehnat tashkilotining bola huquqlariga oid konvensiyalarini ratifikatsiya qilish to’g' risidagi qonun loyihalari ishlab chiqilgan. Milliy markaz BMTning Inson huquqlari qo’mitasi tomonidan tavsiya qilingan muvaqqat choralarga davlat organlarining e'tibori amaliyotini o’rganib, shu asosda milliy qonunchilikka o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida qonun loyihasi tayyorladi.
Markaz tomonidan nashr qilinayotgan «Demokratlashtirish va inson huquqlari» jurnalining ishi davlatimiz raqbarining «O’zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish boyicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2005- yil 18-oktabrdagi qaroriga muvofiq yanada faollashganligini alohida qayd etib o’tish mumkin. Milliy markaz «Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari» jurnaliga ham muassislik qilmoqda; huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida inson huquqlari masalalari boyicha 300 nomda kitoblar, darsliklar, qo’llanmalar, to’plamlar, uslubiy qo’llanmalar chop etdi, shu jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini 500 ming nusxada nashr qildi, inson huquqlari boyicha 120 ta xalqaro shartnoma matnini o’z ichiga olgan 10 ta to’plam chiqardi2 . O’zbekistondagi inson huquqlari boyicha milliy institutlar faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biri inson huquqlari va erkinliklari masalalari boyicha huquqiy ma'rifiy ishlar bo’lib, ular: inson huquqlari boyicha tadbirlar tashkil etish va ularda ishtirok etish; sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari hodimlari, nodavlat tashkilotlari vakillarini inson huquqlari boyicha o’qitish; inson huquqlari va erkinliklari masalalari boyicha bosma mahsulotlari chop etish; inson huquqlariga rioya qilishva himoya qilishning dolzarb masalalari boyicha OAVda chiqishlar qilish singari shakllarda amalga oshiriladi. Inson huquqlarini ta'minlash masalalarini hal etishga milliy institutlar ham faol jalb etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boyicha milliy markazi bilan, masalan, inson huquqlariga rioya etishini monitoring qilishni amalga oshirish sohasida o’zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Qayd etib o’tish lozimki, O’zbekistonda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida, davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi demokratik islohotlar sharoitida kechdi. Shu ma'noda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari umumjaqon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag’ishlangan chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi 2008- yil 1- maydagi Farmoni O’zbekistonda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning huquqiy nazarda mustahkamlash yo’lida yana bir muhim qadam bo’ldi. Farmonda inson huquqlarini himoya qilish tizimini tashkiliy-huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish, shuningdek inson huquqlari boyicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Inson huquqlari boyicha vakil (ombudsman), Inson huquqlari boyicha Milliy markaz va boshqa institutlar bo’linmalarining samarali ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratish boyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish ko’zda tutilgan bo’lib, 2008-yil 30-sentabrda Vazirlar Mahkamasi ushbu masalalar yechimiga qaratilgan mahsus qaror qabul qildi1 . Farmon talablaridan kelib chiqib, inson huquqlari boyicha milliy institutlar Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti (hozirgi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti) bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasidagi inson huquqlarini himoya qilish boyicha bo’linmalar bilan hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini yanada oshirish boyicha chora-tadbirlar belgilab oldilar va amalga oshiradilar. Inson huquqlari boyicha milliy institutlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, qolaversa bu sohaga oid milliy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida milliy institutlarning qonunchilik va institutsional asoslarini takomillashtirish O’zbekistonning demokratik o’zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda. Mamlakatimiz inson huquqlari boyicha milliy institutlarning amaliy faoliyati quyidagilarni alohida qayd etishga imkon bermoqda: Birinchidan, bir necha milliy institutlarning tashkil etilganligi inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasidagi imkoniyatlarni anchagina ko’paytirdi, chunki ular amaliy ishlari bilan huquqni qo’llash amaliyotida inson huquqlarini amalga oshirishga, davlat organlari faoliyatida qonun ustuvorligi prinsipining qaror topishiga, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga, inson huquqlari borasidagi madaniyatni rivojlantirishga faol ta'sir ko’rsatmoqda. Ikkinchidan, inson huquqlari boyicha milliy institutlar respublikada inson huquqlariga oid qonunchilikka rioya etishini tekshirishda faol hamkorlik qilmoqda, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari masalalari muntazam ravishda seminarlar va konferensiyalar tashkil etmoqda. Uchinchidan, ushbu institutlar mamlakatda inson huquqlariga rioya etish masalalarini hal etishda, inson huquqlariga oid qonunchilikni takomillashtirishda o’z faoliyatlarini nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish asosiga qurmoqda, chunki xalqaro tajriba shuni roy-rost ko’rsatmoqdaki, plyuralistik fuqarolik jamiyati paydo bo’lmaguncha, huquqiy va adolatli davlat qurib bo’lmaydi. Zotan to’la huquqli fuqarogina davlat, uning organlari va mansabdor shaxslari uchun teng hamkor bo’lishi mumkin. To’rtinchidan, milliy institutlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro nazorat jarayonida, xalqaro organlarga yakka tartibda (individual) murojaat qilishga bo’lgan huquqni amalga oshirishda muhim rol oynaydi, shuningdek O’zbekistonning BMTning Inson huquqlari boyicha kengashi va shartnomaviy organlari bilan hamkorlik qilishida ham katta ahamiyat kasb etadi1 . Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki inson huquqlari boyicha institutlarning faoliyati respublikada inson huquqlari sohasida olib borilayotgan ishlarning asosini tashkil etadi. Ularning faol ish olib borishi esa inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarining muhim asosi hisoblanadi.
Yüklə 34,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin