Xalqaro tashkilot xalqaro huquqning subyekti sifati. Reja: Kirish Asosiy qisim 1.bob.Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari 1.1.Xalqaro tashkilot tushunchasi 1.2.Xalqaro tashkilotlarning vazifalari 1.3.Xalqaro tashkilotlarning vazifalari II.BOB. Xalqoro tashkilotlarning bugungi kunda jamiyat hayotidagi roli II.1.Xalqaro tashkilotlarni davlatlar siyosatidagi roli II.2.Xalqaro tashkilotlarning kamchiliklari Xulosa Foydalangan adabiyotlar
Kirish Hozirgi zamon xalqaro aloqalarida xalqaro tashkilotlar davlatlar hamkorligining shakllaridan biri sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Xalqaro tashkilotlar tizimining murakkablashib borishi va vakolatlarining kengaytirilishi tabiiy tus olmokda. XXI asr boshida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortik. bo‘lib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotlardir. Ular o‘rtasidagi aloqalar va olib borilayotgan hamkorlik ko‘lami xalqaro tashkilotlar tizimi haqida gapirishga imkon beradi.
«Xalqaro tashkilotlar» atamasi odatda davlatlararo (hukumatlararo) va nohukumat tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatlararo (hukumatlararo) tashkilot uchun quyidagi belgilar xarakterlidir:
birinchidan, davlatlarning a’zoligi;
ikkinchsdan, xalqaro ta’sis shartnomasining mavjudligi;
uchinchidan, doimiy organlarining mavjud bo‘lishi;
to‘rtinchidan, davlatlar suverenitetining xurmat qilinishi;
Xalqaro tashkilotlar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadilar.
Nohukumat xalqaro tashkilotlarning asosiy farqli belgilari ularning davlatlararo shartnoma asosida tashkil etilmaganliklari, jismoniy va yuridik shaxslarni birlashtirganliklari (masalan, Xalqaro huquq assotsiatsiyasi)dan iborat.
Azolarining tarkibiga ko‘ra xalqaro hukumatlararo tashkilotlar:
birinchi, universal, barcha davlatlar ishtirok etishlari uchun ochiq tashkilotlar (BMT va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari);
ikkinchi, mintaqaviy, ma’lum mintakada joylashgan davlatlargina a’zo bo‘lishlari mumkin tashkilotlar (Yevropa kengashi, Afrika birligi tashkiloti)ga bo‘linadi.
Davlatlararo tashkilotlar umumiy va maxsus vakolatli tashkilotlarga bo‘linadi.
Umumiy vakolatli tashkilotlar faoliyati a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning hamma (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa) sohalariga tegishli bo‘ladi.
Maxsus vakolatli tashkilotlarning faoliyat sohasi biror aniq, (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy) soha bilan chegaralangan bo‘ladi.
Vakolatlari tabiatidan kelib chikdan xolda tasniflash davlatlararo va davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlarni farqlashga imkon beradi. Birinchi guruhga mavjud tashkilotlarning aksariyat qismi kiradi va ularning vazifasi davlatlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu borada qabul qilingan qarorlar a’zo davlatlarga yuboriladi. Davlatlardan yuqori turuvchi tashkilotlar maqsadi integratsiyaga yunaltirilgan. Bu tashkilotlarning qarorlari a’zo tashkilotlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga bevosita yunaltirilgan bo‘ladi.